O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


MАSHGʼULOT № 4. ORGANIZMNING BIOLOGIK SUYUQLIKLARI



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə176/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

MАSHGʼULOT № 4. ORGANIZMNING BIOLOGIK SUYUQLIKLARI.
QONNING FIZIKAVIY- KIMYOVIY XOSSALARI.


MАVZUNI OʼRGАNISH DАVOMIYLIGI
MАSHGʼULOT MАQSАDI
- Ichki muhitni oʼrganish.
- Qonning fizik va kimyoviy xossalari.
- Plazmaning ahamiyati
- Uning fiziologik va patologik birikmalari
- Qonning rang koʼrsatgichni, uni aniqlash.
PEDАGOGIK VАZIFАLАR
Talaba quyidagi savollarni bilishi kerak:
- Qon funktsiyalarini
- Gemoglobin, kimyoviy xossalari
- Gemoglobin birikmalarining turlari
- Qonda eritrotsitlarni xisoblash texnikasi
- Qonda gemoglobinni aniqlash usulining printsipi
OʼQUV FАOLIYATINING NАTIJАLАRI
Talaba bajara olishi kerak:
Аmaliy koʼnikmalarni bajarishi kerak:
1.Eritrotsitlarni sanash
2.Gemoglobin miqdorini aniqlash
3.Rang koʼrsatgichini hisoblash.
OʼQITISHNING USULI VА TEXNIKАSI
- situatsion (vaziyat) masalalar
- testlash
- amaliy qoʼnikmalari bajarish uchun oʼquv koʼllanma
- «Аmaliyot fiziologiya» MM dasturi
MАSHGʼULOT MАZMUNI
NАZАRIY QISM
Organizmning ichki muhiti Qon,limfa va to'qima suyuqligi tanani barcha hujayra va to'qimalarni yuvib turuvchi organizmning ichki muhitini tash-kil qiladi.Organizmning ichki rnuhitiga hujayra ichidagi va hu-jayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi.Hujayra tashqarisidagi su-yuqlik o'z navbatida hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklarga bo'linadi. Odam tanasi massasining o'rtacha 60% ni suv tashkil qila-di.Shundan 35% hujayra ichidagi va 25 % hujayra tashqarisi-dagi suyuqlikdir.Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tar-kibiy qismi bo'lib,uning miqdori tana massasining o'rtacha 6,5-7% ni tashkil qiladi. Shundan qon zardobi tana massasi-ning 4,5-5% ni tashkil etadi.Odam organizmi qancha yosh bo'lsa,tana massasining ko'proq qismini - 65-70 % ni suyuqlik tashkil qiladi.Bu yosh organizmda moddalar almashinuvi jara-yoni keksalardagiga nisbatan ancha faol o'tishini ta'minlaydi. Organizmning ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklar-ning miqdori, kimyoviy tarkibi,osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiydir.Bu nisbiy doimimylik xususiyati gomeostaz deyilib,u hujayralar va to'qimalarning mo'tadil ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmning ko'pchi-lik a'zolari tizimi (asab-endokrin,ovqat hazm qilish,qon ayla-nish, nafas olish, ayirish kabilar) ning birgalikdagi faoliyati orqa-li ta'minlanadi.Shuning uchun ham organizmning barcha hujay-ralari,to'qimalari,a'zolari va tizilmalari yaxlit bir butun bo'lib, ular ish faoliyatida bir-biri bilan mustahkam bog'langan. Organizm ichki muhitining fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiy bo'lsa ham,uning ayrim qismlarining kimyoviy tarkibida ba'zi farqlar mavjud.Masalan,hujayra suyuqligining tarkibida kaliy ionlarining miqdori ko'p -157- 160 mekv/litr (mikroekvivalent litr) bo'lib, natriy ionining miqdori kam -12 mekv/litr. Hujayralararo suyuqlik va qon zardobinmg tarkibida esa aksincha, natriy ionining miqdori ko'p-152 mekv/litr, kaliy ionining miqdori kam-5 mekv/litr.Hujayra ichidagi va tashqa-risidagi suyuqliklar tarkibida ionlar miqdorining turlicha bo'li-shi hujayralarning qo'zg'alishida va ularda biotoklar hosil bo'li-shida muhim rol o'ynaydi. Biror a'zoning ish faoliyati buzilsa (masalan,kasallik tufay-li),ichki muhitning nisbiy doimiyligi ham buziladi.Masalan,me'-da-ichaklar,jigar,huyrak kasalliklarida ichki muhitning doimiy-ligi buziladi.Natijada hujayra ichidagi,hujayralararo va qon suyuqligining miqdori hamda uning kimyoviy tarkibi ham o'zga-radi.Bu esa o'z navbatida organizm barcha a'zolarining ish fa-oliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib,kasallik belgilari yana ham ku-chayishiga sabab bo'ladi. Ichki muhitning o'zgarishiga tashqi muhit sharoiti ham ta'sir 9 ko'rsatadi.Ma'lumki,Markaziy Osiyoning issiq iqlim sharo-itida yozda ko'p terlash, nafas va yurak faoliyatining tezlashuvi natijasida odam organizmi ko'p suyuqlik yo'qotadi.Bu esa hujay-ra,hujayralararo va qon suyuqliklari miqdorinmg kamayishiga, u-larning kimyoviy tarkibi o'zgarishiga sabab bo'ladi. Issiq vaqtda odam jismoniy mashqlar bajarganda yoki sport bilan shug'ullan-ganda terlash orqali ko'p suyuqlik yo'qotadi.Shuning uchun bunday sharoitda organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini saqlash maqsadida terlash orqali yo'qolgan suyuqlik o'rni yetar-li miqdorda suv (suyuqlik) iste'mol qilish bilan to'ldiriladi.Ich ke-tish,qusish va ko'p terlash natijasida organismdan suv bilan bir-ga tuzlar ham yo'qotiladi.Shuning uchun iste'mol qilirtadigari suvga bir oz tuz qo'shilsa yoki mineral suv iste'mol qilinsa, ich-ki muhit suyuqliklarming faqat miqdori emas, balki kimyoviy tarkibining doimiyligi ham saqlanadi. Qonning vazifalari Qonning qon tomirlaridagi uzluksiz harakati yurakning muntazam ish faoliyati tufayli ta'minlanadi. Qon quyidagi muhim funksiyalarni bajaradi: 1.Qonning tasbuvchilik ftinksiyasi.Me'da-ichaklarda hazm bo'lgan oziq moddalar (oqsillar, yog'lar, karbonsuvlar, mineral tuzlar, vitaminlar, suv) qon va limfa tomirlariga so'rilib,qon orqali hujayralarga yetkaziladi.Shuningdek,qon o'pkadan kis-lorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi.U yerda modda-lar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat kislota qonga o'tadi.Ular qon orqali ayiruv va nafas olish a'zolariga yetkazilib tashqariga chiqarib yuboriladi. 2.Qon to'qimalar va a'zolar ftmksiyasini gumorai yo'l-bilan boshqarilishida ishtirok etadi.Ichki sekretsiya (endokrin) bezlarida sintez qilingan gormonlar-biologik faol moddalar qon-ga o'tib, u orqali to'qima va a'zolarga yetkaziladi va ular asab tizimi bilan birga asab-gumorai boshqarilishni ta'minlaydi. 3.Qon organizmni himoya qitish immunitet funkslyasini bajaradi.Qon tarkibidagi leykotsitlafi (oq qon tanachalari) orga-nizmga kirgan mikroblarni yutish, parchalash va eritib yubo-rish xususiyatiga ega.Bundan tashqari, qon zardobida maxsus oqsil zarrachalari (antitelalar) bo'lib,ular mikroblarni bir-biriga yopishtiradi va eritib yuboradi.Shunday qilib,qonning immuni-tetik funksiyasi organizmning har xil yuqumli kasalliklardan aq-lanishiga yordam beradi. 4.Qon tana haroratining nisbiy doimimyligini saqlashda ishtirok etadi.Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar al-mashinuvi natijasida,hosil bo'lgan issiqlik energiyasi tana-ning barcha qismlariga tarqalib,ulardagi harorat doimiyligini ta'minlaydi. , Qonning miqdori va tarkibi Qon - qizil rangli yopishqoq, ta'mi turshtabiat bo'lib,ikki qismdan tashkil topgan: qon zardobi (plazmasi) va shaklli ele-mentlar: eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar. Odamda qonning miqdori tana og’irligining o’rtacha 7 % ni (5-9% gacha o'zgarib turadi) tashkil qiladi.Qonning miqdori va uning tarkibi to'xtovsiz doimiy 10 o'zgaradi,lekin nisbiy doi-miyligi bilan ajralib turadi. Mo'tadil sharoitda,odam tinch tiirganda hamma qon ikki qismga ajraladi.Bir qismi tana bo'ylab aylanib turadigan qon bo'lib,umumiy hajrnining 40-45% ni tashkil etadi. Uni aylanib turuvchi qon deb ataladi.Qolgan qismi a'zolarda (depoda) saq-lanadi, uni zaxiraviy qon deb ataladi. Zaxiraviy qon taloq kapilyarlarida,jigarda va teri osti kle-tchatkalarida zaxira bo'lib, deyarli aylanishdagi qonga qo'shil-maydi. Tana haroratining ko'tarilishi,mushak ishi,bug'ilish, zaharli gaz bilan nafas olganda, kuchli hayajonlanganda (emotsiyada), buyrak usti bezining po'stloq qavati gormoni -adrenalin yuboril-ganda, zaxiraviy qon hisobidan aylanishdagi qon miqdori oshadi. Hisoblarga qaraganda taloqda 16%, jigarda 26 % va teri-da 10% umumiy qonning miqdori zaxira holda saqlanadi. Zaxira-viy qonda,mexanik sabablarga ko'ra va suvning shirnilishi natija-sida aylanishdagi nisbatan ko'p miqdor shaklli elementlar saq-lanadi.Eritrotsitlarning miqdori taloqdagi qonda aylanishdagi qondagiga nisbatan 3:2 miqdor nisbatida bo'ladi. Shu tufayli za-xiraviy qon,umumiy qon ayianish oqimiga o'tganda eritrotsit va gemoglobin miqdori (absolut) oshadi. Organizmga suyuqlikning kirishi bilan qisqa muddat ichi-da umumiy qon miqdori oshadi,chunki ichak yo'llaridan so'ril-gan suv qonga o'tadi.Organizmda suv yo'qotilishi yoki qon yo'-qotish natijasida qonning miqdori vaqtincha kamayadi. Aylanish-dagi qonning tez suratda yuqotilishi shaklli ele-mentlarning yo'- qotilishiga nisbatan xavfli hisoblanadi,chunki bunday tezlik bi-lan yo'qotilgan qon umumiy qon bosimiga ham ta'sir etadi. Sekin hatto ko'p yo'qotilgan qon tez va kam yuqotilgan qon-ga nisbatan unchalik xavfli emas.Sekin yo'qotilgan hamma eri-trotsitlar 3/4 nisbati yo'qotilganda ham o'lim xavfi tug'ilmaydi. Arteriya qon tomirlaridan tez yo'qotilgan umumiy qonning 1/3 - 1/2 nisbati o'limga olib keladi.Qonning solishtirma og'ir-ligi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq -1,050-1,060 ga teng. Qon zardobining solishtirma og'irligi 1,025- 1,034, shaklli element-larining solishtirma og'irligi 1,090 ga teng. Qonning solishtirma og'irligi asosan eritrotsitlarga yoki ge-moglobinga va qisman qon tarkibidagi suyuqlikka bog'liq. Masalan, organizm suv yo'qotganda, ter ajralganda qonning solishtirma og'irligi oshadi, qon yo'qotganda esa solishtirma og'irligi tushadi. Qonning yopishqoqligi Suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan,qonning yopishqoqligi esa 5,0 ga teng.Qonning yopishqoqligi suvnikiga nisbatan yuqori bo'lishi tarkibidagi oqsil moddalar va shaklli elementlar,ayniqsa,eritrotsitlar miqdoriga bog'liq.Terlash, qusish va ich ketish natijasida odam organizmi ko'p suv yo'qotsa, qon quyuqlashadi,ya'ni qon zardobining miqdori kamayib, shaklli elementlarining miqdori ko'payadi.Bu esa qonning yopishqoqligi ortishiga sabab bo'ladi. Venoz qonda eritrotsitlarning shishishi kuzatilganda yopishqoqlik arterial qondagiga nisbatan yuqori bo'ladi.Davom-li o'rtacha og'ir ishda yopishqoqlik pasayadi, o'ta og'ir jismoniy mashqlar vaqtida esa ko'tariladi. Qonning osmotik bosimi 11 Qonning nisbiy osmotik bosimining doimiy bo'lishi katta biologik ahamiyatga ega,chunki to'qimalarda doimimy osmotik bosim saqlanishi uning hayotiy faoliyati uchun zarurdir. Os-motik bosimninng to'qimada favqulodda tez o'zgarishi uning faoliyati keskin buzilishiga,hatto o'limga sabab bo'ladi.Bundan tashqari,osmotik bosimning nisbiy doimiyligi qonda eritrotsit-larning butunligini saqlaydi. Mo'tadil sharoitda odam va sut emizuvchi hayvonlar eri-trotsitlarida,qon plazmasida,hujayra,to'qimalarida va a'zolarida osmotik bosim 7,6 atmosferaga teng.Uning doimiyligini saq-lashda osh tuzi - xlorid natriy (NaCL) bosh o'rinni egallaydi. Osmotik bosimning o'lchami uning turg'unligiga asoslangan usul bilan yoki qonning muzlash nuqtasi ,-0° dan pasayishi bilan aniqlanadi. Turg'unlik ko'rsatkichi grek alifbosidagi Д (delta) bilan if-odalanadi.Odam qonida Д 0,56° (0,56-0,58),shunday qilib,qon-ning plazmasida molekular konsentratsiya 0,3 gr.mol/ litrga teng Gemoliz hodisasi Gemoliz eritrotsitlaraing yorilishi.Ulaming gemoliz sodir bo'lishiga qarshi ta'sir ko'rsatish qobiliyati uning barqarorligi-rezistentligi bilan belgilanadi. Eritrotsitlar qobig'i ko'pgina neytral tuzlar eritmalarini o'zidan o'tkazmaydi.Shu tufayli izotonik eritmalarni osh tuzi va eriydigan boshqa tuzlardan,glukozadan va qamish shakaridan ham tayyorlansa bo'ladi.Ushbu eritmalarda eritrotsitlar buzil-maydi. Gipotonik eritmalarda plazmaga nisbatan bosim past bo'lganligi tufayli, suv entrotsitlarning ichiga kiradi, natijada ular shishadi.Eritma past konsentratsiyada (NaCI eritmasi 0,44 % dan past) bo'lganida, shishgan eritrotsitlar yoriladi.To'liq gemoliz sodir bo'lganda gemoglobin eritmasi qizil lak rangini hosil qiladi. Gipertonik eritmalarda osmotik bosim plazmaga nisbatan biroz baland bo'lganligi uchun suv eritrotsit ichidan chiqadi, natijada eritrotsitlar burishib, tarkibiy qismi eritmaga chiqadi. Shunday qilib, gipotontk va gipertonik eritmalarda eritro-tsitlar yoriladi,natijada,gemoglobin eritmaga chiqadi,ya'ni osmo-tik gemoliz hodisasi sodir bo'ladi. Turli hayvonlarda entrotsitlarning osmotik rezistentligi turlicha.Eritrotsitning yog'simon qobig'ini erituvchi har qanday modda-xloroform, efir, spirt, sut kislota va boshqalar gemolizni keltirib chiqarishi mumkin.Gemolizni keltirib chiqaradigan o'- simlik va hayvon mahsulotlaridan olingan moddalar - gemolizin deb aytiladi. O'simlik gemoliziniga juda past konsentratsiyasi ham ta'sir qiladigan sanonin kiradi. Gemoliz qonda zaharlar ta'sir etganda ham sodir bo'ladi. Fiziologik sharoitda ham eritrotsitlar doimo buzilib tura-di.Odam eritrotsiti umri 100-150 kundan oshmaydi va o'rtacha 30-40 kun yashaydi.Radiaktiv nur, ya'ni «nishonlangan» a-tom ta'sirida odam qonida eritrotsitlar 3-4 oy yashashi isbotlangan.Odam va yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda eritrotsit-larning buzilishi taloq va jigarda sodir bo'ladi. Текшириш керак, 15.07.2010 - йил 12 Qonning faol reaksiyasi Qonning faol reaksiyasini vodorod (H) va gidrooqsil (OH) ionlarning miqdori belgilaydi. Bu reaksiyani vodorod ko'rsatkichi -pH ifodalaydi. Osmotik bosim va tuz ionlari konsentratsiya-sining nisbati doimo bir xilda turishi bilan birga qon reaksiyasi ham doimo bir xilda turadi. Odam arterial qonining pH 7,4, venoz qonining pH esa karbonat kislotasi ko'proq bo'lga-nidan 7,35-ph ning salgina o'zgarishlari (0,1-0,2 ga) ham uzoq davom etishi mumkin emas. Qonning o'zgargan faol reaksiyasi tezda tiklanmasa, organizm halok bo'ladi. Qon reaksiyasini saqlab turadigan eng asosiy omil - bu kislota-ishqor doimiyligidir. Qon reaksiyasining kislotali yoki ishqoriy bo'lib qolishi organizm faoliyatini buzib, uning normal sur'atda ishlashini izdan chiqaradi. Ammo, sog'lom organizmning hayot faoliyati mo'tadil holda bo'lsa, ba'zan ishqor va kislotalar birmuncha ko'p miqdorda kirganda ham, qon reaksiyasi deyar-li o'zgarmaydi. Qonda bo'Iadigan та qonning bufer moddalari deb ataladigan maxsus moddalar qon reaksiyasini doimo bir xilda saqlashga yordam beradi. Ana shu moddalar qonga kirgan kis-lota va ishqorlarning talaygina qismini neytrallaydi va shu bilan qon reaksiyasining o'zgarishiga to'sqinlik qiladi. Qonning bufer moddalariga gemoglobin, bikarbonatlar, fosfatlar va qon oqsillari kiradi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanganda, chuqur va ortiqcha nafas olganda, ba'zi bir kasalliklarda va shunga o'xshash hollarda qon reaksiyasi bir oz o'zgaradi. Jismoniy ish vaqtida sut kislotasi hosil bo'ladi, bu kislota qonga muntazam qo'shilib turadi. Ko'p Jismoniy ish bajarganda qonga talaygina sut kislotasi o'tadi, bu esa pirovard natijasida qon reaksiyasini bir muncha o'zgartirishi mumkin. Jismoniy ish vaqtida pH odatda 0,1-0,2 dan ortiq kamaymaydi. Jismoniy ish to'xtatilgandan keyin qon reaksiyasi yana me'у or holga qaytadi. Qon reaksiyasining kislotali bo'lib qolishi atsidoz deb ataladi, qon reaksiyasining ishqoriy bo'lib qolishi alkaioz deb ataladi. Shunday qilib, muhitning (pH) doimiyligi ayiruv a'zolarining ishi, eritrotsitlar va qon plazmasining tarkibi bilan ta'minlanadi. Qon plazmasining tarkibi pH reaksiyasining doimiyligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi va bufer tizimiga bog'liq. Mushak faoliyatining qon tarkibiga ta'siri Qon tarkibi, uning fizik-kimyoviy o'zgarishlari mushaklarning faoliyatiga bog'liq. Jis-moniy mashqlar natijasida qon reaksiyasini muvozanatlantiruvchi barcha fiziologik mexa-nizmlar ishga solinadi. Mushaklar shiddat bilan ishlayotganda qon reaksiyasi kislotali (at-sidoz) tomonga siljiydi. Masalan, biron masofaga yugurganda qonning faol pH reaksiyasi 6,95-ni tashkil etadi. Asta-sekin yugurganda pH kamroq o'zgaradi va tez vaqt o'tmasdan bu o'zgargan reaksiya tiklanib, darrov o'z me'yoriga qaytadi. Qon reaksiyasining bir darajada saqlaydigan qobiliyati zaxiraviy ishqor ko'rsatgichi hiso-bidan amalga oshiriladi, jismoniy mashq bilan shug'ullanadigan kishilarda shug'ullan-maydiganlarga nisbatan 10-15% yuqori turadi, Jismoniy mashqlar vaqtida qondagi sut kislota konsentratsiyasi 75-86 13 ml% (me'yorda 10-20 ml%) ga teng bo'ladi. Qonning yo-pishqoqligi ham jismoniy mashqlar davomligiga qarab o'zgaradi, uzoq muddatli mashg'ulot-lardan keyin 10% ga oshadi. Bu o'zgarishlar asosan qonning shaklli elementlari miqdori (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) o'zgarganligi bilan ifodalanadi, shu sababli qon reaksiyasi kislotali tomonga siljiydi. Jismoniy mashqlar natijasida organizmda ter ishlab chiqaruvchi bezlar va buyraklar orqali ko'p miqdorda suv yo'qotiladi. Shuning uchun qonning yopishqoqlik xususiyati oshadi va shu sababli yurak-qon tomirlar tizimining faoliyati qiyinlashadi. Mushak ishlayotgan vaqtda qonda leykotsitlar miqdori oshib, miogen leykotsitoz ko'zatiladi. Uning darajasi jismoniy tarbiyaning turiga bog'liq ekanligini, ilk bor A.Yegorov tomonidan o'rganilgan. Miogen leykotsitozning uch fazasi mavjud: 1-chi faza - limfotsitar leykotsitoz deb aataladi. Qonda leykotsitlar miqdorining oshib ketishi (10 ming bir mm3 qonda) va limfositlaming 40-50 % gacha oshganligi bilan xarakterlanadi. 2-chi faza (1-chi neytrofll faza) leykotsitlarning umumiy miqdori 12-18 minggacha yetadi, neytrofillarning miqdori esa-70-80-ga oshadi; shulardan yosh neytrofillar 2 % -ni, tayoqchasimon neytrofillar esa 10-15% ni tashkil qiladi, ammo limfotsirlarning umumiy miqdori 15-20% gacha va eozinofillar miqdori l-2%gacha kamayadi. Bu faza davomida ilikda qon ishlab chiqaruvchi a'zolarming faoliyati kuchayadi, ulardan leykotsitlar ko'p miqdorda hosil bo'laveradi. 3-chi fazada (II chi neytrofll faza) qonda leykotsitlarning miqdori yanada oshib, 1mm3 qonda 20-50 minggacha yetadi; yosh neytrofillar 3-4% gacha, tayoqchasimon neytrofillar 20-30% gacha oshadi, ammo limfotsitlarnning miqdori 3-10% gacha kamayadi, eozinofillar esa vaqtincha qonda yo'q bo'ladi. Shunday qilib, shiddatli jismoniy mashqlar natijasida mushaklarning funksional faoliyati o'zgaradi. Shu bilan birga qon tarkibida ham morfologik o'zgarishlar kuzatiladi. Birinchi navbatda miogen leykotsitozning limfotsitar fazasi kuzatilib, undan keyin I va II chi neytrofll fazalari amalga osha boshlaydi. Miogen leykotsitoz murakkab ko'pbosqichli jarayon hisoblanib, uzoq muddatli va tiklanuvchi davrlardan iborat. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, uzoq muddatli va shiddatli jismoniy mashqlardan keyin (masalan, marafon yugurishda) leykotsitlarning umumiy miqdori 2-3 kechayu kunduz davomida o'z me'yoriga qaytmaydi. Mushak faoliyati natijasida qon plastinkalari (trombotsitlar) miqdori ham oshadi. Bu miogen trombositoz deyiladi. Trombotsitlarning miqdori ikki va hatto undan ham ko'proq oshganligi og'ir va shiddatli mushak faoliyatidan dalolat beradi. Trombotsitlarning umumiy miqdori nafaqat jismoniy faoliyat jaraypnida, balki jismoniy mashqlardan bir necha kun o'tgandan keyin ham o'z me'yoriga qaytmaydi. Jismoniy mashqlar davomida trombotsitlar miqdorining oshmasligi qonning ivish jarayoniga ta'sir yetkazib, uni tezlashtiradi. Buni sportchilarda marafon yugurish va boshqa sport turlari bilan shug'ullanganda kuzatish mumkin. Miogen leykotsitoz, miogen trombositoz hamda qon ivish vaqtining kamayishi himoyalanuvchi ahamiyatga ega. Bu biologik mantiqiy jarayonlar hisoblanadi, chunki mushak faoliyati natijasida paydo bo'lgan funksional p'zgarishlar organizmning himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir. 14 Qonning bufer tizimi Qon faol reaksiyasining doimiyligi muhim biologik ahamiyatga ega, chunki hujayra ichida o'tadigan jarayonlar doimiy muhit sharoitida me'yorida o'tadi, Reaksiya doimiyligini ushlab turish qobiliyati buferlik bilan belgilanadi. Tarkibida kuchsiz yoki kam dissotsiyalangan kisiota va shu kislotaning ishqorli tuzi eritmasi, ishqoriylik namoyon qiladi. ., Birinchi qonning bufer tizimi bikarbonat tizimi hisoblanadi, chunki u ko'mir kisiota va natriy yoki kaliyning bikarbonatlaridan tarkib topgan. fir ПГу 1 \H*\="K^-^-—— Bu yerda K-konstantaning doimiy o'lchami, B-kaliy yoki [BHCOj] natriy ionlarini bildiradi. Bu tizim qonning 7-9% lik buferlik qobiliyatini tashkil etadi. Modda almashinuvi jarayonida qonga kisiota quyilganda, u bikarbonat bilan neytrallanadi, natijada ajralgan ko'mir kisiota o'pkaning kuchli ventilatsiyasi natijasida chiqariladi, qaysiki u vodorod ionlari konsentratsiyasini oshirib, nafas markazini qitiqlaydi. Natijada, ko'mir kislotaning bikarbonatga munosabati avyalgi holatiga qaytadi. Qonga ishqor kirishi natijasida kumir kisiota neytrallanadi. Shu tufayli nafas markazi faoliyati zaiflashadi, o'pkada kumir kislotasining ajralishi pasayadi, ortiqcha bikarbonat buyrak orqali chiqariladi. Odatdagidek у ana ko'mir kisiota bikarbonatga nisbati tiklanadi. Bikarbonat miqdori qonda ko'mir kislotaga nisbatan 18 marta ko'p. Qonning buferlik hajmi ishqorga nisbatan kisiota uchun yuqori. Buning biologik ahamiyati shuki, moddalar almashinuvi jarayonida ishqor kislotaga nisbatan kam hosil bo'ladi. Qonning ishqoriy tuzlari ishqor zaxiralarini hosil qiladi yoki zahiraviy ishqoriylik hosil qiladi. Qonning ishqoriy zahirasi tarkibida 5,5% CO2 gaz aralashini 100 ml qonga kirtish natijasida yutilgan hajmdagi ko'mir kisiota bilan aniqlanadi. Me'yorda odam qonida ishqor zaxirasi 100 ml qonda CO2 ning miqdori 55 dan 70 ml darajasida bo'ladi. Ishqoriy zahira ovqatlanishga ham bog'liq, o'simliklar mahsulotlari iste'mol qilinganda mushak faoliyati (mashq qilgan sportchilarda boshqa omillarga nisbatan 10% ga oshadi) oshadi. Qonning ikkinchi bufer tizimi fosfet tizimi hisoblanadi. Bunda fosfor kislotasining kaliyli yoki natriyli bir asosli tuzining ikki asosli tuziga nisbati BLJ p/j olinadi: l 4 B-kaliy yoki natriy ionini bildiradi. Shuning uchun B2HPO4 bikarbonat miqdori, erkin karbon kislota miqdoriga bog'liq. H2C03 +B2 PO4 = BhaPO4 +BHC03 Uchinchi bufer tizimi eng asosiysi - bu oqsil bufer tizimi hisoblanadi. Oqsil deyarli 3M qism karbon kislotani biriktiradi. Qon plazmasida anion va kationlar taxminan teng miqdorda va ortiqcha kationlar oqsil bilan ushlab turiladi. Plazma oqsili karbon kislotaga nisbatan juda past kislotali, shu tufayli erkin karbon kislota bilan reaksiya quyidagicha boradi: Bu yerda, B-natriy yoki kaliy ionini bildiradi, p-protein, oqsil. Gemoglobinning buferlik roll katta bo'lib, alohida ahamiyatga ega. Gemoglobin plazma oqimiga nisbatan 3 marta ko'p kationlarni biriktiradi. 15 Qonga karbon kislotasi to'planganda u eritrotsitga o'tadi va gemoglobindan ishqoriy kationlarni oladi. Shuning uchun bikarbonatlar hosil bo'ladi. Ushbu jarayon ayniqsa, oksigemoglobin tomonidan kislorodni yo'qotish paytida kuchayadi, qaysiki, gemoglobinga nisbatan 70 marta kuchli kislotali xususiyatga ega. Oqsil gemoglobin kuchsizroq kislotali gemoglobinga aylanadi. Gemoglobinga nisbatan kuchliroq, karbon kislotasi gemoglobindan ishqoriy kationlarni ajratib oladi: BHb+H2CO3^» H.Hb+BCO3, B-kaliy yoki natriy ionini bildiradi.; Hb-gemoglobin. Plazma tarkibidagi oqsil gemoglobin miqdorini 3 marta oshiradi. Gemoglobinning bufer hajmi plazma oqsili bufer hajmidan 10 marta ortiq. Qonda ishqor-kislotali muvozanat mavjud. Ba'zi sharoitda faol reaksiyaning kislotali tomonga siljishi-atsidoz, masalan: mushakning shiddat bilan ishlashi yoki uning ishqor tomonga siljishi-alkaloz, masalan: o'pkaning kuchaygan ventilatsiyasi. Mushakning shiddat bilan ishlash imkoniyati ishqoriy zaxiraga bog'liq. Masalan, sportchilarda qancha ishqoriy zaxira ko'p bo'lsa, shuncha shiddat bilan ishlash imkoniyati paydo bo'ladi. Qushlar qonida buferlik darajasi katta bo'lsa, ular uzoq muddat suv tagida tura oladi. Masalan, o'rdak nafas yo'lini 8 daqiqa qisib suv tagida turganida ham qonning buferlik darajasi siljimaydi. Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari Odam qon plazmasining hajmi 55-60% ni tashkil etadi. Qon plazmasini shaklli elementlaridan ajratish uchun maxsus qonni ivishdan saqlovchi moddalar qo'shish yo'li bilan olingan qonni sentrifugalanadi. Avvalo, og'ir bo'lgani uchun probirka tubiga eritrotsitlar cho'kadi, uning ustiga oq tusli leykotsidar («leykon»- rangsiz), so'ngra yaltiroq ko'rinishli qon plastinkasidan trombotsitlar cho'kadi. Shaklli elementlar ustida suyuq rangsiz yoki sarg'ich tusli qavat plazma ajraladi. Qon plazmasi (qon zardobi) qonning suyuq qismi bo'lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog'lar, karbonsuvlar, mineral tuzlar, fermentlar, antetelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo'ladi. Plazma tarkibida o'rtacha 90% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1% glyukoza, 0.8% yog'lar bo'ladi. Plazmadagi oqsillardan-albumm-4%, globulin 2,8% va fibrinogen-0,4%ni tashkil qiladi. Fibrinogen va albumin muhim biologik ahamiyatga ega bo'lib, jigarda hosil bo'ladi va qonning ivishini amalga oshiradi. Globulin esa jigar, taloq, ilik va limfa tugunlarida hosil bo'ladi. Limfa oqsillarining miqdori 0,3-0,4% ga teng. Qon plazmasidan hamma oqsillar chuktirilgandan so'ng filtratda modda almashinuvining oraliq mahsulotlari-siydik kislotasi, kreatin, amiak va boshqa moddalarni ajratish mumkin. Bu moddalar tarkibidagi azot, qoldiq yoki oqsilsiz azot deb ataladi, uning miqdori katta odamlarda 20-40 mg% ni yoki 20-40 mg 100 ml qon hajmiga to'g'ri keladi. Qon plazmasi tarkibida yog' kisiotasi va yog'simon moddalar uchraydi. Nahorda, och holda odam qon plazmasida 0,5-1,0% chamasi yog' va yog'simon moddalar topilgan. Glukozaning qon plazmasidagi umumiy miqdori 80-120 mg% ga teng. Ovqatlanganda uning miqdori 0,2 % ga ko'tariladi. Buni ovqatlanish gipergiikemiyasi deb ataladi. Glukozaning plazmada 0,05 % gacha pasayishi 16 gipogiikemiya deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% ga oshib ketishi yoki 0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchli buzilishiga olib keladi va o'lim sodir bo'lishi mumkin. Tinch holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng. Plazma mineral tuzlari tarkibiga asosan natriy, kaliy, kalsiy magniy, xlor va fosfatlar kiradi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni PH=7.4 Qon plazmasi oqsillari va peptidlar quyidagi funksiyalami bajaradi (7, 8-rasmlar): 1. oqsillar kolloid-osmotik bosimining paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi. Onkotik bosim to'qimalar bilan qon o'rtasidagi almashinuvini tartibga solish uchun zarur; 2, oqsillar qonning bufer tizimi uchun eng kerakli moddalar hisoblanadi va kislotaH-ishqoriy muvozanatni saqlashda ishtirok etadi; 3.oqsillar qon plazmasining yopishqoqligini ta'minlaydi; 4. plazma oqsillari eritrotsitlarni tez cho'kishiga yo'l qo'ymaydi; 5. plazma oqsillari qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi; 6. qon plazmasi immunitetning muhim omili hisoblanadi; 7. qon plazma oqsillarni tashuvchi vazifasini bajaradi; 8. oqsillar-oziq modda. Plazmadagi umumiy miqdori-200-300 g. Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17 g albumin va 5g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil bo'ladi. Albuminlarning yarim parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki esa-5 kun. Albuminlar plazma oqsillarining 60% tashkil etadi. Ularning molekulalari unchalik katta bo'lmasa ham, harakatchanligi tufayli onkotik bosimning hosil bo'lishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, albumin qonning tashilish funksiyasiga faol ishtirok qilib, bilirubin, yog* kislotasi, ba'zi bir farmakologik moddalar va boshqa antibiotiklarni qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma hisoblanadi. Albuminning bitta molekulasi 25-50 ta bilirubin molekulasi bilan birikish qobiliyatiga ega. Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga bo'linadi: alfa-1, alfa-2, beta-2 va gammaglobulinlar. Alfa-1-globulinning oqsillari glikoproteinlar va mukoproteiniar deb ataladi. Ulaming tarkibidagi plazmaning 60% glukozasi organizmda aylanib yuradi. Alfa-2-globulinlar oqsillarining tarkibida mis elementi borligi uchun ularni seruloplazmin deyishadi. Bu oqsilning bir molekulasi 8 mis atomi bilan birikishi mumkin, ya'ni plazmadagi 90% mis oqsil bilan birikkan. Beta-globulinlar fosfolipid, xolesterin, sterepid gormon va metall kationlarini tashilishi uchun xizmat qiladi. Metall bor oqsil transferin deb ataladi, masalan, temirning qon orqali tashilishi uchun katta rol o'ynaydi. Transferinning bar bitta molekulasi temirning ikki atomini tashishi uchun moslashgan. Gamma-globulinlarning elektrik harakatchanligi juda past darajada, bu oqsillarga organizmga kiradigan virus va bakteriyalarga qarshilik ko'rsatadigan turli antitelalar kiradi. Bu oqsillarning miqdori odamni emlash vaqtida oshadi. Qonning agglutininlari ham gamma-globulinlarga kiradi. Fibrinogen («tola hosil qiluvchi») eruvchi oqsil bo'lib, qon plazmasida mavjud Fibrinogen kimyoviy jihatdan o'zgarib, erimaydigan tolali oqsilga, ya'ni fibringa aylanadi va uning miqdori 0,3 % ni tashkil etadi (9-rasm). Fibrin tolalari quyuqlashib shikastlangan qon tomirlar teshigini yopib qo'yadi. Qon zardobi tarkibida fibrinogen yo'q, shu bilan u qon plazmasidan farq qiladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin