O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Nerv markazlari, ularning fiziologik xossalari



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə89/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Nerv markazlari, ularning fiziologik xossalari
Sinapslar. Sinapslarning turlari va fiziologik xossalari. Sinaps-bir neyronni ikkinchi neyron bilan, neyronni muskul tolasi yoki bez hujayrasi bilan bog`lovchi tuzilma bo`lib, ularni quyidagi tamoyillar asosida tasnif qilish mumkin.
1. Sinaps qurilishida ishtirok etuvchi hujayralarga qarab, nerv muskul va neyron-neyronal sinapslar tafovut qilinadi. Neyronlarning sinapslar joylashgan qismiga qarab oksosomatik, oksodendritik, okso-oksonal sinapslarni ajratish mumkin.
2. Sinapslar faollashganda rivojlanadigan jarayonni ko`zda to`tib, qo`zg`atuvchi va tormozlovchi sinapslar tafovut qilinadi.
3. qo`zg`alishning o`sish uslubiga ko`ra sinapslarni elektrik va ximiyaviyga bo`lish mumkin. Aralash elektr ximiyaviy sinapslarhambor.
Aksonlarning oxirgi tarmoqchalari bir oz kengayib tugaydi. Bu sinapsdan oldingi (presinaptik membrana) kengayishi sinapsning biringi galda zarur bo`lgan tarkibiy qismi. Boshqa bir neyron, muskul tolasi yoki sekretor hujayra membranasining presinaptik kengayish ro`parasidagi qismi possinaptik (sinapsdan keyingi) membrana, deb ataladi. Bu xar bir sinapsning ikkinchi zaruriy qismi. Peresinaptik membranalar bir-biriga zich tegib turmaydi, ular o`rtasida sinapsning uchinchi zaruriy qismi-sinaps yorug`i bor.
Ximiyaviy sinapslar yirigi ancha keng (10-40nm) va yuqori elektr qarshiligiga ega bo`lgani uchun elektr impulslar o`tishiga to`sqinlik qiladi. Ispulslar bu to`sqindan maxsus ximiyaviy vositachi – mediator yordamida o`tishi mumkin.
Hozir mediator deb ataladigan moddalarning ximiyaviy tuzilishi xar xil. Asetixolin, dofamin, noradrenalash, serotonin, gistamin, mediatorlarning monoamen guruxini tashkil qiladi. Sinapslarning o`ziga xos bir qator xossalari bor.
MNSning elementar birligi bo`lmish neyrongahamintegrativ (birlashtiruvchi) faoliyat xosdir. Markaziy nerv sistemasining tashkil qiluvchi neyronlarning nisbatan sodda va murakkab zanjirlarga ulanishi, ixtisoslashgan neyronlar birligi – nerv markazlarini xosil qilish integrativ faoliyatning yuqori pag`onaga ko`tarilishiga imkon tug`diradi. Neyron zanjirlari va nerv markazlari xosil bo`lishi va faolashishining ma'lum tomonlari va qoidalari bor. Bulardan divergensiya va konvertgensiya, okklyusiya, fazodagi va vaqtdagi qo`shilishni nerv markazlaridan qo`zg`alishning o`tkazilishi qonunlari va xususiyatlari xamda boshqalarni ko`rsatish mumkin.
Pereferik reseptorlar bilan bog`liq bo`lgan aferent neyron aksoni orqa miyaga kirib shoxlanishi divergensiya deyiladi. Shu yo`l bilan xosil bo`lgan kolateralar (yon shoxlar) talay signal neyronlar bilan bog`lanadi. Divergensiya tufayli aferent axborot bir vaqtning o`zida MNSning ko`p qismlariga etib boradi.
Impuls o`tkazadigan ko`pgina yo`llar bitta neyronda yig`ilishib, konvergensiya deyiladi. Masalan, orqa miyadagi bitta motoneyronning soma va dendritlariga 6-10 ming kollateral keladida, kuzatuvchi va tormozlovchi sinapslar xosil qiladi. Natijada neyron MNSning turli qismlari va neriferiya bilan bog`lanadi.
Konvergensiya tufayli 1 ta neyronga ayni vaqtning o`zida juda ko`p qo`zg`atuvchi va tormozlovchi signallar etib kelishi mumkin.
Ba'zi sharoitlarda eferent neyronlarga 2 (yoki bundan ko`p) aferent yo`llar orqali bir vaqtning o`zida kelgan impulslar qo`shilib, kutilganidan kam samara beradi. 1 ta tolani rag`batlantirilsa 2 ta neyron qo`zg`aladi, shartli natija 2 ga teng bo`ladi. 2 ta tolani aloxida-aloxida qo`zg`atilganda, olingan natijalar yig`indisi shartli 4 ga teng. endi aferent tolalarini bir vaqtda ta'sirlasak 3 ta eferent neyron qo`zg`aladi. Shartli natija 3 ga teng bo`ladi. Bu hodisa okklyusiya tiqilib qolishi deyiladi.
Nerv markazi deganda muayyan refleksni yuzaga chiqarishga yoki ma'luf faoliyatni boshqarishga ixtisoslashgan neyronlar to`plamini tushuniladi.
Nerv markazining o`ziga xos xossalarihambor. Ulardan ba'zilarini ko`rib chiqamiz.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin