O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə169/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

OʼQUV FАOLIYaTINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
1. Baqaning asab-mushak preparatini tayyorlashni
2. Galvanini 1- va 2- tajribalarini
3. Ikkilamchi tetanusni (Matteuchi tajribasini)
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- testlash
- «Virtual fiziologiya» MM dasturi
- «Аmaliyot fiziologiya»MM dasturi
- logik masalalar
- “Аsab-mushak preparatini tayyorlash” videofilьmi
- grafik organayzerlar
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Barcha hujayralar taʼsirotlarga javoban fiziologik tinch holatdan qoʼzgʼalish holatiga oʼta oladi. Lekin «qoʼzgʼaluvchan toʼqimalar» atamasi faqat nerv, mushak va bez toʼqimalarga nisbatan maxsus qoʼllaniladi, chunki bu toʼqimalarda qoʼzgʼalish hujayra membranasi boʼylab tarqaladigan elektr impulsining yuzaga chiqishi bilan birga davom etadi.
Qoʼzgʼaluvchanlik deb tirik hujayraning berilgan taʼsirotlarga qoʼzgʼalish bilan birga javob berilishi tushuniladi. Qoʼzgʼalish-berilgan taʼsirotlarga toʼqimalarning xususiy (nerv toʼqimasidan impulslarning oʼtishi, mushakning qisqarishi, bezlarning shira ajratishi) va umumiy reaktsiyalar (harakat potentsialining generatsiyasi, metabolitik oʼzgarishlar) bilan javob berishi orqali namoyon boʼladi.
Tirik toʼqimalarda yuzaga keladigan elektr hodisalari, «hayvon elektri» hakidagi taʼlimot XVIII asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi.
L.Galvani «Muskul harakatidagi elektr kuchlari tugʼrisidagi traktat» asarida (1791) bu taʼlimot xaqida maʼlumot berdi. Galvani elektr mashinasi uchqunlarining fiziologik taʼsiri, shuningdek, momaqaldiroq vaqtida chaqmoq chaqkanida atmosfera elektrining taʼsirini oʼrganish bilan shugʼullanib, oʼz tajribalarida baqaning umurtqa pogʼonasi bilan birlashgan keyingi oyoq preparatidan foydalandi. Galvani ana shu preparatni ayvonning temir panjarasiga mis ilmoq bilan osib, baqa oyogʼi shamolda tebrangan vaqtda uning muskullari panjaraga har gal tekkanda qisqarishiga eʼtibor berdi. Galvani shunga asoslanib, baqaning orqa miyasida vujudga kelgan metall oʼtkazgichlar (ilmoq va ayvon panjarasi) orqali oyoq muskullariga oʼtadigan «hayvon elektri» oyoqning tortib olinishiga sabab boʼlgan, deb hulosa chiqardi.
Galvani tajribalarini А.Volta 1792-yilda takrorladi va Galvani tasvirlagan hodisa «hayvon elektri» emasligini, Galvani tajribasi baqaning orqa miyasida emas, balki turli metallar-mis va ruhdan hosil boʼlgan zanjir tok manbai ekanligini koʼrsatib berdi. Voltaning eʼtirozlariga javoban, Galvani endi metallardan foydalanmay tajriba qildi. Baqaning orqa oyoq terisi shilib olinsa, soʼngra quymich nervining ildizlari orqa miyadan chiqqan joyga yaqin shu nerv qirqilsa va son boʼylab boldirgacha ajratilsa, boldirning ochilgan muskullariga oʼsha nerv tashlansa, bu muskullar qisqarishini kursatib berdi (Galvanining ikkinchi tajribasi). E.Dyubua-Reymon bu tajribani «nerv-muskul fiziologiyasining chin asosiy tajribasi» deb atadi.
XIX asrning 20-yillarida galvanometr va boshqa elektr oʼlchash asboblari ixtiro qilingandan soʼng fiziologlar tirik toʼqimalarda yuzaga keladigan elektr toklarni maxsus fizik asboblar yordamida aniq oʼlchash imkoniga ega boʼldilar.
Muskulning tashqi yuzasi ichki qismiga nisbatan musbat zaryadli ekanligini va potentsiallarning tinchlik holatiga xos boʼlgan bu farqi qoʼzgʼalish paytida keskin kamayishini K.Matteuchi (1838) mulьtiplikator yordamida birinchi marta koʼrsatib berdi. Matteuchi «ikkilamchi qisqarish» degan tajribani oʼtkazdi; qisqarayotgan muskulga ikkinchi nerv-muskul preparatining nervi tekizilsa, bu preparatning muskuli ham qisqaradi. Matteuchi tajribasi shu bilan izoxlanadiki, qoʼzgʼalish paytida muskulda roʼy beruvchi harakat potentsiallari birinchi muskulga tegib turgan nervni qoʼzgʼatadigan darajada kuchli boʼladi, bu esa ikkinchi muskulning ham qisqarishiga sabab boʼladi.
Tirik toʼqimalardagi elektrik hodisalari xaqidagi taʼlimotni XIX asrning 40-50 yillarida E.Dyubua-Reymon, L.German, Yu.Bernshteyn va boshqalar ham mukammal oʼrgandilar va qoʼzgʼaluvchan toʼqimalarda yuzaga chiqadigan elektrik hodisalar hujayra membranasining elektrik xossalariga batamom bogʼliq ekanligini toʼla-toʼkis isbotladilar.
Selektivlik yoki tanlab oʼtkazishni kanaldagi oʼziga xos oqsil tizimlari amalga oshiradi. Koʼpgina kanallarda ionlarning oʼtkazilishi membrana potentsialining kattaligiga bogʼlik boʼladi. Kanallar oʼzining funktsional xarakteriga koʼra bir xil tabiatli emas, bu asosan kanalning kiradigan va chiqadigan sohasiga joylashgan oqsil tizimlarga bogʼliq boʼladi. Ion kanallarining ishlash jarayonini natriy kanali misolida koʼrib chiqamiz. Taxmin qilishlaricha, nisbiy tinchlik holatida natriy kanali
Muhim ion kanallari va qoʼzgʼaluvchan membranalarda ion oqimlari
Kanal tipi Funktsiyasi Tok Kanal blokatori
Kaliyli (tinchlikda) Tinchlik potentsialini hosil qiladi Јk+ (okim) TEА
Natriyli Harakat potentsialini hosil qiladi J Na TTX
Kaltsiyli Sekin potentsiallarni hosil qiladi. J Ca 2+ D-600, verapamil.
Kaliyli sekin (toʼgʼrilanuvchi) Repolyarizatsiyani taʼminlaydi Јk+ (ushlab qolinishi) TEА
Kaltsiy faollashtiruvchi kaliyli Ca2+ ionlari oqimi hisobiga
Repolyarizatsiyaning chegaralanganligi Јk+Ca 2+ TEА
Izox: TEА-tetraetilammoniy; TTX-tetradotoksin.
yopiq boʼladi. Hujayra membranasi depolyarizatsiyasining maʼlum darajasida m-faollashtiruvchi darvozalarning ochilishi kuzatiladi va hujayra ichiga Na+ ning kirishi kuchayadi m-darvozalar ochilganidan bir necha millisekundlardan soʼng, h-darvozalarning yopilishi kuzatiladi, bu darvozalar natriy kanallarining chiqish joyida boʼladigan inaktivatsiya darvozadir. Hujayra membranasida inaktivatsiya xodisasi juda tez roʼy beradi va inaktivatsiya darajasi depolyarizatsiyalovchi taʼsirni kattaligiga va taʼsir etish vaqtiga bogʼliq boʼladi.
Natriy kanallaridan tashqari boshqa K+; Sa2+ kanallari ham tanlab oʼtkazish xususiyatiga ega.
Xochkin va Xakslilar kanallarni «mustaqillik» tarzini ochib berdilar, bu tamoyiliga koʼra, natriy va kaliy kanallari bir-biriga bogʼliq boʼlmagan holda faoliyat koʼrsatadilar.
Turli kanallarning oʼtkazuvchanligi bir xil emas. Kaliy kanallarida natriy kanallari singari inaktivatsiya jarayoni roʼy bermaydi.
Bundan tashqari, kaltsiy kanallari faoliyati ham katta qiziqish uygʼotadi. Odatda, koʼpgina holatlarda membrana ichiga kiruvchi kaltsiy oqimi yetarli kattalikka ega boʼlmaganligi sababli, hujayra membranasida depolyarizatsiyani chaqira olmaydi. Koʼpgina holatlarda hujayra ichiga tushgan kaltsiy, «messenjer» yoki ikkilamchi tashuvchi vazifasini bajaradi.Natriy ionlarining hujayra ichiga kirishi natijasida kelib chiqqan hujayra membranasining depolyarizatsiyasi kaltsiy kanallarini faollashtiradi. Kaltsiy kanallarining inaktivatsiyasi bir muncha murakkab jarayondir. Bir tomondan, hujayra ichida erkin kaltsiy kontsentratsiyasining ortishi kaltsiy kanallarining inaktivatsiyasiga olib keladi. Ikkinchi tomonidan esa, hujayra sitoplazmasi oqsillari kaltsiyni oʼziga biriktiradilar, bu oʼz navbatida kaltsiy oqimini uzoq muddat bir xil kattalikda ushlab turishiga imkon beradi. Bu vaqtda natriy oqimi butunlay sekinlashadi. Yurak hujayralari faoliyatida kaltsiy kanallarining ahamiyati juda muhimdir.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin