Nazorat savollari. 1. Vegitativ nerv tizimining tuzilishi?
2. Vegetativ nerv sistemasining markazlari qaerda joylashgan?
3. Vegitativ reflekslar?
4. Organizm reaktsiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki?
5. Vegetativ funktsiyalarni boshqaradigan spinal (orqa miyadagi) markazlar?
6. Vegetativ funktsiyalarni boshqaradigan bulbar va mezentsefal markazlar?
7. Vegetativ nervlarning ikki neyronli strukturasi?
8. Vertebral gangliylar?
9. Prevertebral gangliylar?
10. Vegetativ gangliy (tugun)larning funktsiyalari?
11. Akson reflekslar?
12. Vegetativ markazlar tonusi?
13. Vegetativ nerv sistemasi tolalarining xossalari?
14. Vegetativ nerv sistemasining sinapslarida impulslarning o’tishi?
15. Vegetativ innervatsiyaning ahamiyati?
16. Simpatik va parasimpatik nervlarning organlarga ta’siri?
17. Vegetativ nervlar ta’sirlanish effektining innervatsiyalanadigan organ holatiga bog’liqligi?
18. Skelet muskullari, markaziy nerv sistemasi va retseptorlarning simpatik innervatsiyasi?
19. Vegetativ funktsiyalarning boshqarilishida retikulyar formatsiya ahamiyati?
20. Vegetativ funktsiyalarning boshqarilishida miyachaning ahamiyati?
21. Vegetativ funktsiyalarning boshqarilishida po’stloq ostidagi tuzilmalarning roli?
22. Vegetativ funktsiyalarning boshqarilishida miya katta yarim sharlari po’stlog’ining roli?
23. Xolinesteraza va uning nervmuskul birlashmasi protsesslaridagi roli?
MАSHGʼULOT № 12. ANALIZATORLAR FIZIOLOGIYASI. MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- logik masalalar
- situatsion (vaziyat) masalalar
- nazorat savollari
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- «Аmaliyot fiziologiya»MM dasturi
- «Galereya boʼyicha aylanish» ish oʼyinlari
- grafik organayzerlar
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Sensor tizimga umumiy tavsifnoma Sensor tizim (I.P.Pavlov bo’yicha analizator) nerv tizimining bir qismi hisoblanib, u qabul qilishga ixtisoslashgan elementlar – sensor retseptorlar deyiladi, ular tashqi va ichki muhitdan ta’sirotlarni qabul qiluvchi, retseptorlardan olingan axborotni miyaga o’tkazuvchi nerv yo’llari va olingan axborotni qayta ishlovchi bosh miyadan iboratdir. Sensor tizim bosh miyaga axborotni yetkazib beradi. Har qanday sensor tizimning ishi turli ko’rinishda qabul qilingan ta’sirotlarni nerv impulslariga aylantirib, ularni neyronlar zanjiri orqali markaziy nerv tizimiga yetkazib berishdan iborat bo’ladi. Impulslar kelishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari sezgilar, idroklar, tasavvurlar, ya’ni tashqi olam xissiy in’ikosining turli shakllari yuzaga chiqadi. Bosh miya yarim sharlariga kelgan axborotlar oddiy reflekslardan tortib, to insonning ruxiy faoliyati uchun zarurdir. Shuning uchun I.M.Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida «Psixik akt ongda tashqi hissiy qo’zg’alishdan tashqari xosil bo’la olmaydi» - deb yozgan edi.
I.P.Pavlov retseptorlarni – analizatorning periferik bo’g’ini, afferent neyronlar o’tkazuvchi yo’llar bo’limini tashkil etsa, katta yarim sharlar po’stlog’i analizatorlarning markaziy oxirlari deb hisoblanadi.
Sensor tizimning tekshirish usullari. Sensor tizimning elektrofiziologik, neyrokimyoviy, morfologik hamda asosan sog’lom va nosog’lom insonlarda qabul qilishning psixofiziologik analizi o’tkaziladi, bundan tashqari, sensor tizimni o’rganishda modellashtirish va protezlash usullari ham qo’llaniladi.
Modellashtirish – sensor tizimning biofizik va kompyuter modellaridir, hozircha eksperimental usullar bilan o’rganib bo’lmaydigan vazifalarni va xossalarni modellashtirish orqali o’rganiladi.
Protezlash - sensor tizim faoliyatini qanday darajada bilishimizni tekshiradi. Elektrofosfen ko’ruv protezlari bunga misol bo’la oladi.
Sensor tizim tuzilishining umumiy tarzlari. Hayvon va shu jumladan insonlarda sensor tizim quyidagi tarzlar asosida tuzilgan.