O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə275/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Xolinesteraza va uning nervmuskul birlashmasi protsesslaridagi roli. Nerv oxiridan ajralib chiquvchi atsetilxolinni tez parchalay oladigan xolinesteraza fermenti nervmuskul birlashmasida ko’p ekanligi aniqlandi. Tabiiy sharoitda muskulga nerv impulslari ketmaket tez kelib turishi va atsetilxolinning avvalgi portsiyasidan depolyarizatsiyalangan membrana navbatdagi portsiyaga kam sezgir bo’lib qolishi nazarda tutilsa, bu protsessning ahamiyati ravshan bo’lib qoladi. Ketmaket keluvchi nerv impulslari normal qo’zg’atuvchi ta’sirni yuzaga chiqarishi uchun har bir impuls keladigan paytgacha mediatorning avvalgi portsiyasi «yig’ishtirib» olinishi kerak. Xolinesteraza shu funktsiyani o’taydi
Xolinesteraza aktivligini keskin darajada susaytira oladigan bir qancha farmakologik ageyatlar bor (ularni ingibitorlar deb atashadi). Bunday moddalar qatoriga ezerin bilan prostigmin kiradi. Nervmuskul birlashmasiga ezerin yoki prostigmin bilan ta’sir zgsh sa, postsinaptik potentsial amplitudasi oshadi va vaqt e’tibori bilan cho’zilib ketadi.
Xolinesteraza aktivligorsh susaytiradigan modda baqa muekuliga ta’sir etguncha (A) va ta’sir etgach (B) nervmuskul yeinapeida qayd qilingan postsinattik potentsial egri chizig’i yuqorida aytiltan fikrni oydinlashtirib beradi.
5 -rasm. Yakka uskul tolasidagi harakat plastinkasi potentsialining uzunligiga xolinesteraza ingibitori (neostigmin) ning ta’siri. A — neostigmin qo’llanilguncha, B — neostigmin qo’llanilgandan keyin (Fatt va Kattsdan).
Xolinesteraza ingibitori ta’sir etganda nervning ritmik ta’sirlanishi nostsinaptik potentsiallarining yig’indisini (summasini) vujudga keltiradi, natijada postsinaptik membrana turg’un depolyarizatsiyalanadi va nerv tolasidai muskul tolasiga impulslar o’tishi to’xtaydi (blok). Ayni vaqtda postsinaptik membrananing turg’un depolyarizatsiyalanishi muskul tolasining qo’shni qismlarini susayish holatiga olib keladi, bu holat o’zgarmas tok katodinivg uzoq ta’sirida kelib chiqadigan holatga o’xshaydi.
Xolinesteraza ingibitorlari bo’lmaganda ham nerv juda tez ta’sirlab turilsa, har bir nerv impulsi vujudga keltiradigan postsinaptik potentsiallar bir-biriga qo’shiladi (jamlanadi), chunki nerv oxiridan ajralib chiqqan atsetilxolinni xolinzsteraza batamom parchalab ulgurmaydi. Potentsiallarning qo’shilishi natijasida postsinaptik membrana tobora ko’proq depolyarizatsiyalanadi.
Atsetilxolin, adrenalin va uning hosilasi — noradrenalin, shuningdek ba’zi boshqa moddalar mediatorlar ekanligi ko’rsatib berildi; ularning ta’sir etish mexanizmi zo’r berib o’rganilmoqda. Mediatorlar nsrv oxirlarida nerv impulsini o’tkazishdan tashqari, nerv to’qimasining qo’zg’aluvchanligini va fiziologik holatini o’zgartira olishi ham aniqlandi. Mediatorlarni o’rgapish klinika uchun amaliy jihatdan muhim natijalar berdi. Nerv sistemasining bir qancha kasalliklarida va zaharlanishning ba’zi turlarida mediatorlar hosil bo’lishi, ta’sir etishi va parchalanishi buzilar ekan. Bunday kasalliklar va zaharlanishlarni davolashning yangi metodlari shu asosda tavsiya etildi va praktikada joriy qilindi.
Adashgan nerv oxirlarida hosil bo’ladigan atsetilxolin qondagi va gavda hujayralaridagi xolinesteraza fermenti ta’sirida tez parchalanadi. SHuniig uchun atsetilxolin faqat ajralib chiqqan joyida (mahalliy) .ta’sir ko’rsatadi. Simpatik meddator—noradrenalin atsetilxolinga qaraganda sekinroq parchalanadi va shuning uchun uzoqroq ta’sir etadi. Buning sababi shuki, simpatik nervlarga ta’sir etish to’xtatilgandan keyin ham yurak qisqarishlari yana biroz vaqt tezlashganicha va kuchayganicha qoladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin