MАSHGʼULOT MАZMUNI NАZАRIY QISM Nerv to`qimasi yuqori qo`zg`aluvchanlikka ega bo`lganligi uchun kuchsiz ta'sirotlarni qabul qila olish qobiliyati; nerv sistemasida sodir bo`ladigan reaksiyalarning juda tezligi va nerv ta'sirotlarining aniq yo`nalishi kabi fiziologik xususiyatlari bor.
Neyron (nerv hujayrasi) nerv sistemasining asosiy fnuksional birligidir. Odamning miyasida 25 milliardga yaqin neyron mavjud. Periferik nerv sistemasida kiruvchi tugunlardagi nerv hujayralar soni 25 million atrofida. Neyronlar bir-biridan o`z shakli va katta-kichikligi bilan farq qiladi. Ammo u qaysi shaklda va kattalikda bo`lmasin tuzilishi bo`yicha 4 qismga bo`linadi. Neyron tanasi (somi) dendritlar, akson va aksonning sinapsoldi oxirgi tarmoqlari tafavvut qilinadi. Sinapslar neyronlarni reflektor tamoyili asosida faollik ko`rsatadigan guruxlarga birlashtirib turiladi.
Neyron tanasida yadro, ribasomalar, endiplazmatik retikulum Golji apparati, mitaxondriyalar joylashgan. Bu organellalar hujayraning xayotiy faoliyatini ta'minlaydi. Bundan tashqari neyron tanasida murakkab yuqori molekulyar moddalar sintezlanib, dendritlar va akson bo`ylab o`tkaziladi.
Neyron tanasidan odatda bir nechta dendrit va 1 ta akson boshlanadi. Dendritlar kalta ammo ko`p va sershox bo`lganidan membranasi ancha katta yuzaga keladi. Bu membranada juda ko`p sinapslar joylashgan. Dendritlarning asosiy ishi ta'sirotlarni qabul qilish va paydo bo`lgan impulslarni somaga o`tkazishdan iborat. Akson esa nerv impulslarning somadan ishchi organga yoki boshqa neyronlarga etkazishini ta'minlaydi. Dendritlar ta'sirotlarni qabul qilishga ixtisoslashgan, shuning uchun oxirgi tarmoqlari membranasida ma'lum ximiyaviy moddalarga sezgir maxsus reseprotlar ham uchraydi.
Aksonlarning oxirgi tarmoqlarida maxsus organelalar-sinaptik pufakchalar mavjud. Pufakchalarda quzg`alishning o`tkazilishini ta'minlovchi moddalar vositalar (mediatorlar) bor.
Odatda nerv hujayralari 23 ta asosiy turlarga afferent, oraliq va efferent neyronlarga bo`linadi. Birlamchi afferent neyronlar sezuvchi organlarning reseptorlarida mavjud keladigan signallarni qabul qilib, ularni MNSga o`tkazadi. Bu neyronlarning dentritlari sezgir reseptorlar xosil qiladi yoki maxsus murakkab reseptorlar bilan bog`lanagan. Afferent neyronlarning aksonlari MNSga kirib, oraliq, ba'zan bevosita efferent neyronlar dendritlari va tanasida juda ko`p sinapslar xosil qiladi. Oraliq neyronlarining soni xammasidan ko`p. Ularning soma va o’siqlari MNS dan tashqariga chiqmaydi. Oraliq neyronlar turli xildagi afferent neyronlarini bog`lab turadi.
Neyronlar somasi 5-100-mkm, o’siqlar diametri 1-10 mkm gacha, uzunligi bir necha o`n mkm dan 1 metrgacha etadi. Ba'zi hayvonlarda uchraydigan gigant aksonning diametri 1mm gacha boradi.
Neyronlar oralig`ini glial hujayralar to`ldirib turadi. Bu hujayralar miya kulrang moddasining 30-56 % xajmini egallaydi. Nerv va glial hujayralar o`rtasida eni 20 nm bo`lgan, hujayralararo suyuqlikka to`lib turadigan (yorug`) yirik bor. Glial hujayralar ikki xilga-astrositlarga va oligodendrositlarga bo`linadi. Astrositlarda tanasidan xar tarafga taralgan o’siqlar ko`p. Oligodendrositlarning o’siqlari kam. Astrositlar miya kapillyarlariga yaqin joylashgan, oligodendrositlar esa neyronlarning aksonlari bilan bog`langan. Oligodendrositlar soni astrositlar sonidan 10-15 % ko`p. Glial hujayralarning miyadagi umumiy soni 100 milliarddan oshadi.
Glial hujayralarni neyronlardan ajratib turuvchi bir nechta muhim xossalari bor. Ular quyidagilar:
1. Glial hujayra hayot davomida bo`linish qobiliyatini yo`qotmaydi.
2. Glial hujayralar o`zining o`siqchalari bilan neyronlari paypaslab, faol xarakat qiladi.
3. Oligodendrositlar ritmik ravishda gox kattalashib, gox kichiklashib turadi.
4. Glial hujayralar katta miqdordagi (-80, -90 mv) membrana potensialiga ega bo`lsada, ularda xarakat potensiali vujudga kelmaydi.
Glial hujayralarining funksiyalaridan biri miyelin xosil qilishidir. Oligodendrositning o’sig’i akson atrofida bir necha marta o`ralib, miyelin parda shakllaydi. Miyelin elektr tokiga yuqori qarshilik ko`rsatganidan, tolalarning elektr izolyasiyasini ta'minlaydi. Oligodendrosit o’sig’i akson atrofida qancha ko`p aylansa, tolaning elektr izolyasiyasi shuncha ishonchli bo`ladi. Xar bir oligodendrositning ipning 30 ga yaqin o’sig’i bo`lishi mumkin. Demak, bir glial hujayra akson atrofida 30 ta bo`g`indan iborat miyelin parda xosil qiladi. Aksonlarning MNS dan tashqaridagi qismida miyelin pardani oligodendrositning bir turi-Shvani hujayralari usiklari shakllaydi. Agar Shvani hujayrasi akson atrofida bir vaqt parda xosil qilgan bo`lsa, u miyelinsiz tola deyiladi. Atrofida Shvani hujayrasi usigi ko`p marta aylangan, ko`p qavatli pardaga ega bo`lgan tola miyelin tola deyiladi. Miyelin parda ma'lum teng masofalarda (1-2 mm) uzilgani tufayli Ranvye bo`g`ilmalari xosil bo`ladi. Ranvye bo`g`ilmalarida tola miyelin bilan qoplanmagan. qo`zg`alishning miyelinli va miyelinsiz tolalar orqali o`tkazilishida kata farq bor.