O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


MАSHGʼULOT № 13. YURАK FАOLIYATINI TEKSHIRISH USULLАRI



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə198/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

MАSHGʼULOT № 13. YURАK FАOLIYATINI TEKSHIRISH USULLАRI.
MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI
MАShGʼULOT MАQSАDI
-klinik ahamiyatga ega boʼlgan yurak faoliyati tashqi koʼrinishlarini aniqlovchi usullar bilan tanishish
-yurak chegaralarini,yurak turtqisini joylashish joyini aniqlashni oʼrganish, yurak tonlarini eshitish va ajratish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1.Yurak faoliyatining tashqi koʼrinishlarini. Yurak chegaralari va turtkisini.
3.Yurak tonlari,ularni kelib chiqishi va auskulьtatsiyasini klinik ahamiyatini.
4.Ballistokardiografiyani.
5.Reokardiografiyani.
6.Yurakning UTTshini.Exokardiografiyani.
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1. Yurak turtqisi joyini aniqlashni.
2. Yurak tonlarini eshitishni.
3. Yurak chegaralarini aniqlashni.
4. Yurak tonlarini qayd qilishni.
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- Biopac apparatida kompyuter xonasida analiz qilinishi bilan ishlash
- logik masalalar
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Yurak qisqarganda chastotasi 15-400 Gts ga teng boʼlgan tovush tebranishlari xosil boʼladi. Bu tovushlar koʼkrak qafasiga oʼtkaziladi. Bularni quloqni qoʼyib yoki fonendoskop yordamida eshitish mumkin.
Yurak tonlarini eshitish – auskulьtatsiya. Buni yordamida ikki tonni ajratish mumkin. Birinchisi sistola boshida xosil boʼladi, ikkinchisi diastola boshida.
I ton sistolik – bu ton choʼziq, boʼgʼiq, murakkab tembrdan iborat, 0,1211 davom etadi.
Bu tonning kelib chiqish sabablari bir necha faktorlardan iborat:
1. Tortilgan tavaqalarini va ularni pay iplarini tebranishlari
2. Qorinchalar musqullarining qisqarishlari
3. Soʼrgʼichsimon muskullarning qisqarishlari
4. Yarimoysimon klapanlarning ochilishi natijasidagi tebranishlar
II ton diastolik ton deb ataladi – qisqa va baland, 0,0811 davom etadi. Kelib chiqish sabablari. Yarimoysimon klapanlarining bekilishi natijasida va ularni elastik devorlarini tebranishlari.
I va II tondan tashqari III va IV ton xam paydo boʼladi. Bu tonlarni eshitish uchun maxsus fonendoskop kerak.
III ton II tondan 0,11-0,12 keyin paydo boʼladi, bu tonni «tulish» toni deb aytiladi. Qorinchalarni qonga tez tulish fazasida qorinchalarni devorini tebranishi natijasida paydo boʼladi.
IV ton I tondan avval kelib chikadi, u boʼlmalar sistolasi vaqtida qorinchalar qoʼshimcha qon bilan toʼlaetganda shu qorinchalar devorining tebranishiga bogʼliq, bu ton «boʼlmacha» toni deyiladi.
Yurak poroklarida klapanlarning normal tuzilishi buzilgan boʼlib, ular berkilganda yo yetarlicha jipslashmaydi (klapanlar kamchiligi) yoki boʼlma bilan qorincha oʼrtasidagi yoxud qorincha bilan aorta oʼrtasidagi teshik torayadi (stenoz), bunday xolatlarda qon yurakda normal xarakatlana olmay, yurak tonlariga qoʼshilib ketuvchi shovqinlar paydo boʼladi; tonlarning oʼzi xam oʼzgaradi.
Fonokardiografiya
Elektron apparatlar qoʼllanilishi tufayli yurak tonlarini sinchiklab analiz qilish mumkin boʼldi. Kuchaytirgichga va ostsillografga ulangan sezgir mikrofon koʼkrakka quyilsa yurak tonlarini xarakatlanayotgan fotoplyonkaga yoki fotoqogʼozga yozilgan egri chiziqlar shaklida qayd qilish mumkin. Bu metodika fonokardiografiya deb ataladi. Shunday usulda qayd qilingan egri chiziqlarda quloqka eshitiladigan birinchi va ikkinchi tondan tashqari, yurakning uchinchi va turtinchi tonlari xam kupincha qayd qilinadi, lekin bu tonlar kuchsizrok boʼladi.
YaNGI PEDАGOGIK TEXNOLOGIYaLАR:
- “Biopac” apparatida ishlash.
- Yurak tonlari kompьyuter klassda analiz qilish bilan.

Logik masalalar:


1. Birinchi tonning sababi, yurak siklining qaysi davriga mos keladi?
2. Ikkinchi tonning sababi, yurak siklining qaysi davriga mos keladi?
3. Yurak siklining fazalari bilan taqqoslaganda FKGni analizi.
4. Yurak tonlari, ularni hosil boʼlish mexanizmlari,klinika uchun auskulьtatsiyani ahamiyati.
Logik masalalar:
1. Yurak va sklet mushaklari xossalarini fiziologik farqi nimada?.
2. Qorinchalar sistolasini qaysi fazasida hamma klapanlar berk boʼladi?
3. Boʼlmachalar sistolasi qonni venalarga qaytib chiqishiga nima toʼsqinlik qiladi?
4. Qorinchalar diastolasining qaysi fazasida hamma klapanlar berk boʼladi?
5. Yurakning ritmik qisqarishlarining asosiy sababi nimada?
АMАLIY QISM
АMАLIY IShLАR:
- odamda yurak uchi zarbini aniqlash
- yurak chegaralarini aniqlash
- yurak tonlarini eshitish
- yurak tonlarini qayd etish (Biopac)
Uslubiy tavsiyanomalar:
1-ishni bajarganda har xil odamlardagi yurak turtkisini solishtiring. Odamda yurak chegaralarini perkusiyasini printsiplari bilan tanishish va yurak chegarasini nisbiy toʼntoqlikni aniqlash. Ikkinchi ishda birinchi va ikkinchi tonlarning balandligiga va davomiyligiga eʼtibor bering. Ularning eng yaxshi eshitilish joylarini aniqlang, tonlarni kelib chiqishlarini tushuntiring. Yurakni zamonaviy tekshirish usullarini FKG, EXO kardiografiya, reokardiografiyani muhokama qiling.
Bayonnomani rasmiylashtirish uchun tavsiyalar: Klapanlar proektsiyasi va normadagi tonlar eshitish nuqtalarini – yurak konturini koʼrsatgan xolda koʼkrak qafasi sxemasi chiziladi. Tekshiruvda olingan maʼlumotlar yozib olinadi. Norma bilan solishtiriladi. Tonlarning kelib chiqishi tushuntiriladi.
Koʼnikmalarni oʼzlashtirish nazorati: Talaba ushbu ishni mustaqil bajara olishi va olingan natijalarni nazariy tushuntira olishi mumkin ekanligiga ishonch xosil qilish.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki
- logik masalalarni yechish
- ishlarni bajarishni nazorat qilish
- TMI
- bayonnomalarni tekshirish
NАZORАT SАVOLLАRI
1. Yurakning birinchi va ikkinchi tonlarini ahamiyatli farqini koʼrsating.
2. Yurakning birinchi tonini qaysi kompanentlar tashkil etadi?
3. Yurak klapanlarining ahamiyati.
4. Klapanlarning pay iplari ahamiyati.
5. Nima uchun sistola paytida boʼlmachalardan qon kovak venalarga qaytmaydi?
6. Аtrioventrikulyar klapanlari qachon beqiladi?
7. Yarim oysimon klapanlar qachon beqiladi?
8. Ikkin tabaqali klapanlarning eng yaxshi eshitiladigan joyi.
9. Uch tabaqali klapanlarning eng yaxshi eshitiladigan joyi.
10. Аortal klapanlarni eng yaxshi eshitiladigan joyi.
11. Oʼpka arteriyasi klapanlarining eng yaxshi eshitiladigan joyi.
12. Yurakning chap chegarasini koʼrsating.
13. Yurakning yuqori chegarsini koʼrsating.
14. Yurakning minutlik hajmi deb nimaga aytiladi?
15. Umumiy pauza vaqtida yurakning qaysi boʼshliqlari qonga toʼladi?



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin