O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Miyachaning tuzilishi va funktsiyasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə256/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Miyachaning tuzilishi va funktsiyasi.
Miya o’zani va markaziy nerv sistemasining oliy bo’limlari-po’stloq ostidagi yadrolar va bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining reflektor reaktsiyalarini yuzaga chiqarishda miyacha muhim ahamiyat kasb etadi. U organizmdagi hamma murakkab harakat aktlarini, shu jumladan ixtiyoriy harakatlarni uyg’unlashtirish (koordinatsiya)da qatnashadi.
Miyachaning elektr faolligi. Miyacha yuzasidan elektr potentsiallari ajratib olinganda har xil: sekundiga 150-200 va 8-12 chastotali elektr tebranishlari qayd qilinadi. Miyacha to’la ajritib qo’yilgandan keyin ham tez-tez tebranishlar davom etadi; Miyachani katta yarim sharlar po’stlog’iga bog’laydigan yo’llar qirqib qo’yilganda sust tebranishlar yo’qoladi. Shu sababli miyachada elektr tebranishlarning sust ritmlari katta yarim sharlar po’stlog’ining ta’sirida kelib chiqadi, deb hisoblashadi.
Muskullar, paylar va boylamlarning proprioretseptorlari, shuningdek, teri, ko’z va quloq eksteroretseptorlari ta’sirlanganda miyacha po’stlog’ining turli qismlarida yuzaga chiqqan potentsiallar qayd qilinadi. Ba’zi ichki a’zolarning interoretseptorlari ta’sirlanganda ham miyacha po’stlog’ida yuzaga chiqqan potentsiallar paydo bo’lishi yaqinda ko’rsatib berildi.
Tadqiqotchilar terining ayrim qismlariga yoki ayrim afferent o’tkazgichlarga ta’sir etib va miyacha po’stlog’ida yuzaga chiqarilgan potentsiallarni qayd qilib, miyachaning birinchi galda elektr faolligi paydo bo’ladigan qismlarini, ya’ni ta’sirlanuvchi retseporlardan impulslar birinchi marta keladigan qismlarini aniqlashdi. Miyacha po’stlog’ining yuzasida retseptor apparatlar proektsiyasining taqsimlanishini ko’rsatadigan topografik kartalar shu tariqa tuzildi, miyacha po’stlog’ining yuzasiga ko’ruv, eshituv, taktil, muskul-bo’g’im va vestibulyar apparat retseptorlaridan, shuningdek interoretseptorlardan signallar kelib turadi.
E.Edrian va R.Snayder bilan A. Stouelning ma’lumotlariga qaraganda, taktil, muskul-bo’g’im, yorug’lik va tovush retseptor sistemalarining proektsiyalari miyacha yarim sharlari yuzasida quyidagicha taqsimlanadi: oldingi tomonda-keyingi oyoqlarning, undan orqada-tananing, uning orqasida-oldingi oyoqlarning, so’ngra-boshning vakilik zonasi bor, miyacha po’stlog’idagi shu zonalarning orqasida eshituv zonasi, bu zonadan medial tomonda esa ko’ruv zonasi bor. Snayder bilan Stouel tajribalarida maymun oyoqlari va yuzining taktil retseptorlari ta’sirlanganda teri va muskul sezuvchanligining yana bir vakillik zonasi aniqlangan, u miyachaning orqadagi bo’lagida joylashgan.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin