O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə163/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Oliy nerv faoliyati tiplari.
Nerv jarayonlarining (quzg’alish va tormozlanish) kuchi, muvozanati va harakatchanligi shaxsning oliy nerv faoliyati tiplarga bo’linishiga asos bo’lgan. Oliy nerv faoliyati tipi organizm va muhit munosabatini aks ettiruvchi nerv tizimining tug’ma va orttirilgan hossalari majmuidir.
I.P.Pavlov nerv jarayonlari hossalariga qarab hayvonlarni ma’lum guruxlarga bo’lgan va bu bo’lish Gippokrat tomonidan kashf qilingan odamlarning oliy nerv faoliyati tiplari (temperamentlari) ga mos keladi.
Nerv jarayonlari kuchiga qarab kuchli va kuchsiz tiplarga bo’linadi. Kuchsiz tipdagilarda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchsiz kechadi, shuning uchun ham bularda nerv jarayonlarining harakatchanlik va muvozanatlanganligiga aniq baho berish qiyin.
Nerv tizimlari kuchli tiplar-muvozanatlashgan va muvozanatlashmaganlarga bo’linadi. Bulardan bir guruxida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlashmagan, qo’zg’alish tormozlanishdan ustun turadi, bu tipdagilarning asosiy hossasi muvozanatlashmaganligidir. Muvozanatlashgan tipda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari teng rivojlangan, bir-biridan ustunligi yo’q, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari bir-biri bilan tez almasha oladi.
Mana shu ko’rsatkich bo’yicha ONF harakatchan va inert (kamharakat) tiplariga bo’linadi. O’tkazilgan tajribalarga ko’ra I.P.Pavlov ONF ni quyidagi tiplarga bo’ladi:
1. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik)dagilar quyidagi xossalarga ega: qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchli rivojlangan, muvozanat holatda va bu jarayonlar bir-biri bilan tez almasha oladi.
2. Kuchli, muvozanatlashmagan, o’ta harakatchan (xolerik) tipdagilarda qo’zg’alish jarayoni tormozlanishdan ustunlik qiladi, o’ta harakatchan, labilligi yuqori.
3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat (flegmatik) tipdagilarda nerv jarayoni ma’lum darajada kuchga ega, lekin qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari bir-biri bilan sekin almasha oladi, ya’ni kam harakat, labilligi past.
4. Kuchsiz tip (melanxolik), qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari juda kuchsiz, tezda charchab qoladi va ish qobiliyati pasayib ketadi.
Ikkinchi signal tizimi mavjudligi, fikrlash va ijodiy ishlar bilan shug’ullanganligi tufayli odamlar ONF tiplari farqlanadi. I.P.Pavlov shu holatga ahamiyat bergan holda odamlarni ikki tipga bo’ldi: Badiiy va fikrlovchi. Badiiy tipdagi odamlar yorqin tasavvur qilish bilan fikrlaydi; ularning bilish, ijod qilish jarayonlari yorqin badiiy siymolar orqali amalga oshiriladi; ular miyasida birinchi signal tizimi orqali olingan yorqin ko’rinishlar aniq ifodalanadi. Fikrlovchi tipda esa o’rganish, fikrlash mavhum tushunchalarga asoslanadi; ular uchun signallar haqidagi xabarlar ko’proq ahamiyat kasb qiladi, ya’ni ular miyasida ikkinchi signal tizimidan kelgan axborotlar ko’proq o’z aksini topadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin