O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Organizmning harakat funktsiyalariga miyachaning ta’sir ko’rsatish mexanizmi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə123/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Organizmning harakat funktsiyalariga miyachaning ta’sir ko’rsatish mexanizmi. Miyachaga ta’sir etish va uni yemirish effektlarini taqqoslab ko’rish hamda xozirgi zamon elektrofiziologik tadqiqotlarining ma’lumotlari miyachaning organizmdagi ahamiyati to’g’risida muayyan tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Miyachani olib tashlash natijasida reflektor reaktsiyalar yo’qolib ketmaydi, jumladan, miya o’zanining tonik reflekslari saqlanib turaveradi. SHu bilan birga muskullar tonusi bir qadar o’zgaradi va reflektor harakatlarning aniqligi hamda uyg’unlashganligi buziladi.
Gavda harakatlangan vaqtda ta’sirlanuvchi barcha retseptorlardan «qaytar aloqa» kanallari orqali markaziy nerv sistemasiga keluvchi afferent impulslar miyachaga boradi. Miyachaga proprioretseptorlardan va vestibuloretseptorlardan shuningdek, ko’ruv, eshituv va taktil retseptorlardan impulslar kelib turadi. Miyacha shu tariqa harakat apparatining holati haqida ma’lumot olib, muskullar tonusini bevosita boshqaruvchi qizil yadroga va miya o’zanining retikulyar formatsiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Uzunchoq miya retikulyar formatsiyasining muayyan qismlariga mikroelektrodlar kiritib, miyachaga ta’sir etish tajribalari miyachaning retikulyar formatsiyaga ta’sir ko’rsatishidan guvoxlik beradi. Bu tajribalarda retikulyar formatsiya neyronlarining spontal elektr faolligi o’zgargani qayd qilingan. Miyachaning qaysi qismi ta’sirlanishiga qarab, elektr faolligining o’zgarish xarakteri har xil bo’lishi mumkin. Uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasiga miyachaning ta’sir ko’rsatishi yana shundan bilinadiki, miyachaning oldingi bo’lagiga ta’sir etilsa, yozuvchi muskullardagi detserebratsion rigidlik kamayadi.
Miyachaning retikulyar formatsiyaga ko’rsatadigan ta’siri ba’zan katta yarim sharlar po’stlog’ining ta’siriga teskari bo’ladi. Masalan, kuzatishlarga qaraganda miyacha ta’sirlanganda retikulyar formatsiyadagi ayrim neyronlarning impulslari susaygan, katta yarim sharlar po’stlog’ining motor sohasigi elektr bilan ta’sir etilganda esa o’sha neyronlardagi impulslar kuchaygan.
Muskullar tonusiga miyachaning ta’sir ko’rsatish mexanizmida orqa miyaning gamma-motoneyronlaridagi raaryadlarning o’zgarishi muayyan ahamiyat kasb etadi. Miyacha oldingi bo’lagining ba’zi qismlariga ta’sir etilganda muskul yoyining gamma-afferent tolalaridan o’tuvchi impulslar susayishini, shu sababli muskul tonusi refleks yo’li bilan kamayishini R.Granit kuzatgan. Miyacha oldingi bo’lagining boshqa qismlari ta’sirlanganda esa muskul yoyining retseptorlaridagi impulslar ko’paygan, shu tufayli muskul tonusi oshgan.
Miyacha yadrolaridan keluvchi afferent impulslar proprioretseptiv (miotatik) reflekslarni tormozlaydi. Har bir muskul qisqarishi proprioretseptorlarga ta’sir etib yangi refleksni vujudga keltira oladi. Odatda oddiy refleks shu yo’l bilan murakkab zanjirli refleksga aylanmaydi, chunki reflekslar zanjirini uzadigan tormozlovchi mexanizm bor. Miyacha olib tashlanganda kuzatiladigan astaziya uchun xarakterli hodisalar-muskullarning titrashi, gandiraklash va tebranish-tormozlanmagan proprioretseptiv reflekslarga bog’liq bo’lsa kerak.
Shunday qilib, miyacha organizmning harakat reaktsiyalarini to’g’rilaydi, boshqacha aytganda, ularni tegishlicha tuzatib aniq qilib qo’yadi. Miyachaning bu ahamiyati ixtiyoriy harakatlarning yuzaga chiqishida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Miyachaning asosiy funktsiyasi harakat aktlarining ildam (davriy) va sekin (tonik) komponentlarini uyg’unlashtirishdir.
Miyacha va katta yarim sharlar po’stlog’i o’zaro ikki tomonlama bog’langanidan, shuningdek, miya o’zanining retikulyar formatsiya orqali miyacha ixtiyoriy harakatlarga ta’sir ko’rsatadi.
Miyacha katta yarim sharlar po’stlog’idagi neyronlarning faollik holatini boshqaradi. Miyacha po’stlog’ining muayyan qismlariga ta’sir etilsa, katta yarim sharlar po’stlog’idagi harakatlantiruvchi markazlari qo’zg’aluvchanligining o’zgarishi shundan guvoxlik beradi. G.Morutstsining ma’lumotlariga qaraganda, miyachaning ba’zi qismlariga ta’sir etish katta yarim sharlar po’stlog’ining ta’sirlanish effektlarini susatiradi, boshqa qismlariga ta’sir etish esa bu effektlarni osonlashtiradi. Miyachadan chiqib talamus orqali katta yarim sharlar po’stlog’iga kiradigan impulslar bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’ining neyronlariga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsata oladi. Miyachadan keluvchi impulslar katta yarim sharlar po’stlog’iga retikulyar formatsiya holatini o’zgartirish yo’li bilan ham ta’sir o’tkazadi. SHu sababli miya ta’sirlanganda yoki yemirilganda katta yarim sharlar po’stlog’idan kortikospinal yo’llar orqali keladigan impulslar harakteri o’zgaradi. Miyacha olib tashlanganda yoki shikastlanganda ixtiyoriy harakatlarning kortikal mexanizmi bu harakatlar hajmini talab qilingan miqdorga yetkaza olmaydi. SHuning oqibatida ataksiya va dismetriya kelib chiqadi; harakatlar aniq bo’lmay, keng amplitudali, poyma-poy bo’lib qoladi. Normada ishtirok etmaydigan muskullar harakat aktlarining yuzaga chiqishida qatnashadi. Harakat aktlarining miyacha tomonidan boshqarilmayotganini ko’rsatadigan harakterli simptomlardan biri shuki, ixtiyoriy harakatlar sust boshlanib, oxiriga yaqin kuchayadi.
Katta yarim sharlar po’stlog’ining ta’sirida yuzaga chiqadigan harakat aktlarini boshqarishda miyachaning filogenetik jihatdan eng yosh bo’limi-orqadagi bo’lagining oldingi qismi alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin