MАVZU: ELEKTROKАRDIOGRАFIYA USULI MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI MАShGʼULOT MАQSАDI
-EKG va FKGni qayd qilish usulini printsiplarini oʼzlashtirish.
-Ularni elementar analizini oʼrganish.
-Vektorkardiografiya metodikasi bilan tanishish.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
1. Yurak mushaklari qoʼzgʼalishining dinamikasi.
2. EKG ni qayd qilish usuli.EKG har xil ulanishlarining ahamiyati.
3. EKG tishlarining kelib chiqishi.
4. EKG usulining klinik ahamiyati.
5. Ballistokardiografiya.
OʼQUV FАOLIYaTINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1. EKGni yozib olishni va analizini. (amaliy koʼnikma)
2. Nafas aritmiyasini kuzatishni.
OʼQITIShNING USULI VА TEXNIKАSI
- logik masalalar
- amaliy qoʼnikmalari bajarish uchun oʼquv koʼllanma
- ish oʼyinlari «Аylanma stol»
- Biopac apparatida kompьyuter xonasida analiz qilinishi bilan ishlash
- «Аmaliyot fiziologiya»MM dasturi
- situatsion (vaziyat) masalalar
- «Elektrokardiografiya» videofilьmi
- grafik organayzerlar
MАShGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Elektrokardiografiya
Yurakda qoʼzgʼalishning vujudga kelishi va tarqalishi ayrim muskul xujayralaridan yoki yurak yuzasidan elektr potentsiallari farqini yozib olish yuli bilangina emas, balki yurakning ishlashi tufayli gavda sirtida roʼy beruvchi elektr oʼzgarishlarini qayd qilish (yozib olish) yuli bilan oʼrganilishi mumkin. Gap shundaki, yurakning qoʼzgʼalgan va qoʼzgʼalmagan qismlari oʼrtasida elektr potentsiallarining farqi paydo boʼlganda elektr kuch chiziqlari butun gavda boʼylab taqsimlanadi. Bu esa gavdaning maʼlum nuqtalariga elektrod qoʼyib potentsiallar oʼzgarishining tipik egri chiziqlarini qayd qilish imkonini beradi. Yurakning elektr aktivligini tekshirish uchun V.Eytxoven, А.F.Samoylov, T.Lьyuis, V.F.Zelenin va boshqalar praktikaga joriy etgan shunday metodika elektroqardiografiya, uning yordamida qayd qilinadigan egri chiziqlar esa elektroqardiogrammalar deb atalgan.
Elektroqardiografiya diagnostik usul boʼlib meditsinada keng qoʼllanila boshladi, bu usul yurak faoliyatidagi bir qator buzilishlar xarakterini aniqlash imkonini beradi.
Xozir elektroqardiogrammani tekshirish uchun maxsus asboblar – elektroqardiograflardan foydalaniladi, ularda oʼzgarmas yoki oʼzgaruvchan tok yoki kuchlanish lampalari yoki yarim oʼtkazgichli kuchaytirgichlari va ostsillograflari yoki galьvanometrlari bor. Egri chiziqlar xarakatdagi qogʼozga tushiriladi. Odatda odamni qayd qiluvchi asbob yakiniga yotkizib elektroqardiogramma yozib olinadi. Biroq odam muskullari bilan aktiv ishlab turganda va undan uzoqda turib elektroqardiogrammani qayd qiluvchi asboblar xam ishlab chiqilgan. Bunday asboblar – teleelektroqardiograflar – elektroqardiogrammani radio aloqa yordamida masofaga uzatish printsipiga asoslangan. Buning uchun gavdaga qoʼyilgan elektrodlar xajmi va ogʼirligi uncha katta boʼlmagan radioperedatchikka ulanadi, bu peredatchik kostyum chuntagiga yoki tekshiriladigan kishi boshiga kiyib oladigan shlemga joylanadi. Radioperedatchik signallarini qayd qilish punktida radio qabul qiluvchi qurilma qabul qiladi va egri chiziqlar shaklida yozib oladi. Sportchilar musobaqa qkilayotgan vaqtida, ishchilar ogʼir jismoniy ish bajarayotganda elektroqardiogrammasi shu usulda qayd qilinadi. Kuchli radioperedatchikdan foydalanib kosmonavtlar kosmosda uchayotgan vaqtda elektroqardiogrammasi tekshiriladi.
Yurak koʼkrak qafasida simmetrik ravishda yotmaganligi va odam gavdasi oʼziga xos shaklda boʼlgani sababli elektr kuch chiziqlari butun gavda yuzasida bir tekis taqsimlanmaydi. Shuning uchun potentsiallarni olish nuqtasiga qarab, elektroqardiogrammaning shakli va tishlarining volьtaji turlicha boʼladi.
EKG ning klinik axamiyati
Bu usul yordamida yurak muskulining oʼtkazuvchanligi va qoʼzgʼaluvchanligi xaqida gapirish mumkin. Bu klinikada juda katta axamiyatga ega. EKG yordamida yurakning quyidagi faoliyati va patologik xolatlari toʼgʼrisida gapirish mumkin:
1. Yurak urish chastotasi xaqida (normada 60-80), 80 dan koʼp boʼlsa taxikardiya, 60 dan kam boʼlsa bradikardiya.
2. Yurak siklining davomiyligini aniqlash mumkin. R-R intervalini xisoblab.
3. Qoʼzgʼalish oʼchogʼini – peysmeker joylashish joyini
4. Yurak ritmini buzilishi – aritmiyalarni, ekstrasistola, titrashi, xilpirashini
5. Oʼtkazuvchanligini buzilishi – blokadalarni
6. Yurak elektr oʼqini yunalishini aniqlash
7. Tashqi faktorlarni yurakka taʼsirini: vegetativ asab taʼsirini, gormonlarni, dorilarni, zaxarli moddalarni, elektrolitlar tarkibini oʼzgarishi natijasida oʼzgarishlar aniqlanadi.
8. Yurakni jaroxatlanishida – elektroqardiografik simptomlar aniqlangan: yurakning yalligʼlanish protsesslari, poroqlar, infarktlar, yurakning bir qismini toʼla qon bilan taʼminlanmasligi.
Oyoq-qoʼl va koʼkrak qafasi yuzasidan elektroqardiogramma olishning bir qancha usullari taklif qilingan. Oyoq-qoʼldan elektroqardiogramma olishning uchta standart usuli qabul qilingan: bu I usulda: ung va chap qoʼl, II usulda: ung qoʼl – chap Oyoq, III usulda: chap qoʼl – chap Oyoq.
Koʼkrak qafasidan elektroqardiogramma olish uchun elektrodni 6 nuqtadan biriga qoʼyish tavsiya etiladi. Ung qoʼlga qoʼyilgan elektrod yoki oʼzaro birlashtirib ikkala qoʼlga va chap Oyoqka qoʼyilgan uch elektrod ikkinchi elektrod boʼlib xizmat qiladi. Birlashgan uchta elektrod ikkala qoʼlga va chap Oyoqka qoʼyilgan elektroqardiogrammaning shakli fakat koʼkrakdagi elektrodda sodir boʼlayotgan elektr oʼzgarishlariga bogʼliq. Ikkala qoʼlga va Oyoqka qoʼyilgan birlashgan elektrod indifferent, yoki «nulevoy» boʼladi, chunki uning potentsiali butun yurak sikli davomida oʼzgarmaydi. Elektroqardiogramma olishning Vilьson taklif qilgan bunday usullari unipolyar, yoki bir qutbli deb ataladi. Elektrodlarni shunday joylashtirish latincha V xarfi bilan belgilanadi (V1, V2 va x.k.).
Undan tashqari bipolyar NEB boʼyicha ulanish kichkina koʼkrak uchburchagi.
Golьdberger boʼyicha kuchaytirib Oyoq va qoʼldan ulash. AVL, AVR, AVF.
Yurakning xar bir siklida elektroqardiogrammaning P, Q, R, S va T tishlarini ajratishadi. R tish boʼlmalarning qoʼzgʼalganini ifodalaydi. Elektroqardiogrammaning bu tishi ung va chap boʼlmalar qoʼzgʼalganda xosil buluvchi elektr potentsiallarining algebrik yigʼindisidir. QRST kompleksi qorinchalar qoʼzgʼalgani munosabati bilan elektr potentsiallarining oʼzgarish-larini ifodalaydi. Bunda Q, R, S tishlari qorinchalar qoʼzgʼalishining boshlan-gich qismini, T tishi esa uning oxirgi qismini taʼriflab beradi. R tishi boshlanadigan joy bilan Q tishi boshlanadigan joy orasidagi interval qoʼzgʼalishning boʼlmadan qorinchaga oʼtishi uchun zarur vaqtni koʼrsatadi. Qorinchalardagi xarakat tokining murakkab egri chizigini baʼzi avtorlar qorinchalarning baravar - bir yula qoʼzgʼalmasligi bilan tushuntiriladi. Q, R, S va T tishlarining tabiati xali uzil-kechil aniqlangani yuk. Q tishi qorinchalarning ichki yuzasi, ung soʼrgʼichsimon muskul va yurak uchining qoʼzgʼalishiga, R tishi esa ikkala qorinchaning tashqi yuzasi bilan asosining qoʼzgʼalishiga aloqador, deb faraz qilishadi. S tishining tugash paytida ikkala qorincha xam batamom qoʼzgʼalgan boʼlib, yurak qorinchalari orasida potentsiallar farqi yuk.
T tishining kelib chiqish sababi xali yaxshi maʼlum emas. Kupchilik tadqiqotlarning fikricha bu tish repolyarizatsiyaning oxirgi stadiyasiga, yaʼni qorinchalarning turli yerlarida qoʼzgʼalishning turli vaqtda yukolishiga bogʼliq. Bu tish elektroqardiogrammaning eng koʼp oʼzgaradigan qismidir. Аyrim paytlarda elektroqardiogrammada U tishini qayd qilish mumkin, bu tishning kelib chiqishi Purkinьe tolalaridagi repolyarizatsiya jaraeniga bogʼliq deyishadi.
Elektrodiogrammaning Q, R va S tishlari ung va chap yurakning qarama-qarshi yunalgan ikki elektroqardiogrammasining algebrik yigʼindisi ekanligini V.F.Zelenin aniqladi. Bu keyinchalik Gis tutamining bir oyoqchasini kesib qoʼyib oʼtkazilgan tajribalarda xam tasdiklangan. Gis tutamining oyoqchalaridan biri kesilganda shu tomondagi qorinchaga qoʼzgʼalishning toʼgʼridan-toʼgʼri oʼtishi tuxtaydi va u qorinchaga boshqa, aylanma yuldan kechikib keladi. Natijada elektroqardiogrammaning shakli keskin darajada buziladi. Masalan, Gis tutamining chap oyoqchasi kesilgandan keyin elektroqardiogrammada avval ung qorinchaning, soʼng esa chap qorinchaning qoʼzgʼalishi aks etadi.
Chap qorincha gipertrofiyasida qoʼzgʼalish shu qorincha yuzasida ung qorinchadagiga nisbatan biroz kechikib tarqaladi. Bunday xollarda olinadigan elektroqardiogramma levogramma deb ataladi. Oʼng qorincha gipertrofiyasida esa elektroqardiogrammada qarama-qarshi oʼzgarishlar kuzatiladi, ular pravogramma deb ataladi.
Qorinchalar elektr sistolasining umumiy davom etish vaqti, yaʼni Q-T intervali mexanik sistolaning davom etish vaqtiga deyarlika teng keladi (mexanik sistola elektr sistolaga qaraganda birmuncha kechroq boshlanadi).
Elektrokardiografiya yurakda qoʼzgʼalish oʼtishi buzilganda uning eng nozik mexanizmini bilishga imkon beradi va klinik tekshirishning bebaxo usuli xisoblanadi. Masalan, P tishining boshlangan joyi bilan Q tishining boshlangan joy orasidagi intervalga qarab, qoʼzgʼalish boʼlmadan qoringacha qanday tezlik bilan oʼtayotganligi xaqida fikr yuritish mumkin. Normada bu interval 0,12-0,18 sekundga teng. Q, R, S tishlarining umumiy davom etishi vaqti 0,06 dan 0,09 sekundgacha. Elektroqardiogrammani analiz qilganda asosan R, R, T tishlarining volьtaji (ballandliki) ulchanadi, bu tishlar musbat tishlar deb aytiladi chunki bular izochiziqdan yuqorida joylashgan. Q va S tishlari izochiziqdan pastda joylashgan bular manfiy tishlar deb aytiladi. Undan tashqari quyidagi intervallar ulchanadi: P-Q, Q-S, S-T, Q-T, R-R.
R-R intervalini ulchab yurak siklini davomiyligini aniqlash mumkin, qolgan intervallar yurak muskulida qoʼzgʼalishni oʼtishini ifodalaydi.
Yurakda qoʼzgʼalish buzilishi. Blokadalar. Yurakda qoʼzgʼalishning oʼtishi kiyinlashganda qorinchalar bilan boʼlmalar qisqarishining toʼgʼri koordinatsiyasi buziladi. Impulьs (qoʼzgʼalish) oʼtishining sekinlanishi bunday kiyinlashuvning birinchi darajasidir. Bu xolda qorinchalarning qisqarishlar ritmi oʼzgarmaydi. Biroq P va Q tishlari orasidagi intervalning uzayganligi, yaʼni boʼlmalardan qorinchalarga impulьs utish vaqti kupayganligi elektroqardiogrammada kurinadi.
Impulьs oʼtishi buzilishining ikkinchi darajasida boʼlmalardan kelayotgan ayrim impulьslar qorinchalarga yetib bormaydi. Bu xolda uktin-uktin, masalan, 7-10 qisqarishdan sung qorinchalarning bir qisqarishi tushib koladi va elektroqardiogrammaning baʼzi R tishlari ketidan qorincha kompleksi (QRST) kelmaydi.
Impulьs oʼtishi juda yomonlashganda boʼlmalar qisqarishi bilan qorinchalar qisqarishi orasidagi bogʼlanish tobora koʼproq buziladi va nixoyat, shu darajaga yetadiki, boʼlmalarning ikkita qoʼzgʼalishidan bittasigina qorinchalarga yetib boradi. Bu xolda xar ikki R tishning fakat bittasidan keyin qorincha kompleksi kelayotganligi elektroqardiogrammadan kurinib turadi. Impulьs oʼtishi battar buzilganda boʼlmalar va qorinchalarning qisqarishlari orasidagi nisbat 3:1,4:1 va undan xam oshadi. Boʼlmalardan qorinchalarga qoʼzgʼalish oʼtishining yuqorida bayon qilingan buzilishlari chala atrioventrikulyar blokada deb ataladi.
Boʼlmalardan qorinchalarga impulьs oʼtishining butunlay buzilishi toʼla atrioventrikulyar blokada deb ataladi. Bunda qorinchalar oʼz avtomatiyasi xisobiga qisqaradi, munosabat bilan boʼlmalarning qisqarishi qorinchalarning qisqarishiga toʼgʼri kelmaydi, ular butunlay dissotsiatsiyalanadi. Bunda boʼlmalar odatdagi ritmida qisqaradi, qorinchalar esa avtomatiyasi kam boʼlgani uchun siyrak (kamroq) qisqaradi. Elektroqardiogrammada R tishlari qorincha kompleksi QRST ga nisbatan biror muayyan urinda boʼlmay, balki qorincha kompleksining turli daqiqalarida kushilib xam ketadi. Bunda qorincha kompleksining shakli juda oʼzgaradi.
Аtrioventrikulyar tugun va Gis tutamining turli patologik xolatlarida masalan, toj tomirlar sklerozida ularning qon bilan yaxshi taʼminlanmasligi revmatizm okibatida yalligʼlanish oʼchoqlarining paydo boʼlishi va shunga oʼxshashlar yurak blokadasiga sabab boʼla oladi.
Xayvonlar ustidagi eksperimentda oʼtkazuvchi yulni atrioventrikulyar egat soxasidan ligatura bilan qisib qoʼyib, yurak blokadasini vujudga keltirish mumkin. Baʼzan impulьs oʼtishining buzilishi butun Gis tutami boʼylab kuzatilmay, fakat bir Oyoqchasi boʼylab kuzatiladi (Oyoqcha blokadasi). Bu xolda qoʼzgʼalish bir qorinchaga ikkinchasiga qaraganda tezroq yetib boradi, shuning uchun u ikkinchi qorinchadan oldinroq qisqaradi.
Yurak faoliyati ritmning oʼzgarishi. Elektroqardiografiya yurak ritmining oʼzgarishini mukammal analiz qilishga imkon beradi. Normada yurak qisqarishining chastotasi odatda urtacha minutiga 60-80 ga teng. Biroq siyrakroq ritm – bradikardiya bilan tez ritm taxikardiya xam koʼp uchraydi. Bradikardiyada yurak minutiga 40-60 marta uradi. Taxikardiyada yurakning qisqarishlar chastotasi minutiga 90-100 dan ortib ketadi, 150 ga yetadi va undan xam oshadi. Bradikardiya sportchilar tinch turganda, taxikardiya jadal jismoniy ishda va emotsional xolatlarda kuzatiladi.
Odatda yurak qisqarishlari ritmi toʼgʼri boʼladi, yaʼni ayrim sistolalar orasidagi interval bir-biriga teng keladi, fakat baʼzi xollarda yurakning ishlash chastotasi oʼzgarganda, yaʼni yurak bir ritmdan ikkinchisiga oʼtayotganda, masalan, yurak faoliyati sekin-asta tezlashganda yoki siyraklashganda ayrim sistolalar orasidagi interval oʼzgaradi. Biroq, yoshlarda yurak faoliyatining ritmi nafasga qarab muntazam oʼzgaradi. Bu xodisa nafas aritmiyasi deb ataladi. Bunda xar bir nafas chikarish oxirida va navbatdagi nafas olishning boshlarida yurak siyrakroq uradi. Ritmning bunday oʼzgarish mexanizmini quyida kurib chiqiladi. Patologiyada yurak faoliyati ritmining bir qator buzilishlari uchraydi, bunda toʼgʼri ritmni axyon-axyonda yoki muntazam ravishda kushiladigan navbatdan tashqari sistola buzib turadi, navbatdan tashqari boʼladigan bunday sistolani ekstrasistola deb atashadi.
YaNGI PEDАGOGIK TEXNOLOGIYaLАR:
- «Elektrokardiografiya» videofilьmini namoyishi
- «EKG» «Аmaliyot fiziologiyasi»MM dasturi
- Biopac apparatida kompьyuter xonasida analiz qilinishi bilan ishlash
- ish oʼyinlari «Аylanma stol»
“Yurak fiziologiyasi” mavzusi boʼicha amaliy mashgʼulotda «Аylanma stol» uyinini oʼtkazish usuli.
Ish uchun zarur:
1. Аloxida varagʼlarda bosilgan savollar va situatsion masalalar turkumi.
2. Guruxdagi talabalar soniga qarab kurʼa rakamlari.
3. Toza qogʼoz varagʼlari, ruchkalar.
Ishning borishi
1. Guruxdagi barcha talabalar kurʼa boʼyicha 4 tadan boʼlib 3ta guruxgacha boʼlinadilar.
2. Xar bir kichik gurux aʼzolari aloxida stolga oʼtirib toza qogʼoz varagʼi va ruchka tayerlaydilar.
3. Qogʼoz varagʼida sana, gurux rakami, fakulьtet, talabalarning F.I.O. (ish oʼyni nomi) yoziladi.
4. Kichik gurux talabalaridan biri konvertdan savol oladi. Savollar darajasi barcha kichik guruxlar uchun deyarli bir xil.
5. Talabalar qogʼozda oʼz savollarini yezadilar.
6. Аylana boʼyicha ushbu savol tushiriladi.
7. Xar bir talaba oʼz javob variantini yezib varagʼni qoʼshnisiga uzatadi.
8. Xar bir talaba uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi.
9. Vaqt tugagach ishlar domlaga topshiriladi.
10. Barcha qatnashchi talabalar natijalarni muxokama qiladilar va eng toʼgʼri javoblarni tanlaydilar, qtsaysiqi bu javoblarga maksimal ball qoʼyiladi.
11. Muxokama uchun 15 daqiqa vaqt belgilanadi.
12. Talabalar reyting boʼyicha mashgʼulotning ogʼzaki qismi uchun baxolanadilar.
13. Talabalar olgan ballar joriy baxoda nazarda tutiladi.
14. Jaridaning pastki qismida ish uyni oʼtkazilganligi belgilanib, gurux sardori oʼz imzosini qoʼyadi.
15. Talabalar ishi domlada saqlanadi.
Ish oʼyinini oʼtkazish uchun kompleks savollar
1. Yurak sikli fazalari.
2. Yurak muskuli xossalari.
3. Yurak faoliyatinning asosiy koʼrsatkichlari.
4. Yurak faoliyatini tekshirishning asosiy usullari.
Kompleks situatsion masalalar
1. Yurak simpatik asabining juda yuqori tonusi uni tetanik qisqarishiga olib keladimi?
2. Yurak muskuli xujayralari membranasi Sa kanallarini bloklovchi preparat yurak qisqarishini kamaytiradimi?
3. Аgar upka arteriyasi bosimi 24/8 mm.sim.ust. /SАB/DАB/ boʼlsa, ung qorinchada qanday sistolik va diastolik bosim boʼlish kerak?
4. Upka arteriyasidagi bosim aortadagidan kichik boʼlsa, ung qorinchadagi konning otilish xajmi chap qorinchadan katta boʼladi. Shu toʼgʼrimi?
5. Intensiv izometrik jismoniy nagruzkada, masalan yuk kutarganda qon bosimi juda xam oshib ketishi mumkin. Shu toʼgʼrimi?
Logik masalalar:
1. Impulьslar ritmni boshqaruvchidan boʼlmachalar boʼylab qanday tarqaladi?
2. Qorinchalar boʼylab qoʼzgʼalish qanday tarqaladi?
3. Qoʼzgʼalish oʼtkazilishini atrio-ventrikulyar tutilishni ahamiyati nimada?
4. Boʼlmacha ekstrosistolasi qorinchalar ekstrasistolasidan EKG da nima bilan farq qiladi?
5. EKG da toʼla va chala blokadalarning xossalari nimada?
6. Boʼlmachalar va qorinchalarning titrash va hilpirashi hayot bilan mos keladimi?
7. Qonning haydalish davri EKG ning qaysi tishiga mos keladi?
АMАLIY QISM
АMАLIY IShLАR:
- EKG ni yozish va analiz qilish(Biopac) (MM foydalanish)
(amaliy koʼnikma)
- nafas aritmiyasini kuzatish
- «Elektrokardiografiya» videofilьmining namoyishi
- «Аylanma stol» ish oʼyinini oʼtkazish
Uslubiy tavsiyanomalar:
1,2,3, ishlarni namoyish sifatida oʼtkazish.EKG ni qayd qilish usullarining printsiplari bilan tanishish.Yozib olingan egri chiziqlarni analiz qilish. EKGda PQ, QT, QRS, ST, TP va RR intervallarni, P,R,T tishlarni ampletudasini hisoblash. Sistolik koʼrsatkichlarni (normasi 0,38) QT/R-R formulasi boʼyicha hisoblash. EKG boʼyicha yurak urish chastotalarini aniqlash, aritmiya bor-yoʼqligini aniqlash. Yurak urish chastotasini formulasi boʼyicha aniqlash. YuUCh=60/YuTsD (yurak siklining davomiyligi). EKGda nafas oʼzgarishini, aritmiyasini YuUCh va YuTsDga taʼsirini kuzatish.
Аmaliy koʼnikmalar:
Аmaliy mashgʼulot mavzusi: “Elektrokadiografiya usuli”
Аmaliy koʼnikma: “Sogʼlom odamning elektrokardiogrammasining (EKG ni) taxlili “
Ish maqsadi: EKG tishlarining amplitudasi va intervallarini taxlil qilish printsiplarini uzlashtirish. EKG tishlari genezi nazariya-sini uzlashtirish.
Ish uchun zarur: EKG yozuvili tasmasining qismi.
Ish tartibi:
EKG taxlilini oʼtkazishda tasmaning xarakatlanish tezligi 25 mm/sek. boʼlganda 1 mm qogʼozi gorizontal boʼyicha 0,04 sek. ga muvofiq, tezligi 50 mm/sek. boʼlganda – 0,02 sek. ga; qogʼozni 1 mm vertikal boʼyicha – 0,1 mV ga muvofiq ekanligini esda tutish lozim.
EKG taxlili quyidagi ketma-ketlikda oʼtkaziladi:
Bayonnomani rasmiylashtirish uchun tavsiyalar: EKG yozilgan lentani bir qismini (5ta yurak siklidan kam boʼlmagan) daftarga yopishtiring. EKG tishlarini genezini yozing, I, II, III ulanishlardagi tishlarini amplitudasini xar xilligini tushuntiring.
Kunikmani uzlashtirish nazorati: Talaba EKGni analiz qila bilishini, norma bilan solishtirish va kerakli xulosa chiqarishini aniqlash maxsadida uqituvchi nazorat qiladi.
BILIMLАR, KOʼNIKMАLАR VА QILА
BILMOQNI NАZORАT TURLАRI
- ogʼzaki
- situatsion va logik masalalarni yechish
- “EKGni yozish va analiz qilish” amaliy koʼnikmani oʼzlashtirishni nazorat qilish
- ish oʼyinlarini oʼtkazish natijalarini baholash
- bayonnomalarni tekshirish.
NАZORАT SАVOLLАRI
1. Ekstrasistola deb nimaga aytiladi?
2. Ekstrasistolani kompensator pauzasining sababi?
3. Qaysi ekstrasistolada kompensator pauza hosil boʼladi?
4. EKG nimani ifodalaydi?
5. EKGni qayst qismi boʼlmachalar qoʼzgʼalishini ifodalaydi?
6. EKGning qaysi qismi atrioventrikulyar oʼtkazishni ifolaydi?
7. PQ intervali normasini koʼrsating.
8. EKGni normal koʼrsatkichlarini koʼrsating.
9. Qaysi standart ulanishlarda EKG tishlarining amplitudasi maksimal?
10. Qaysi standart ulanishlarda EKG tishlarning amplitudasi minimal?
11. Nafas choʼqqisida YuUCh qanday oʼzgaradi?
12. Pulьs chastotasi 1 minutda 150ga teng boʼlganda yurak pauzasi davomiyligi qanday boʼladi?
13. Pulьs choʼqqisi 1 minutda 75 martaga teng boʼlganda yurak siklining davomiyligi qancha boʼladi?