Asosiy almashinuv tushunchasi. Odam jismonan va ruxan tinch xolatda bo`lganda (yertalab urnidan turmasdan), naxorga, ovqatlangandan keyin 12 soat utgach komfort xona haroratida (22-24° S ) aniqlangan energiya sarfi asosiy almashinuv deyiladi. Asosiy admashinuv energiyasining o`p qismi nafas muskullari, yurak, jigar buyraklarni uzluksiz ishlashiga, skelet muskullari tonusini ta'minlashga sarflanadi. Asosiy almashinuv odamning jinsiga, yoshiga, massasiga bog`liq bo`ladi, Masalan: o`rta yoshdagi (35) o`rta buyli (170 sm) o`rta vaznli (70 kg) kishining asosiy almashinuvi bir soatda 1 kg ga bir kkal (4, 2 kJ), bir kechayu kunduzda 1700 kkal (7100kJ)ga tug`ri keladi. Ayollar uchun shu miqdor 10% kamrok bo`ladi. Demak, asosiy almashinuvni aniqlash shartlaridan ko`rinib turibdiki, jismoniy va aqliy faoliyat tashqi haroratni o`zgarishi, ovqatlanish albatta o`nga ta'sir qilishi mumkin. Ovqatni iste'mol qilish hujayralar tomonidan oziq moddalarini uzlashtirilishi modda almashinuvi jarayonlarini jadallashtirib, energiya sarfini oshiradi. Modda va energiya almashinuvining bu tarika kuchayishi ovqatning o`ziga xos dinamik ta'siri deb tushuniladi. Aralash ovqat iste'mol qilinganida energiya sarflanishi 10-15 %ga oshadi. Oqsilning o`ziga xos denamik ta'siri ayniksa katta. Oqsil iste'mol qilinganidan keyin energiya sarfi 30-40 % ko`payadi. Uglevodlar. eyilgandan keyin energiya almashinuvi faqat 4-7 % ga oshadi.
Hozirgi kunda to`g`ri ovqatlanishni tashkil qilish muammolari ancha murakkab va ko`p jixatdan etarlicha ochilmagan. Shu bois hozirgi amaliyotda kundalik ovqat miqdorini aniqlashda kamida qo`yidagi 4 ta fiziologik tamoyilga rioya qilish zarur:
1. Xar bir odam ovqatidagi energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng buishi kerak.
2. Ovqatdagi oqsil, yog va uglevodlar miqdori organizmning shu oziq moddalarga bo`lgan eng kam extiyojdan oz bo`lmasligi kerak.
3. Ovqatdagi Vitaminlar, tuzlar, mikroyelementlar miqdorihamularga bo`lgan minimal extiyojdan kam bo`lmasligi kerak.
4. Ovqatdagi Vitaminlar tuzlar va mikroyelementlar miqdori zaxarlovchi miqdordan kam bo`lishi kerak.