АNАLITIK QISM Mashgʼulotda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish
«Qon fiziologiyasi» boʼlimi boʼyicha yakunlovchi darsda «Siz qon fiziologiyasini bilasizmi?» nomli ish oʼyinini oʼtkazish metadologiyasi.
5 yakunlovchi amaliy mashgʼulotda «Qon» boʼlimidan «blits» tipida mini-oraliq nazorat ish oʼyini shaklida oʼtkaziladi. Nazorat texnologiyasi «Boʼsh zveno» ish oʼyinini oʼtkazish uslubiga asoslangan.
Bu nazorat shaklini oʼtkazilishi haqida talaba oldindan ogohlantiriladi va u bu darsga «Qon» va «Kirish» boʼlimlarida oʼtkazilgan hamma darslarning nazariy va amaliy materiallarni qaytarishi kerak.
Ish uchun zarur:
1. Qon fiziologiyasidan savollar toʼplami.
2. Oʼyin bayonnomasini olib borish uchun ajratilgan, guruh roʼyxati yozilgan bir varoq qogʼoz.
3. Sekundomer.
Ish tartibi:
1. Nazoratni boshlashdan oldin oʼqituvchi talabalariga berilgan ish oʼyinini oʼtkazish usuli va bilimini ball yordamida baholashni tushuntiradi.
2. Oʼyinni domla va talabalardan biri-hisobchi sifatida oʼtkazadi.
3. Qogʼozga guruh talabalarining roʼyxati, sanasi, fakulьteti ish oʼyinining nomi yoziladi.
4. Oʼyin birinchi davrdan (turdan) boshlanadi.
5. Oʼqituvchi tayyorlangan toʼplamdan talabalarga muntazam ravishda savol beradi.
6. Talaba 5 sek. davomida javob berishi kerak.
7. Oʼqituvchi «toʼgʼri» yoki «notoʼgʼri» soʼzi bilan javobni baholaydi.
8. Bordiyu notoʼgʼri javob boʼlsa, toʼgʼri javobni beradi.
9. Hisobchi talaba har bir talaba ismi sharifi qarshisiga toʼgʼri javobiga qarab «+» yoki «-» qoʼyadi.
10. Shunday qilib, talabalar birin-ketin savollarning 2 davrisidan oʼtadilar.
11. Savollarni 2 davrasi oʼtib boʼlganidan keyin, oʼyin toʼxtatiladi va 2ta «-» olgan talabalar «boʼsh zveno» sifatida oʼyindan chetlatiladi.
12. Qolgan talabalar bilan yangi doyira boʼyicha oʼyin davom etadi. Ularga yangi savollar davrasi taklif etiladi, yana ikkita minus olgan talabalar oʼyindan chetlatiladi.
13. Savollar davralarini oʼtkazib eng koʼp savollarga javob bergan qatnashchi tanlanadi.
14. Oʼqituvchi qogʼozdagi har bir talabaning familiyasi toʼgʼrisida «boʼsh zveno» boʼlib qaysi savollar doirasidan chiqib ketganini belgilaydi.
15. Oʼyin maksimal 0,8 ball bilan baholanadi. Birinchi ikkita davradan keyin chetlatilgan talabalar – «0» ball oladi, uchinchidan keyin – «0,2» ball, toʼrtinchidan keyin – «0,4» ball, beshinchidan keyin – «0,6», eng kuchli talaba – «0,8» ball oladi.
16. Oʼqituvchi ballarni eʼlon qiladi, eng kuchli va eng boʼsh qatnashchilarni belgilaydi.
17. Darsni nazariy qismini baholashda talabalarni oʼyinda olgan ballari eʼtiborga olinadi.
18. Jaridada ish oʼyinini oʼtkazilganligi haqida qayd qilinadi, gurux sardori imzo qoʼyadi.
19. Ish bayonnomasi saqlanadi.
«Siz qon fiziologiyasini bilasizmi?»
ish oʼyini oʼtkazish uchun savollar roʼyxati.
1. Gomeostaz nima – organizmning ichki muhitini turgʼunligi.
2. Gemoliz nima – shaklli elementlarni qobigʼini yemirilishi va ularni tarkibini plazmaga chiqishi.
3. Organizmning ichki muhitiga kiradi – qon, limfa toʼqima suyuqligi.
4. Organizmda qon miqdori – tana vaznining 1/13 qismi,
6-7%, 4-5 litr.
5. Butun qonning yopishqoqligi – 5,0.
6. Qonning yopishqoqligi bogʼliq – oqsil va shaklli elementlar miqdoriga.
7. Gematokrit raqami nima – plazma va shaklli elementlarning % nisbati.
8. Plazmaning mayda dispersli oqsillari – albuminlar.
9. Qonning oqsillari qaerda hosil boʼladi – jigarda.
10. Qonning osmotik bosimi nechaga teng – 7,6-8,1 atm.
11. Qondagi glyukoza miqdori – 4,4-6,7 mmolь/l.
12. Аrterial qonning aktiv reaktsiyasi rNi nechaga teng – 7,4.
13. Аlkaloz deb aytiladi – rNni ishqoriy tomonga siljishi.
14. Qonning depresiyasi nima – qonning muzlash haroratini pasayishi.
15. Qonning depresiyasi nimaga teng – 0,56-0,580.
16. Leykotsitar formula deb aytiladi: - hamma leykotsitlarning % nisbati.
17. Eritrotsitlarni sanashda qon nima bilan va necha marotiba suyultiriladi - 3% NaCl eritmasi bilan 100-200 marotiba.
18. Leykotsitlarni sanashda qon nima bilan va necha marotiba suyultiriladi – sirka kislotasi va metilen boʼyogʼi eritmasi bilan 10-20 marotaba.
19. Leykotsitar formuladagi eozinofillar miqdori – 1-6%.
20. Qonning osmotik bosimini asosan tashkil qiladi – tuz ionlari.
21. Reaktiv (patologik) leykotsitoz nima – patologik holatlarda leykotsitlar sonini oshishi.
22. Qonning onkotik bosimini ahamiyati – qon bilan toʼqima orasidagi suv almashinuvini boshqaradi.
23. Gemoglobin miqdorini aniqlaydigan asbob – Sali gemometri.
24. Shaklli elementlarni sanaganda qonni eritma bilan aralashtiradigan kapilyarni nomi – melanjer aralash tirgich.
25. Qon ichish jarayoni nima deb nomlanadi – gemokoogulyatsiya.
26. Qon oqishini toʼxtash jaraeni – gemostaz.
27. Tromboplastin tushunchasi – qonning shaklli elementlari va kapilyarlar endoteliylarini membranasini fosfolipidlari.
28. Gemoglobinni is gazi bilan birikmasi – karboksi-gemoglobin.
29. Plazmin nima – plazma moddasi, fibrinoliz stimulyatori.
30. Retraktsiya nima – trombni zichlanishi.
31. Jigarda protrombin sintezi uchun qaysi vitamin kerak – K vitamini.
32. 1 mkl. qonda trombotsitlar miqdori – 200000-400000.
33. Qon gruppalarini ochkani uchun qaysi olim Nobel mukofotini olgan – K.Landshteyner.
34. Kim rezus faktorni ochdi – Landshteyner va Vinner olimlar.
35. Metgemoglobin nima – gemoglobinni atomar kislorod bilan birikishi.
36. Goryaev turidagi bitta kichkina katakchani hajmi nechaga teng – 1/4000 mm3.
37. 1 mkl. qonda nechta leykotsit bor – 4000-10000.
38. Qonning bufer sistemalarini ayting – gemoglobin, oqsil, karbonat va fosfat.
39. Leykotsitar formuladagi monotsitlar soni – 2-10%.
40. Eng katta bufer sistema – gemoglobin.
41. rNni hayot uchun xofli chegarasi 7,0-7,8.
42. IV qon gruppasida saqlanadi – А va V agglyutinogenlar.
43. Qon zardobi nima – fibrinsizlangan plazma.
44. I gruppa qon zardobida saqlanadi – α va β aglyutininlar.
45. Eritrotsitlarni bir-biriga yopishish jarayoni – agglyutinatsiya.
46. Koogulyatsion gemostazning II fazasida hosil boʼladi – trombin.
47. Qon ivishida kerak boʼlgan ion – Sa++.
48. Zuluk soʼlagida ishlanadigan antikoogulyant – girudin.
49. III qon gruppasida saqlanadi – agglyutinogen V va agglyutinin α.
50. Аltgauzen boʼyicha qon ivish vaqti nechaga teng – 8-12 min.
51. II gruppa qonini nimga quyish mumkin – II va IV qon gruppalariga.
52. Qaysi eritma-izotonik deyiladi – 0,9% NaCl, qonga izoosmik.
53. Qondagi gemoglobinni ideal miqdori – 160,7 g/l.
54. Qon sistemasiga kiradi – qon yaratuvchi va qon yemiruvchi aʼzolar, qon, boshqaruvchi neyrogumoral apparat.
55. Qonning onkotik bosimini tashkil qiladi – qon plazmasining oqsillari.
56. Аyollarda normada EChT – 2-15 mm/s.
57. Natriy tuzini limon kislotasini qon ivishiga qarshi mexanizmi - Sa++ ionlarini bloklaydi.
58. Normada RK=0,8-1,0.
59. Mikrotsirkulyator gemostaz nimadan boshlanadi – tomirlarni reflektor torayishidan.
60. Koogulyatsion gemostazning I fazasida hosil boʼladi – toʼqima va qon protrombinazasi.
61. Gemoglobinning fiziologik turlarini ayting – oksigemoglobin, karbogemoglobin, mioglobin, tiklangan gemoglobin.
62. Protrombin qaerda hosil boʼladi – jigarda.
63. Qaysi moddalar taʼsirida eriydigan fibrinogen erimaydigan holatga oʼtadi – Sa++ ionlari, trombin.
64. Qon ivishini XII faktorini ayting – Xageman faktori.
65. Qonda normada limfotsitlar miqdori - 20-40%.
66. Leykotsitar formulani chapga surilishi – neytrofillarning yosh turlarini koʼpayishi.
67. II qon gruppasida saqlanadi – agglyutinogen А, agglyutinin β.
68. Gemoglobin qaysi gazlarni tashiydi – O2, SO2.
69. Gemoglobin molekulasini tarkibini ayting – 1 molekula globin – 4 molekula gem.
70. Qon quyiladigan odam – retsipient.
71. Metgemoglobin dissotsiatsiyaga uchraydimi – yoʼq.
72. Karbgemoglobin dissotsiatsiyaga uchraydimi – oson.
73. Karboksigemoglobin dissotsiatsiyaga uchraydimi – deyarli yoʼq.
74. I gruppa odam qonida saqlanadi – α va β agglyutininlar.
75. IV gruppa qonli odam – universal retsipient.
76. Qon gruppalarini aniqlash uchun kerak – standart zardoblar, farfor tarelka, bir tomchi qon, shisha tayoqcha.
77. Gemoglobinni aniqlash uchun eritmalar ishlatiladi – 0,1n HCl, distillangan suv.
78. EChTni aniqlash uchun eritma ishlatiladi – 5% natriy tuzini limon kislotasi.
79. Normada 1 mkl. qondagi eritrotsitlar soni – 3,7-5,5.1012/l.
80. Rang koʼrsatgich nimani ifodalaydi – 1 eritrotsitni gemoglobinga toʼyinishini.
81. IV gruppa qonida saqlanadi – А va V agglyutinogenlar.
82. Rezus faktor nima – eritrotsit membranasida joylashgan toʼla emas agglyutinogen.
83. Qonda agglyutinogenlar saqlanadi - eritrotsit membranasida.
84. Leykotsitar formuladagi bazofillar miqdori – 0-1%.
85. Gipoxrom anemiya nima – RK 0,8 kam boʼlgan anemiya, kam qonlik.
86. Trombotsitlar adgeziyasi nima – qon tomir devoriga yopishishi.
87. Trombotsitlar agregatsiyasi nima – trombotsitlarni toʼplanishi.
88. Qon-tomir trombotsitar gemostaz nima bilan tugaydi – trombotsitar trombni hosil boʼlishi bilan.
89. Koogulyatsion gemostaz nima bilan tugaydi – erimaydigan fibrinni hosil boʼlishi bilan.
90. Fazadan keyingi fazaga kiradi – trombni zichlanishi va fibrinoliz.
91. Gematokrit sonini aniqlash asosida – qonni sentrifugalash.
92. Sovuq qonlilar uchun oziqa eritma – Ringer eritmasi.
93. Gemoglobinni Sali usuli boʼyicha aniqlash asoslangan – kalorimetriyaga.
94. Gemoliz turlari – biologik, kimeviy, termik, mexanik, osmotik.
95. Plazmoliz nima – eritrotsitlarni bujmayishi.
96. Termik gemoliz qachon kuzatiladi – muzlagan qonni eritganda.
97. Toʼla osmotik gemoliz sodir boʼladi – 0,3-0,34% NaCl eritmasida.
98. Qonning solishtirma ogʼirligi – 1.050-1.060.
99. Homiladorlikning qaysi holatida rezus konflikt boʼlishi mumkin – agar onasi Rh-, homila Rh+ boʼlsa.
100. Qondan tashqari qaysi toʼqimada gemoglobin bor va uning nomi – muskullarda, mioglobin.
Natijalarni baxolash:
4 turdan keyin – «10» ball
5, 6, 7, 8 turdan keyin – «15,20, 25,30» ball
Yeng kuchli qatnashuvchi – «30» ball oladi.