O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Qalqonsimon bezning ichki sekresiyasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə207/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Qalqonsimon bezning ichki sekresiyasi. Ichki sekresiya bezlari ichida eng kattasi bo`lib (15-30g), diametri xar xil bo`lgan follikullardan iborat. Follikullarning ichki yuzasi kubik epitelial hujayralar bilan qoplangan. Bu jarayonlarning asosiy xususiyati qondagi yodni ximiyaviy elektrik gradiyentga qarshi ajratib olib uni gormonallari tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) follikullar epitiliyni ishlagan kolloidni tarkibida bo`ladi. Follikullar atrofida treokal-sitoninni sintezlovchi parafollikullyar hujayralar joylashgan.
qalqonsimon bez garmonlari (tireoid gormonlar) yod va tirozin aminokislotasidan sintezlanadi. qon plazmasidan yodning 90-95% tiroksin tarkibida bo`ladi. Tiroid garmonlarning faqat 0,1 % plazmada erkin xolda bo`lib, qolgan qismi oqsillarga bog`liq. Faqat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega.
Terioid gormonlar ko`pgina metabolik jarayonlarini o`zgartirib to`qimalarning o`sishi va etilishiga ta'sir qiladi. Kortiqoid gormonlar bilan birga bu gormonlar organizmning muxim o`zgarishlarigi, xususan, mavsumiy o`zgarishlarga moslashishini ta'minlaydi. Bu gormonlar organizmga yuborilganda asosiy moda almashininuvi oshadi, kislorod sarflanishi va CO2 chiqarilishi ko`payadi. Gormonlar mitoxondriyalarda oksidlanish jarayoniga bevosita ta'sir qiladi. Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog` va uglevodlar ko`proq parchalanadi.
Trioid gormonlar to`qimalarning katexolaminlarga nisbatan sezgirligini oshiradi. Bu gormonlar miqdori qonda ko`paysa adrenolin va noradrenalinni juda oz miqdori periferik qon tomirlarini toraytirib, arterial qon bosimini oshiradi. qalqonsimon bezning giperfunksiyasi, ya'ni kuchli ishlashi tireotoksikozga olib keladi. Bunda organizmda quyidagi o`zgarishlar ro`y beradi.
1. Markaziy nerv sistemasi qo`zg`aluvchanligi oshadi, odam serjaxl bo`lib qoladi, yig`laydi, uyqusi buziladi.
2. Tremor (qo`llar titrashi) paydo bo`ladi.
3. Taxikardiya ro`y berib, arterial qon bosimi oshadi.
4. Nafas o`zgaradi, o`pkaning minutlik xavo almashinuvi (ventilyasiyasi) ko`payadi.
5. Me'da-ichak tizimining xarakatlari kuchayadi.
6. Ko`z yorug`i va qorchiq kengayadi xamda ko`z chaqchayadi.
qalqonsimon bez faoliyati bolalik davridanoq sust ishlasa, (gipofunksiyada) kretinizm degan ro`y beradi. Kretinlarning bo`yi o`smay qo`yadi, gavda nisbatlari o`zgaradi (oyoq qo`llari kalta, boshi katta bo`ladi), balog`atga etishi to`xtaydi, u ruxiy rivojlanishdan orqada qoladi. Tili og`ziga sig`may, og`zidan chiqib turadi. bu miksidema (shilimshiq shish) belgilaridan biridir.
Miksedema voyaga yetgan odamning qalqonsimon bezi sust ishlaganda kuzatiladigan xolat. Uning ko`pgina belgilari tiriotoksikoz alomatlarining teskarisi. Miksidemaga uchragan bemorning asosiy modda almashinuvi 30-40 % kamayib ketadi. Tana harorati pasayadi. Bradikardiya, gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvi buzilishi natijasida a'zo va to`qimani hujayralararo bo`shliqlarida albumin va muhim miqdori ko`payib, bu yerdagi suyuqlikning osmotik bosimi oshadi. Natijada to`qimalarda suv yig`iladi, «shiliq - shish» paydo bo`ladi. Kretin bolaning tili og`ziga sig`maganligi sababihamtilning shishida.
Markaziy nerv tizimi faoliyati buzilishi natijasida miksedema kasaliga uchragan odamning fikr yuritishi va so`zlashishi qiyinlashadi, unda xech narsaga ishtiyoq bo`lmaydi. Boshqa endokrin bezlar, xususan jinsiy bezlar faoliyati buziladi. Tireoid garmonlarning qonlagi miqdori barqarorligining gipofizning tireotrop garmoni ta'minlaydi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin