O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə192/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

NАZORАT SАVOLLАRI.
1. Ovqatning spetsifik-dinamik taʼsiri (OSDT) haqida tushuncha.
2. Oziqa moddalarini energetik va plastik ahamiyati nimada?
3. Oziqa moddalari asosiy turlarining oziqa va kallorik qiymati qanday?
4. Oziqa moddalarining “Izodinamiya” qonuni va uning kamchiligi nimadan iborat?
5. Ratsioanal ovqatlanish (oziqlanish normalari)ning fiziologik asoslari.
6. Turli kasbdagi kishilarning oziqlanish normalari.
7. Ovqatlanishning optimal rejimi.
MАSHGʼULOT № 9.
MАVZU: MUSKUL XOSSALARINI O‘RGANISH USULLARI. TETANUS.


MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI


MАSHGʼULOT MАQSАDI
-klinik ahamiyatga ega boʼlgan muskul xossalarini tashqi koʼrinishlarini aniqlovchi usullar bilan tanishish
- Skelet muskulining yakka qisqarishni aniqlashni oʼrganish.
OʼQUV FАOLIYaTINING NАTIJАLАRI

Talaba bajara olishi kerak:


1. Yurak turtqisi joyini aniqlashni.
2. Yurak tonlarini eshitishni.
3. Yurak chegaralarini aniqlashni.
4. Yurak tonlarini qayd qilishni.

OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI


- Biopac apparatida kompyuter xonasida analiz qilinishi bilan ishlash
- logik masalalar

MАSHGʼULOT MАZMUNI


NАZАRIY QISM
Skelet muskulining yakka qisqarish balandligi ta'sir kuchiga bog‘liq. Bo‘sag‘a kuchi bilan ta’sir etilganda qisqarish arang seziladi, ta’sir kuchi orttirilganda qisqarish kuchayadi (submaksimal qisqarish), ma’lum balandlikka yetgan ta’sir kuchi orttirilganiga qaramay, muskulning qisqarish balandligi o‘zgarmay qolaveradi (maksimal qisqarish). Buning sababi shuki, muskul bir talay tolalardan tuzilgan. Muskul tolalarining har biri «bor yoki yo‘q» qonuniga muvofiq reaksiya ko‘reatadi, ammo ham m a tolalaming qo‘zg‘aluvchanligi bir xil bo‘lmaganligi uchun kuchsiz ta’sirga ularning bir qismi qo‘zg‘aladi. Maksimal qo‘zg‘alishda esa muskulning hamma tolalari qisqaradi Q isqarishlarning qo 'shiiishi (summatsiya) va tetanus.
Tabiiy sharoitda organ izmda skelet muskulining yakka qisqarishi uchramaydi. Nerv tizimidan odatda alohida ta’sirlar emas, baiki uzluksiz tez keluvchi bir qancha nerv impulslari kelib turadi Qisqarishlar summatsiyasini kuzatish uchun muskulga ikkita yakka ta’sir beriladi. Ta’sirlar o‘rtasidagi interval shunday borishi kerakki, ikkinchi ta’sir muskulning qisqarishi yoki muskul tarangligining ortishi davrida berilishi shart, bunda ketmaket yakka qisqarishlar sum m atsiyalanadi, natijada yakka stim ulga javoban, amplitudasi yuqori bo’lgan qisqarish yuz beradi. Agar muskul tolasiga berilayotgan navbatdagi stimul muskulning qisqarish davriga to ‘g‘ri kelsa, unda yakka qisqarishlarning to’la qo‘shilishi ro‘y beradi, bunday holat silliq tetanus deb ataladi.
Tetanus - bu muskullarning kuchli va davomli qisqarishidir. Bu holatni quyidagicha tushuntiradilar: hujayra ichidagi kalsiy konsentratsiyasining ortishi, aktin va m iozin o ‘rtasidagi m unosabatni amalga oshiradi va k o ‘ndalang ko‘prikchalar yordamida muskul kuchining generatsiyasi uzoq davom etadi. Chastotasi nisbatan past boMgan ritmik impulslar muskulga ta’sir qilganda tishli tetanus sodir boMadi. Bu holda qisqarishlar summatsiyasi yuz beradi, lekin bunday summatsiya chala summatsiya deyiladi. Tetanik ta’sir to‘xtatilgach, muskul tolalari avvaliga to‘ia bo‘shashmaydi, keyingina tiklanadi. Bu hodisa tetanusdan keyingi yoki qoldiq kontraktura deb ataladi. Tetanus qisqarishlari qo ‘shilishining mexanizmi.
Tetanik qisqarish balandligi yakka qisqarishning maksimal amplitudasidan ancha ortiq boMadi. Gelmgols (1847- y.) fikricha, navbatdagi har bir impulsda muskul shu payt bo‘shashib turganday kaltalanadi, deb faraz qildi va bu jarayonga superpozitsiya, ya’ni «qisqarishlarning taxlanishi» deb nom berdi. A m m o keyingi tadqiqodlar shuni ko‘rsatdiki, tetanusda superpozitsiya hodisalarini ikkita mexanikeffektini oddiy qo‘shilishi debqarabbo‘lmaydi. Ketmaket keluvchi ikki ta’sir effekti yakka qisqarishlarning arifmetik yig‘indisiga teng bo'lm aydi, bu yig‘indidan goh katta, goh kichik bo‘lishligi hozirda ma’lum. Bundan shuni anglash qiyin emas, ya’ni qo‘zg‘alishning har bir avvalgi to‘lqinidan keyin muskulning yangidan qisqarish xossasi ancha o‘zgaradi. N. Ye. Vvedenskiy qo‘zg'alish va qisqarishning har bir to‘lqini to‘qim adao‘ta qo‘zg‘aluvchanlik shaklida iz qoldiradi, deb tushuntirdi. Ikkinchi ta’sir muskulning qo‘zg‘aluvchanligi oshib turgan paytda kelsa, ikkinchi qisqarish amplitudasi, ritmik ta’sirlarda tetanik qisqarish amplitudasi ham yakka qisqarishdagiga nisbatan kattaroq boMadi, Ye.B. Babskiyning fikricha, muskulda tetanik qisqarishga asos boMadigan o’zgarishlar bu muskulda har bir yangi qisqarishda adenozin uch fosfat kislotasining ajralib chiqishiga bog‘liq. Ta’siming navbatdagi tolqini boshlanguncha ATF to‘la p arch alan ib ulgurm aydi. Bu m o d d a o z k o n sentratsiyada ham m uskul qo‘zg‘aluvchan!igi vaqisqaruvchanligiga katta ta’sir ko'rsatadi, natijada muskulga kelayotgan navbatdagi har bir impuls aw algilariga nisbatan kattaroq natija bera oladi.



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin