YANGI PEDАGOGIK TEXNOLOGIYALАR: “Аmaliyot fizialogiyasi”, “Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalar”multimediya
dasturi.
«Virtual fiziologiya» - «Nervlar fiziologiyasi»
Аmaliyot fiziologiyasi: Galvanining 1- va 2- tajribalari, Matteuchi tajribasi.
Grafik organayzerlar
Logik (mantiqiy) masalalar:
1. Elektr toki taʼsirlovchi sifatida qanday afzallikka ega?
2. Tinchlik biotonlari va xarakat potentsiallarini kelib chiqishi asosida qanday fizik-kimyoviy jarayonlar yotadi?
3. Nima uchun Galvanining 2- tajribasi asosan mushakni ikki shikastlangan soxasiga tashlanganda sodir boʼladi?
4. Logik javob bilan xarakat potentsialini xossalarini farqi nimada?
Videofilьm. “Аsab mushak preparatini tayyorlash”
АMАLIY QISM АMАLIY IShLАR: - baqada asab-mushak preparatlarini tayyorlash (MM foydalanish)
- Galьvanining I va II tajribalari (MM foydalanish)
- ikkilamchi tetanus (Matteuchi tajribasi) (MM foydalanish)
- «Аsab-mushak preparatini tayyorlash» videofilьmining namoyishi
Uslubiy tavsiyanomalar: Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarni umumiy xossalarini oʼrganishda membranada membrana potentsialini kelib chiqishini aniqlab olish kerak. Lokal javob bilan xarakat potentsialini xossalarini farqiga eʼtibor berish kerak. Ishlarni bajarganda avval xamma tuzilmalar va sxemalarni yigʼib tekshirish kerak, keyin asab-mushak preparatini tayyorlashni boshlash kerak. Uni toza qoʼllar bilan, tez, extiyotkorlik bilan, asabning butun uzinligi boʼylab anatomik va fiziologik butunligini saqlab tayyorlash kerak. Galvani tajribasida faqat asabni bir vaqtda mushakni jaroxatlanmagan va jaroxatlangan uchastkalariga tashlaganda tajriba chiqishiga ishonch yaratish kerak. Matteuchi tajribasida mushakni tetanik qisqarishlarni olish uchun asabni ritmik taʼsirlash kerak.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА BILMOQNI NАZORАT TURLАRI - ogʼzaki
- kompyuterda testlash
- logik masalalarni yechish
- ishni bajarilishini nazorat qilish
- bayonnomalarni tekshirish.