O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə166/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- fiziologik apparaturalarni namoyishi
- fiziologik tekshiruv obʼektlari
- funktsiyalarni fiziologik tekshirish usullari
- yangi oʼqitish texnologiyalari
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Fiziologiya (grekcha physis – tabiat, logos – fan) hujayralar, organlar, sistemalar, bir butun organizmning va uni tashqi muxit bilan oʼz-aro bogʼlanishlari, funktsiyalari, mexanizmlari haqidagi fan.
Fiziologiyani oʼrganish bazasi boʼlib, odam tuzilishi va organizmda sodir boʼladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni yaxshi bilish hisoblanadi. Odam tanasi organlarining ishi haqidagi birinchi tushinchalar eramizgacha boʼlgan V asrda paydo boʼlib Gippokratning shifokorlik maktabi bilan bogʼliq boʼlgan. Bu davrining XX asrning boshigacha fiziologiyada ustunlik qiluvchi asosiy printsip – analitik yondashish boʼlgan.Bu oʼrganiladigan xodisalarni iloji boricha boʼlaklashga xarakat qilish sharofati bilan xujayralar organlar va sistemalar faoliyati xaqida juda koʼp miqdorda ilmiy maʼlumotlar olingan.XX asrning birinchi yarmida fiziologiyada organizmni oʼrganishda butunlik yondashish ustunlik qildi. Bu printsipni yaratishda I.P. Pavlov va uning maktabining ishlari asosiy rolni oʼynadi. Organizm bir butunligi barcha hujayralar, toʼqimalar, organlar va integratsiyalovchi – asab, endokrin, immun sistemalarning oʼzaro taʼsiri bilan taʼminlanishi aniqlangan. Organizm bir butunligi printsipi – fiziologiya muommolarini oʼrganishdagi yetakchi printsip boʼlib, u alohida organlar, toʼqimalar va sistemalarni yanada muvaffaqiyatli oʼrganishini taʼminlaydi.
Organizm sistemalari. Fiziologik va funktsional sistemalarfarqlanadi. Fizologik sistema – bu umumiy funktsiyani va baʼzan bir necha funktsiyalarni bajaradigan organ va toʼqimalarni irsiyat yoʼli bilan mustaxkamlagan majmuasi. Masalan organizmga oziqa moddalarini kirishini taʼminlaydigan xazm qilish sistemasiga ogʼiz, qizil oʼngach, meʼda, ichak, xamda, xazm qilish shiralarini ishlab chiqaradigan jigar va meʼda osti bezi kiradi meʼda osti bezi shuningdek glyukagon, insulin garmonlarini ishlab chiqaradi va biologik aktiv moddalar-gormonlarni ishlab chiqaradigan har hil organlarni (endokrin bezlar) va aloxida hujayralarni majmuasi boʼlgan endokrin sistemaning tarkibiy qismi xisoblanadi.Fiziologik sistemalar soni chegaralangan. Ular asab, endokrin, immun yurak – tomir qon, nafas, hazm qilish, ayirish qayta ishlab chiqarish,qoplovchi sistemalardir.
Funktsional sistema P.K. Аnoxinga binoan organizm uchun foydali boʼlgan moslanish natijasiga yetishish uchun shakllanuvchi xar xil organ va fiziologik sistemalarning dinamik majmuidir. Funktsional sistemalar foydali natijaga – sotsial va biologik zaruriyatni qoniqtirish qayta tiklash va x.k eritishni taʼminlovchi optimal fiziologik koʼrsatkichlarni ushlab turadi. Organizmning u yoki boshqa funktsional sistemalarga kiradigan organ va fiziologik sistemalar soni har xil funktsional sistemalarga kiradigan organlar va fiziologik sistemalar soni har xi l.
Tirik organizm – Toʼxtovsiz modda va va energiya almashinuv yordamida, sezish qobiliyatiga ega, aktiv, maqsadga muvofiq xarakatlanuvchi , oʼz-oʼzini boshqaradigan asl xolatiga keltiradigan va tiklanadigan va tashqi muxitga adaptatsiyalanuvchi ochiq makromolekulyar sistema. Uning aktivligi yashash sharoitlari va barcha organlar va sitemalarning munosib darajada ishlab turishi bilan aniqlanadi.
Funktsiya (lot. Functio – faoliyat) – butun organizm hayot faoliyatini taʼminlovchi xujayralar, organlar va sistemalarning spetsifik faoliyati. Masalan yurak funktsiyasi bu arterial sitemaga qonni chiqarib berish endokrin bezlarning funksiyasini gormonlar ishlab chiqarish, meʼda-ichak traktining funktsiyasi- oziqa moddalarni qonga oʼtishini taʼminlash, bu oziqa moddalarni mexanik va kimyoviy ishlov berish yordamida ularning gidroliz maxsulotlarini qonga va limfaga surilishi bilan amalga oshiriladi. Аyrim organ va sistemalar bir qancha funktsiyalarni bajaradilar. Buyrakning asosiy funksiyasi almashinuv maxsulotlarini va yor moddalarni chiqarish xisoblanadi. Lekin buyraklar organizmning metobolik koʼrsatkichlarni ushlab turishda, modda almashinuvida va biologik aktiv moddalarni ishlab chiqarishda nixoyatda muxim rolʼni bajardilar.
Hujayra va toʼqimalarning asosiy xossalari. Taʼsirchanlik tirik materiyani taʼsirlovchi taʼsiri natijasida oʼzini hayot faoliyatini xarakterini aktiv oʼzgarish qobilyati aloxida xujayralar toʼqimalarning taʼsirlovchilar taʼsiriga reaktsiyasi nihoyatda xilma-xil boʼlishi mumkin: modda almashinuv intensivligining rN ni oʼzgarish, hujayra boʼlinishi va oʼsishni struktur – funktsional reaktsialar kuzatiladigan oʼzgarishlarning ifodalanish darajasi xar xil boʼlishi mumkin. U taʼsirlovchi taʼsiriga uchraydigan xujayra yoki toʼqima turiga bogʼliq. Bioelektrik xodisalarning ifodalanish darajasiga qarab xamma toʼqimalar qoʼzgʼaluvchan va qoʼzaluvchan emasga boʼlinadilar. Qoʼzgʼaluvchanlik – Bu taʼsirlash natijasida hujayraning xarakat potentsialini (XP) generatsiya qilish qobiliyati. Qoʼzgʼaluvchanlik bu hamma hujayralarni eng asosiy xossalarini – taʼsirchanlik ayrim xollarda uchraydigan xodisasi. Qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarga faqat XP generatsiya qiladigan hujayralar kiradi. Bu mushak va asab toʼqimalari.
Koʼpincha qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarga “bez” toʼqimasini ham kiritishadi. Qoʼzgʼaluvchan emas toʼqimalarga ekstrimal va biriktiruvchi (xususiy biriktiruvchi, retikulyar, yogʼ, tagʼay, suyak, qon) kiradi. Bu toʼqimalar hujayralari ularga taʼsirlovchi taʼsir etganda XP ni generatsiya qilmaydilar.
Taʼsirlovchi – Hujayralar qabul qilib va javob reaksiyasini chiqaradigan organizmning ichki va tashqi muxitini oʼzgarishi taʼsirlovchilar tabiatga qarab fizikaviy (elektrik, mexanik, xarorat, yorugʼlik) va kimyoviyga boʼlinadi. Xujayralarni bu yoki boshqa taʼsirlovchiga spetsifik taʼm sezgilariga qarab taʼsirlovchilar adekvat va no adekvatlarga boʼlinadi. Аdekvat taʼsirlovchi bu shunday taʼsirlovchi unda shu taʼsirotni qabul qilish uchun maxsus strukturalar rivojlanib natijada evolyutsiya jarayonida xujayra eng yuqori sezgirlikka ega. Masalan; koʼzning toʼr pardasiga retsnptorlar eng yuqori sezgirligi – yorugʼlikga taʼm retseptorlarining sezgirligi- kimyoviy moddalarga. Eksperimentda elektrik taʼsirlovchidan juda koʼp foydalanishadi chunki u universal uni kuchi davomiyligi chastotasi va taʼsir kuchini ortib borishi boʼyicha juda oson miqdorini oʼlchash mumkin. Elektr taʼsirlovchilarni klinik amalyotda diagnostik va davolash maqsadi bilan juda koʼp qoʼllashadi.
Oʼtkazuvchanlik – bu toʼqima va hujayrani qoʼzgʼalishni oʼtkazish qobilyati.
Qisqaruvchanlik – mushak toʼqimasiga xos boʼlib uning uzunligini yoki tarangligini oʼzgarishi bilan ifodalanadi. Funktsiyalarning boshqarilishi – bu organlar, toʼqimalar, hujayralarning ish intensivligini organizm extiyojiga muvofiq uning xayot faoliyati turli sharoitlari foydali natijaga erishish uchun yoʼnaltirilgan oʼzgarishlar.
Boshqarish bir necha printsiplarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi, bulardan asosiylari oʼz-oʼzini boshqarish va sistemali printsiplardir. Bulardan eng umumlashgani oʼz-oʼzini boshqarish printsipi, u qolganlarni oʼz ichiga kiritadi. Oʼz-oʼzini boshqarish – bu organizm xususiy mixanizmlar yordamida organ va sistemalarni xayot faoliyatining turli sharoitlarida oʼz extiyojlariga binoan ishlash intensivligini oʼzgartirishida yotadi. Tinch xolatda ularning aktivligi keskin pasayadi. Oʼz-oʼzini boshqarish printsipi teskari aloqa yordamida amalga oshadi. Daraja boʼyicha boshqarishning- xujayraviy, organli, sistemali va organizm boʼyicha darajalari maʼlum. Oxirgisiga organizm koʼrsatkichlarini somatik (feʼl-atvor) boshqarilish misol boʼlishi mumkin. Boshqaruvchi mexanizmlar organ ichida (maxaliy oʼz-oʼzini boshqarish) va ekstraoran joylashishi mumkin. Ishga tushiruvchi va korregirlovchi (toʼgʼrilovchi) taʼsirlar ajratiladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin