O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə273/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Vegetativ nervlar ta’sirlanish effektining innervatsiyalanadigan organ holatiga bog’liq ekanligi Vegetativ nerv sistemasining ishtirokida yuzaga chiqadigan reaktsiyalar nerv markazlarining tonusiga, shuningdek periferik organlarning holatiga — qo’zg’aluvchanligiga va modda almashinuviga qarab ancha o’zgarishi mumkin. Nervlarga ta’sir etish intensivligi va ta’sir etish effektining xarakteri shu paytdagi va ilgari qo’llanilgan ta’sirotlarning kuchiga va qancha davom etishiga qarab butunlay boshqacha bo’lishi mumkin. Simpatik va parasimpatik nervlarning ta’sir ko’rsatish xarakteri hamda ular o’rtasidagi antagonizm, shu tariqa, mutlaqo doimiy va o’zgarmas bir narsa emas.
Turli tasirotlarga javoban reaktsiya o’zgaruvchanligini XVIII asr oxiridayoq A.Gumbold ko’rsatib o’tgan edi: «Har qanday agent o’zi ta’sir etayotgan organning qanday holatda ekanligiga qarab, susaytiruvchi yoki qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi». Organizm, uning organlari va to’qimalarining reaktsiya ko’rsatish xarakteri va intensivligini belgilab beradigan funktsional holati ularning reaktivligi deb ataladi.
Sayyor (adashgan) nerv ta’sirlangan paytda me’da va ingichka ichak muskullari tonusining qanday ekanligiga qarab, shu organlar harakatining har xil xarakterda o’zgarishi organ reaktivligining ahamiyatiga misol bo’la oladi. Odatdagi sharoitda sayyor nerv me’da va ingichka ichak harakatini qo’zg’aydi. Me’da va ichak muskullari tonusi keskin darajada oshgan paytda shu nerv ta’sirlansa, bu organlarning avtomatik qisqarishlari kuchayish u yoqda tursin, balki susayadi (tormozlanadi). Yurak reaktivligiga kaliy va kaltsiy ionlarining ta’siri misol bo’la oladi: kaliy ionlari ortiqcha bo’lganda yurakning simpatik nervlariga ta’sir etish yurak faoliyatini kuchaytirmaydi, balki susaytiradi, kaltsiy ionlari oshganda sayyor nervning ta’sirlanishi yurak faoliyatini susaytirmay, balki kuchaytiradi. Vegetativ nerv ta’sirlanish effektining shunday o’zgarishi «funktsional soxtalik» yoki «paradoksal ta’sir» deb ataladi. Bu hodisalarning sababi hali yetarlicha o’rganilgan emas.
S kelet muskullari, markaziy nerv sistemasi va retseptorlarning simpatik innervatsiyasi. Charchagan skelet muskulining simpatik nervlari ta’sirlansa, ish qobiliyati tiklanadi. Orqa miyaning tegishli oldingi ildizlariga uzoq vaqt ritmik ta’sir etilganda boldir muskulining qisqarishini L.A.Orbeli va A.G.Ginetsinskiy qayd etishgan. Muskul charchagan sayin qisqarishlar amplitudasi sekinasta kamaygan. Qisqarishlar juda kamaygach, oldingi ildizlarga ritmiq ta’sir davom ettirilishi bilan birga, simpatik zanjirga boruvchi preganglionar simpatik tolalarning boldir muskuliga simpatik innervatsiya beradigan qismi qisqa vaqt ta’sirlangan. Anchagina uzoq—bir necha o’n sekund vaqtdan keyin harakatlantiruvchi ildizlarnyng ritmik ta’sirlanishiga javoban muskulning qisqarishlar amplitudasi sekinasta osha boshlagan va ba’zan boshlang’ich amplitudasiga yetgan.

4-rasm. Baqaning ajratib olingan boldir muskulining charchash egri chizig’iga simpatik tolalarga stimul berishning ta’siri (Ginetsinskiydan).


Charchagan muskul qisqarishlari harakatlantiruvchi nerv tolalariga ritmik (minutiga 30 marta) ta’sir etib, yuzaga chiqariladi. Simpatik nervga ta’sir etish paytlari signal chiziqning ko’tarilgan joylari bilan qayd qilingan.
Shu tajribalarga suyanib, simpatik nervlarning muskul tolalariga bevosita ta’sir etishi emas, balki muskuldagi qon tomirlariga ta’sir etishi, ya’ni muskulga kislorod va oziq moddalar ko’proq kelishi natijasida muskulning ish qobiliyati tiklanadi, deb faraz qilindi. Ammo muskul tomirlariga suyuq vazelin to’ldirib qilingan tajribalar bu e’tirozni rad etdi: charchagan muskulning simpatik nervlari ta’sirlanganda uning ish qobiliyati baribir tiklanaverdi.
Simpatik nerv sistemasi sezgi organlariga va markaziy nerv sistemasiga ham ta’sir etaveradi. Masalan, L.A.Orbeli hamkorlarining kuzatishlariga qaraganda hayvonlarning teri retseptorlari qo’zg’aluvchanligini simpatik nerv sistemasi o’zgartiradi. Odamning bo’yin simpatik tugunlari olib tashlangach vestibulyar apparat bilan ko’ruz apparatining qo’zg’aluvchanligi pasayadi; ayni vaqtda qorong’i adaptatsiyasi keskin darajada kamayadi; teri ostiga adrenalin yuborish teskari ta’sir ko’rsatadi.
Simpatik yo’llar orqali o’tadigan impulslar markaziy nerv sistemasiga, jumladan, uzunchoq miya bilan o’rta miyaning reflektor funktsiyasiga ham ta’sir etishi eksperimental tadqiqotlarda aniqlandi. E.A.Asratyan, S.I.Galperin va B.V.Pavlovning ma’lumotlariga qaraganda, it bo’ynining yuqori simpatik tugunlari olib tashlangach shartli reflektor faoliyat buziladi, bu esa qisman tomirlar tonusining o’zgarishiga, qisman bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’idagi nerv hujayralariga simpatik nervlarning ta’sir etmay qolishiga bog’liq bo’lsa kerak. Simpatik nervga bo’yindan ta’sir etilganda katta yarim sharlar po’stlog’idagi neyronlarning elektr aktivligi o’zgarishy va xronaksiyaning ortishi ham katta yarim sharlar po’stlog’iga simpatik nerv sistemasining ta’sir etishini ko’rsatadigan dalildir.
L.A.Orbelining simpatik nerv sistemasi adaptatsiontrofik funktsiyani o’taydi, degan nazariyasi ana shu faktlarning yig’indisiga asoslanadi. Bu nazariyaga muvofiq, simpatik nerv sistemasi modda almashinuvini, gavdadagi barcha organ va to’qimalar trofikasini va qo’zg’aluvchanligini boshqaradi. Adaptatsiontrofik funktsiyaning biologik ahamiyati shuki, u organizmning faoliyatga muayyan ravishda sozlanishini ta’minlaydi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin