АMАLIY QISM АMАLIY ISH: - leykotsitlarni sanash (amaliy koʼnikma)
- qon ivish vaqtini aniqlash (amaliy koʼnikma)
- qon oqish davomiyligini aniqlash
- «Qopdagi mushuk» ish oʼyinini oʼtkazish
Metodik tavsiyalar:
Leykotsitlar Goryaev toʼrining 25 ta katta kvadratlarida qator sanaladi. Ikki va uchinchi ishlarda xonadagi havo haroratini eʼtiborga olish kerak. Qon oqish davomiyligini aniqlashda qogʼozga barmoq tekizish kerak emas. Qon Ivish vaqtini va oqish davomiyligini aniqlaganda vaqtni barmoq teshilish vaqtidan boshlab hisoblash kerak.
АMАLIY KOʼNIKMАLАR 1. Аmaliy mashgʼulot mavzusi: «Qon shaklli elementlari. Leykotsitlar»
Аmaliy koʼnikma: Leykotsitlarni sanash.
Taʼlim maqsadi: Leykotsitlarni sanash texnikasini oʼzlashtirish.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun zarur: steril skarifikator, spirt, paxta, yodning spirtli eritmasi, pintset, salfetka, chikindilar uchun idish, tigelь, buyum oynasi, shisha uchli rezina naycha, leykotsitlarni sanash uchun aralashtirgich – melanjer (oq munchoqli), 5% sirka kislotasining metilen koʼkli eritmasi, leykotsitlarni sanash uchun kamera-Goryaev kamerasi, mikroskop.
Bayonnomani rasmiylashtirish uchun tavsiyalar: Leykotsit-larni sanash uchun melanjerni, Goryaev kamerasini rasmini solish, hisoblarni yozib olish. Olingan maʼlumotlarni norma bilan taqqoslash. Hulosalarda qaysi hollarda leykotsitlar soni oʼzgarishi koʼrsatiladi.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun nazorat turi: Ogʼzaki soʼrov va ish bajarilishini toʼgʼriligini kuzatish.
2. Mashgʼulot mavzusi: «Leykotsitlar, qon ivishi»
Аmaliy koʼnikma: «Qon ivish vaqtini aniqlash»
Ish maksadi: Qon ivish vaqtini aniqlash usulini oʼzlashtirish.
Ish uchun zarur: parafinlangan soat oynasi, steril skarifikator, spirt, paxta, yodning spirtli eritmasi, sekundomer, shisha tayoqcha, ishlatilgan paxta uchun idish.
Bayonnomani rasmiylashtirish uchun tavsiyalar:
I. Tajribaning rasmini chizish, natijani yozib olish va norma bilan solishtirish. Qon ivish jarayonida fibrinogenning rolini tushuntirish.
II. Olingan natijani yozib olish, norma bilan taqqoslash.
Koʼnikmani oʼzlashtirish nazorati: oʼqituvchi tomonidan oʼtkaziladi, u, talaba ushbu ishni mustaqil bajara olishi va olingan natijalarni nazariy tushuntira olishi mumkin ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak.
3. Mashgʼulot mavzusi: «Leykotsitlar, qon ivishi»
Аmaliy koʼnikma: Qon oqish davomiyligini aniqlash
Ish maksadi: Qon ivish vaqtini aniqlash usulini oʼzlashtirish.
Ish uchun zarur: parafinlangan soat oynasi, steril skarifikator, spirt, paxta, yodning spirtli eritmasi, sekundomer, filьtr kogoz, shisha tayoqcha, ishlatilgan paxta uchun idish.