O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Nerv markazlarining ba'zi zaxarlarga va dorilarga sezgirligi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə196/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

7. Nerv markazlarining ba'zi zaxarlarga va dorilarga sezgirligi. Ba'zi o`simliklarning odam ruxiga, kayfiyatiga ta'sir kelishi, uyqu keltirishi, og`riqni qodirishi qadimdan ma'lum bo`lgan. MNS ga ta'sir qiladigin moddalar bir checha guruxga bo`linadi, bular: narkoz uchun qo`llanadigan moddalar, uxlatadigan, psixotrop moddalar, tutqonoqqa qarshi dorilar, og`riq qoldiradigin moddalar, ko`rsatuvchi va qusishni oldini oladigan preparatlar. Bu moddalarga alkogol, tamaki nikotini, choydagi kofein va boshqalar kiradi.
8. Dominanta. Dominanta so`zi xukumron degan ma'noni anglatadi. A.A. Uxtomskiyning fikricha, ma'lum sharoitda qaysi bir nerv markazida qo`zg`alishning xukumron o`chog`i paydo bo`ladi. Gumoral yoki reflektor taasurotlar bunday xukumron markazning yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi. Uni quyidagi xususiyatlar ajratib turadi: o`ta qo`zg`aluvchanlik; davomli iz jarayonlar bilan bog`liq bo`lgan turg`unlik (intertlik); qo`zg`alishning qo`shish qobiliyati.
9. Tormozlanish. Hozirgi vaqtda tormozlanishning ikkita turi birlamchi va ikkilamchi tormozlanish tafovut qilinadi.
Birlamchi tormozlanish yuzaga chiqishda maxsus strukturalar ishtirok etadi va bu tormozlanishdan oldin qo`zg`alish jarayoni kuzatilmaydi. Ikkilamchi tormozlanishning rivojlanishi uchun maxsus strukturalar kerak emas. Bu tormozlanish ko`pincha markazga impulslar o`tkazuvchi yo`llarda kuchli qo`zg`alish paydo bo`lishi natijasidir. qayta tormozlanish, antogenez muskullar markazlarining payvasta (resiprok) misol bo`lishi mumkin. Pessimal tormozlanish, qo`zg`alishdan keyingi tormozlanishlar esa ikkilamchi tormozlanishga misol bo`la oladi.
Neyronlar sinapslar yordamida bir-biriga bog`lanib neyronlar zanjirlari, nerv markazlari, reflektr yoylarini xosil qiladi. Ba'zi reflektorlar yoylardan afferent neyron efferent neyron Bilan bevosita bog`langan. Bunday reflektor yoylar monosinaptik yoy, deyiladi. Pay reflekslari, deb nomlanadigan reflekslar monosinaptik yoyga ega. Ularni cho`zilish yoki miostatik refleks desa to`g`ri bo`ladi. Chunki payga urilganda, muskul ma'lum darajada cho`ziladi. Klinik axamiyatga ega bo`lgan monosinaptik reflekslar: tizza refleks, Axill refleksi, tirsak refleksi va xokazolar shular jumlasidandir. Cho`zilish monosinaptik reflekslardan tashqarii boshqa reflekslarning yoylari ko`p sinapsli. Ularning markaziy qismida bitta yoki bir nechta oraliq neyron bor. Polesinaptik reflekslar xilma-xil reseptorlardan vujudga keladi va skelet muskullarni qisqartiradi yoki ichki organlar faoliyatini o`zgartiradi.
Refleks reseptor qo`zg`alishidan boshlanadi. Ammo bitta reseptorning qo`zg`alishi qanchalik kuchli bo`lmasin refleksni yuzaga keltira olmaydi. Buning uchun tananing ma'lum qismida joylashgan bir gurux reseptorlar ayni bir vaqtda ta'sirlanib, qo`zg`alishi kerak. Muayyan refleksning paydo bo`lishini ta'minlaydigan reseptorlarning tanada joylashgan sohasi refleksning reseptiv maydoni, deyiladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin