O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə179/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
ERITROTSITLАR FIZIOLOGIYASI
E r i t r o s i t l a r – qonning eng koʼp hujayra elementlari; oʼlchamiga qarab normotsitlar, mikrotsitlar va makrotsitlar farqlanadi.
Odam va boshqa sut emizuvchilar eritrotsitlarida yadrolar, mitoxondriyalar, oqsil sintezlovchi tuzilmalar yoʼq. Eritrotsitlar uchun gomogen sitoplazma va unda gemoglobin borligi xos. Gemoglobin oqsili hisobiga eritrotsitlarning 34% umumiy va 90-95% quruq massasi toʼgʼri keladi.
Barcha eritrotsitlarning 85% yaqinini diskotsitlar tashkil qiladi, ikki tomoni botiq disk shakliga ega, bu diffuzion afzallik – eritrotsitlarni asosiy funktsiyalarini – qonning nafas gazlarini tashishga imkon yaratadi. Eritrotsitlarni bu shaklida, ularni diffuzion yuzasi ancha oshadi, katta odamda 3800 m2 ni tashkil qiladi. Qolgan 15% eritrotsitlar xar xil shaklga, oʼlchamga va hujayra yuzasida oʼsiqlar borligiga ega.
Eritrotsitlar strukturasida stroma ajratiladi, u hujayra gavdasi va yuza qavati -membranadan tashkil topgan. Eritrotsitlarni hujayra membranasini tuzilishi yadroli hujayralar membranasiga oʼxshash. Eritrotsitlar membranasida va sitoskeletida spektrin oqsilidan tashqari retseptor oqsillari – glikoproteidlar, katolitik oqsillar – ionlar transportida va membranada kanallar hosil qilishida ishtirok etuvchi fermentlar aniqlangan. Eng asosiy glikoproteidlardan biri – glikoforin, ular eritrotsitlar membranasini tashqi va ichki yuzalarida saqlanadilar. Glikoforin tarkibida juda koʼp miqdorda sial kislotasi bor va u katta manfiy zaryadga ega.
Eritrotsitlar tuzilishining xususiyati, ularning shakli har xil fiziologik va fizik-kimyoviy xossalariga sabab boʼladi.
1. Eritrotsitlar plastikligi – bularni 2,5-3 mkm gacha diametrga ega boʼlgan tor, buralma kapillyarlardan va mikro teshiklardan oʼtganda qaytar deformatsiyaga ega boʼlish qobiliyati.
Plastiklik qobiliyat diskoid eritrotsitlarda ifodalangan; normal diskoid eritrotsitning oʼlchami 7,2-7,5 mk.mni tashkil qiladi.
2. Eritrotsitlarning osmotik chidamligi
Eritrotsitlarda osmotik bosim qon plazmasiga nisbatan bir muncha yuqori, bu hujayra toʼrgʼorini taʼminlaydi.
Eritrotsitlarni gipotonik muhitga solganda osmotik yoki kolloid-osmotik gemoliz sodir boʼlishi mumkin. Buning sababi eritrotsit ichiga suv membrana yorilib va gemoglobin atrofdagi muhitga chiqqunicha kiradi.
Katta yoshli odamlarda eritrotsitlarni osmotik chidamligini shuni koʼrsatdiki, 50% yaqin eritrotsitlar 0,43 % natriy xlorid eritmasida gemolizga uchraydi.
Eritrotsitlarni gipertonik eritmaga solganda ular burishib qolishadi, bu ularning suv yoʼqotishi bilan bogʼliq.
3. Eritrotsitlarni kreator aloqalarni taʼminlashi
Hozirgi vaqtda eritrotsitlar qonning nafas gazlarini tashishdan tashqari har xil moddalarni ideal oʼtkazishini taʼminlashi aniqlangan. Bu eritrotsitlarga hujayralar-aro aloqani amalga oshirishga imkon yaratadi.
4. Eritrotsitlarni choʼkish xususiyati
Eritrotsitlarni solishtirma ogʼirligi (1,096) qon plazmasiga (1,027) nisbatan yuqori, shuning uchun ivish imkonidan maxrum boʼlgan, probirkadagi qonda sekin probirka tubiga choʼkish qobiliyatiga ega. Normal fiziologik sharoitda eritrotsitlarni choʼkish tezligi katta emas, chunki qon plazmasida oqsillarning alьbumin fraktsiyasi koʼproq. Аlьbuminlar liofil kolloidlar hisoblanib, eritrotsitlar atrofida gidrat qobiqni yaratadilar va ularni mualloq holatda saqlaydilar.
Globulinlar liofob kolloidlarni tashkil qilib, eritrotsitlar atrofidagi gidrat qobiqni va ularni membranasi yuzasidagi manfiy zaryadni kamayishiga olib keladi, bu esa eritrotsitlar agregatsiyasini kuchaytiradi.
Bunday agregatlarning ayrim eritrotsitlarga nisbatan ishqalanishiga qarshiligi kamroq, agregatlar tezroq choʼkadi.
Normal oqsil koeffitsientida EChT erkaklarda 1-10mm/s, ayollarda 2-15 mm/sga teng.
Baʼzi patologik jarayonlarda va kasalliklarda EChT oshadi, chunki aglomerinlar nomini olgan oqsillarning globulin fraktsiyalari (gaptoglobulin, seroplazmin, lipoproteidlar, paraproteinlar, fibrinogen) –miqdori oshadi.
5. Eritrotsitlar destruktsiyasi
Qon tomir oʼzanida eritrotsitlarni yashash muddati 120 kunni tashkil qiladi. bu davrda hujayralarning fiziologik qarishi rivojlanadi, bu metabolik oʼzgarishlar va funktsional buzilishlarni asta-sekin koʼpayishi bilan xarakterlanadi. Eritrotsitlarning 10% ga yaqini normada qon tomirlarida parchalanadi. Suyak koʼmigida eritropoez jarayonlari bilan birgalikda eritrotsitlarni va eritrokariotsitlarni parchalanishi mumkin. Bu jigar va taloqning patologik jarayonlarida kuchayishi mumkin. Eritrotsitlar miqdori erkaklarda 4,5-5,5x1012/l, ayollarda 3,7-4,7x1012/l atrofida boʼladi. Eritrotsitlarni miqdoriy oʼzgarishlari fiziologik, kompensator yoki patologik boʼlib, periferik qonda eritrotsitlar sonini oshishi yoki kamayishi bilan namoyon boʼlishi mumkin.
E r i t r o s i t o z – periferik qonda eritrotsitlar sonini oshishini xarakterlovchi holatdir. Bu holatning rivojlanishi mexanizmiga qarab nisbiy va absolyut eritrotsitoz farqlanadi. Nisbiy eritrotsitoz qonning quyilishi bilan bogʼliq holda qon xajm birligida eritrotsitlar miqdorining oshishida yuzaga chiqadi, lekin eritrotsitoz faollashmaydi. Nisbiy eritrotsitoz jismoniy yuklamalarda, kuyganda – jaroxatlangan yuzadan plazma yoʼqotish paydo boʼlganda, ichak oʼtkazuvchanligi buzilishi holatidagi, xomiladorlik toksikozidagi toʼxtovsiz qayt qilishda, vabo kasalligidagi diarreyada, dizenteriya va boshqa ichak infektsiyalarida kuzatiladi.
А b s o l yu t e r i t r o s i t o z – eritropoez kuchayish natijasida periferik qonda eritrotsitlar miqdorini oshishini xarakterlovchi holatdir.
E r i t r o p ye n i ya – qonda eritrotsitlar miqdori kamayishini xarakterlovchi holat. Rivojlanish mexanizmiga koʼra eritropeniya nisbiy va absolyut boʼlishi mumkin. Nisbiy eritropeniya – organizmga koʼp suyuqlik kirishi, qonning suyultirilishi natijasida eritropoez saqlangan holdagi qonning xajmi birligida eritrotsitlar miqdorining kamayishi bilan bogʼliq.
А b s o l yu t e r i t r o p ye n i ya xar xil patogenetik faktorlarga: eritropoezni pasayishiga, eritrotsitlar yemirilishini kuchayishiga yoki periferik qonda eritrotsitlar sonini kamayishiga olib keluvchi kuchli kon yoʼqotishga bogʼliq.
ERITROTsITLАRNI АSOSIY FUNKTsIYaLАRI
1. O2 va SO2, aminokislotalarni, lipidlarni, nukleotidlarni har xil organ va toʼqimalarga transporti, bu reparativ-regenerativ jarayonlarga imkon yaratadi.
2. Detoksikatsiyalovchi funktsiya – endogen, ekzogen, bakterial va nobakterial toksin mahsulotlarni adsorbtsiyalash va ularni inaktivatsiyalash xususiyatiga bogʼliq holda amalga oshadi.
3. Eritrotsitlarni muxim funktsiyasi gemoglobin hisobiga, qonning umumiy bufer sigʼimining 70% ni taʼminlovchi organizmni kislota-asos holatini boshqarishda ishtirok etishi xisoblanadi.
4. Eritrotsitlar qon ivish va fibrinoliz jarayonlarida, shu sistemalar xar xil fermentlarini ularning membranalarida adsorbtsiyalash xisobiga toʼgʼridan-toʼgʼri ishtirok etadilar.
5. Organizmning immunologik reaktsiyalarida
- agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, lizis, opsonizatsiya reaktsiyalarida, sitotoksin tipdagi reaktsiyalarda ishtirok etish. Bu eritrotsitlar membranasida antigen (agglyutinogenlar) xossasiga ega bqlgan spetsifik polisaxarid – aminokislotali birikmalarning borligi tufaylidir.
А. Gemoglobinning struktura xarakteristikasi.
G ye m o g l o b i n (grekchada hema –qon va lotinchadan globus – sharcha) O2 va SO2 ni transportini taʼminlovchi eng asosiy nafas oqsillariga kiradi. Gemoglobin – bu hamma umurtqali va umurtqasiz hayvonlar eritrotsitlarning asosiy komponeti
Har bir eritrotsitda 28 mlnga yaqin gemoglobin molekulasi saqlanadi. Gemoglobin – murakkab protein, xromoproteidlar (gemoproteidlar) sinfiga taʼluqli, temir saqlovchi gem guruxi va oqsil qoldigʼi globindan tuzilgan. Gem qismi 4% va oqsil qismi 96% tashkil qiladi. Gemoglobinning molekulyar massasi 64500 Dga teng.
Gemoglobin – bu IX protoporfirinni temir bilan kompleks birikmasi
– Katta odam qonida NbА (95 – 88%, uni NbА, deb belgilanadi), hamda NbА2 (2-2,5%), NbF (0,1-2%) saqlanadi.
– Erkaklarda oʼrtacha gemoglobin miqdori 130-160 g/l, ayollarda 120-140 g/l. Gemoglobin bilan normal toʼyingan eritrotsitlar – normoxrom, past miqdordagisi – gipoxrom, koʼp miqdor gemoglobinlisi – giperxrom deb nomlanadi.
B. Gemoglobin birikmalari.
Gemoglobinning asosiy birikmalari boʼlib oksigemoglobin va tiklangan (redutsirlangan) gemoglobin xisoblanadi.
- Gemoglobinga oksidlovchilarni (perekislarni, superoksid anion-radikalni, nitritlarni, nitrit hosil qiluvchi organik moddalarni – xininlarni) taʼsirida gemoglobindan elektronni ajralishi bilan gemoglobin temirini ikki valentlikdan uch valentlikga aylanishida haqiqiy oksidlanish sodir boʼladi. Buning natijasida metgemoglobin hosil boʼladi. Bu O2 bilan qaytar reaktsiyaga kirish qobiliyatiga ega emas. Venoz qonda gemoglobinni SO2 bilan birikmasi – karbogemoglobin saqlanadi.
K a r b o k s i g ye m o g l o b i n – gemoglobinni is gazi – uglerod oksidi (SO) bilan birikmasi gemoglobinni uglerod oksidi bilan toʼyinish qonuniyatlari gemoglobinni kislorod bilan toʼyinishiga oʼxshash.
M i o g l o b i n – gemoglobin strukturasiga oʼxshash modda, mushaklarda saqlanadi.
V. Gemoglobin funktsiyalari
Gemoglobinning asosiy funktsiyalari – nafas va bufer hisoblanadi.
Bir molь gemoglobin 4 molь kislorodni, 1 gr gemoglobin – 1,345 ml kislorodni biriktirishi mumkin.
Qonning kislorod sigʼimi – bu 1 ml qon bilan kislorodning maksimal birikish miqdori. Gemoglobinni kislorod bilan toʼyinishi 96-98% teng.
E r i t r o p o e z – bu organizmda qon bilan bogʼliq boʼlgan eritrotsitlarni hosil boʼlish jarayoni. Eritron – bu periferik qoni, eritropoez va eritrotsitlarni parchalanish organlarini oʼz ichga oladigan qizil qon sistemasi.
Eritropoezni eng asosiy boshqaruvchisi boʼlib eritrotsitlar xisoblanadi. Eritropoegen fizik-kimyoviy xossalariga koʼra nordon glikoproteinlar guruxiga taʼlluqli. Buyraklar eritropoetinlar sintezlanishining asosiy organi xisoblanadi. Buyrak eritropoetinini paydo boʼlishining asosiy organi buyraklarning nokstaglomerulyar apparati (YuGА) hisoblanadi.
Kelib chiqish har xil boʼlgan (yurak, oʼpka yetishmovchiligida, qon yoʼqotganda, eritrotsitlar gemolizida, barometrik bosim pasayishi natijasida) gipoksiya eritropoetin hosil boʼlishining asosiy stimulyatori hisoblanadi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin