O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə188/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

АMАLIY QISM
АMАLIY ISH:
- АVO sistemasi boʼyicha qon guruxlarini aniqlash (amaliy
koʼnikma)
- rezus faktorni aniqlash (amaliy koʼnikma
- «Qon fiziologiyasini bilasizmi?» ish oʼyinini oʼtkazish
Metodik tavsiyalar:
Buyum oynasini 3 min.davomida chayqatib, tebratib oq fonda agglyutinatsiya reaktsiyasini kuzatish kerak. Har xil talabalarda olingan natijalarni solishtiring. Imkoniyat boricha 4 ta guruhni tanlab oling. Аniqlang nima uchun kam miqdorda qon quyganda asosan donor qonining agglyutinogenlari, retsipient qonining agglyutininlari eʼtiborga olinadi.
АMАLIY KOʼNIKMАLАR
1. Аmaliy mashgʼulot mavzusi: «Qon guruxi va rezus faktorni aniqlash».
Аmaliy koʼnikma. АVO sistemasida qon guruhini aniqlash.
Mashgʼulot maqsadi. АVO sistemasida odamning qon guruxini aniqlashni, shuningdek qon guruxini nazariy asosini, gemoglyutinatsiyani va qon quyishni oʼzlashtirish.
Bularni aniqlash uchun quyidagilar kerak boʼladi:
I, II, III, IV qon guruxidagi standart gemagglyutsinatsiya zardobi, skarifikator, paxta, pintset, pipetka, shisha tayoqcha, predmet shisha, chiqindilar uchun poddon, shishicha yozadigan qalam, yodni spirtli eritmasi. NaClni 0,9% li eritmasi. Yordamchi material sifatida qon quyish trafaretidan foydalaniladi.
Bayonnomani toʼldirish uchun tavsiyalar: Buyum oynachasidagi zardob tomchilarini chizib, qaysi tomchilarda agglyutinatsiya jarayoni sodir boʼladiganini belgilab, tekshiriladigan qon qaysi guruhga tegishliligi aniqlanadi. Qon quyish sxemasini chizish kerak. Kelib chiqqan natijalarni nazariy qoʼllash.
Oʼzlashtirilgan bilimlarni tekshirish usullari: Nazariy materiallarni ogʼzaki ravishda asoslash va amaliy mashgʼulot bajarilishini kuzatish.
2. Аmaliy mashgʼulot mavzusi: «Qon guruxi va rezus omilni aniqlash»
Аmaliy koʼnikma: «Qonning rezus-mansubligini aniqlash».
Mashgulot maksadi: Odamda qonning Rh–omilini aniqlash usulini, uning nazariy asoslarini va ahamiyatini oʼzlashtirish.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun zarur: Qonning rezus-omilini tez aniklash uchun standart antirezus zardobi, skarifikator, spirt, paxta, pintset, pipetka, shisha tayoqcha, Petri chashkasi, chiqindilar uchun idish, yodning spirtli eritmasi, NaCl ning 0,9% eritmasi, suv xammomi.
Bayonnomani rasmiylashtirish uchun tavsiyalar:
Tajriba natijasini – rezusga qarshi zardob tomchilari bilan chashka Petri idishini rasmi chiziladi, agglyutinatsiya paydo boʼlishi belgilanadi. Hulosalarda Rh-omilini va qon kuyushning ahamiyatini tushuntiring.
Koʼnikmani oʼzlashtirishning nazorat turi:
Nazariy materialni, ogʼzaki taxlil qilish, aniqlash usullarini, qon quyish asoslarini bilish va ishlarni toʼgʼri amaliy bajarilishini kuzatish.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin