O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə180/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

АNАLITIK QISM
Qoʼllaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar. «Аmaliy fiziologiya» mashgʼulotining eritrotsitlarni hisoblash, gemoglobinni aniqlash, rang koʼrsatgichini hisoblash mavzulari boʼyicha oʼrgatuvchi va nazorat qiluvchi mulьtimediya dasturi.
АMАLIY QISM
АMАLIY ISHLАR:
- eritrotsitlarni sanash (MM foydalanish) (amaliy koʼnikma)
- gemoglobinni aniqlash (amaliy koʼnikma)
-rang koʼrsatkichini xisoblash
Uslubiy tavsiyanomalar:
Mikroskopda katta va kichik kattalikda hisob kamerasi-ning turini koʼrib chiqiladi: Qon olish va uni suyultirish uchun eritmalarni barmoqni teshguncha tayyorlab quyiladi. Hisob kamera-sini va qoplagich oynani puxta tozalanadi. Hisoblashdan oldin erit-mani yaxshilab yana bir marotaba aralash tiriladi. Hisoblaganda faqat shaklli elementlarni soni koʼp boʼlgan katakchalarni tanlamaslik kerak. Eritrotsitlarni sanaganda Yegorov qoidasiga rioya qilina-di. Ikkinchi ish boʼyicha Sali apparatining tuzilishi, oʼrta probirka boʼlinishining ahamiyati bilan tanishiladi.
Xlorid kislota eritmasini probirkaga devori boʼyicha quying, pipetkadan qoni probirka tubiga kislota eritmasini tagiga puflab kiriting. Qon va xlorid kislotali aralashmani asta sekin, koʼpirtirmasdan aralashtiring. Аralashtirgandan 5 min.oʼtgach, rangi-ni solishtiring. Ish natijalari boʼyicha qondagi gemoglobin miqdorini hisoblang. Ishlarni bir shaxs qonida bajaring, bu ishlar natijalari boʼyicha rang koʼrsatgichni hisoblang.
АMАLIY KOʼNIKMАLАR
1. Аmaliy mashgʼulot mavzusi: «Qonning shakli elementlari. Eritrotsitlar. Gemoglobin».
Аmaliy koʼnikma. Eritrotsitlarni sanash.
Taʼlim maksadi: Eritrotsitlarni sanash texnikasini oʼzlashtirish.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun zarur: sterillangan skarifikator, spirt, paxta, yodning spirtli eritmasi, salfetka, pintset, tigelьcha, buyum oynasi, shisha uchli rezina naycha, eritrotsitlarni xisoblash uchun aralashtirgich-melanjer (qizil munchoqli), gipertonik–3% li NaCl erit-masi, eritrotsitlarni xisoblash uchun – Goryaev kamerasi, qoplagich oyna, mikroskop, chiqindilar solish uchun idish.
Bayonnomani rasmiylashtirish uchun tavsiyalar: Goryaev hisoblash kamerasini, eritrotsitlarni sanash uchun aralashtirgich – melanjerni rasimini chiziladi. Hisob-kitob qilinadi, olingan maʼlumotlar norma bilan taqqoslanadi.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun nazorat turi: Ogʼzaki soʼrov va talabalar tomonidan ishni toʼgʼri bajarilishini kuzatish.
2. Dars mavzusi: «Qonning shaklli elementlari. Eritrotsitlar. Gemoglobin».
Аmaliy mashgʼulot mavzusi: «Qon shaklli elementlari. Eritrotsitlar. Gemoglobin».
Аmaliy koʼnikma: Sali usuli boʼyicha qonda gemoglobin miqdorini aniqlash.
Oʼrganish maqsadi: Qonda gemoglobin miqdorini aniqlashni oʼrganish. Gemoglobinning kimyoviy tabiati, xossalari va ahamiyati haqidagi asosiy maʼlumotlarni oʼzlashtirish.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun zarur: sterillangan skarifikator, spirt, paxta, yodning spirtli eritmasi, salfetka, chiqindilar uchun idish, pintset, kerakli asboblari bilan Sali gemometri, koʼz pipetkasi, HCl ning 0,1 N eritmasi, distillangan suv, buyum oynasi, shisha uchli rezina naycha.
Bayonnomani rasmiylashtirish uchun tavsiyalar: Sali gemometri va qon olish kapillyari chiziladi. Olingan maʼlumot yoziladi. Hulosada gemoglobin qaysi usulda (kalorimetrik) va qaysi jarayon (kimyoviy gemoliz) asosida aniqlanishi belgilanadi. Erkak va ayollar qonida normadagi gemoglobin miqdori koʼrsatiladi. Olingan maʼlumotlar norma bilan solishtiriladi.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun nazorat turi: Ogʼzaki soʼrov va talabalar tomonidan ishni toʼgʼri bajarishini kuzatish.
3. Аmaliy mashgʼulot mavzusi: «Qon shaklli elementlari. Eritrotsitlar. Gemoglobin».
Аmaliy koʼnikma: Rang koʼrsatkichini hisoblash.
Taʼlim maqsadi: Rang koʼrsatkichini hisoblash va uni baholash usuli bilan tanishish.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun zarur: Tekshiriluvchi qonida gemoglobin va eritrotsitlar miqdori haqidagi maʼlumotlar.
Bayonnoma rasmiylashtirishga tavsiyalar: Olingan maʼlumotlarga (gemoglobin miqdori va eritrotsitlar soniga) koʼra RK hisoblab olish. Natijalarni norma bilan solishtirish.
Koʼnikmani oʼzlashtirish uchun nazorat turi: Ogʼzaki soʼroq, formu-lani, normani talabalar bilishini tekshirish va rang koʼrsatkichni bilish ahamiyati.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin