Arteriyalarda qon oqish tezligi. Yuqorida ko’rsatilganidek, qon oqishining hajm tezligi bilan chiziqli tezligini ajratishadi. Hajm tezligi, boshqacha aytganda qon oqishining miqdori gavdaning turli organlarida turlicha bo’lib, shu organda tomirlar to’ri qanchalik rivojlanganligiga va organizmning ishiga bog’liq.
Organlar ishlayotganda tomirlari kengayadi va, binobarin, ulardagi qarshilik kamayadi. Tomirlarning bunday mahalliy kengayishi qonning umumiy bosimini kam o’zgartirgani uchun, ishlayotgan organ tomirlaridagi qoniing hajm tezligi ortadi
Tomirlarda qon oqishining hajm tezligini va chiziqli tezligini o’lchash uchun bir necha usul taklif qilingan. Ularning barchasi ancha murakkab bo’lib, odamda gemodinamikaning bu muhym ko’rsatkichini tekshirishga yaramaydi. Qon oqish tezligini tekshirishning barcha usullarida arteriyani ochib, unga turli qurilmalarni o’rnatishga to’g’ri keladi. Masalan, eng aniq zamonaviy usullardan biri — ultratovush usulida arteriyaga bir-biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada ikkita kichik pezoelektr plastinkasi o’rnatiladi, bular esa mexanik tebranishlarni elektr tsbranishlarga va, aksincha, elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga aylantirib beradi. Nlastinkalarning biriga yuqori chastotali elektr kuchlanish bsriladi. Bu kuchlanish ulьtratovush tebranishlariga aylanib, ikkinchi plastinkagacha qon bilan tarqaladi. Ikkinchi plastinka ana shu tebranishlarpi qabul qilib, ularpi yuqori chastotali elektr tebranishlariga aylantiradi. Ultratovush tebranishlari qon oqimi orqali birinchi plastinkadap ikkipchisiga qancha tez tarqalishini va teskari — qon oqimiga qarshi, ya’ni ikkinchi plastinkadan birinchi plastinkaga qancha tez tarqalishini aniqlab, qon oqish tezligini hisoblab chiqarish mumkin. Qon oqish tezligi qancha yuqori bo’lsa ultratovush tebranishlari bir yo’nalishda o’shancha tez va teskari yo’nalishda o’shancha sekin tarqaladi.
It va maymunlarda aortada qon oqishining o’rtacha chiziqli tezligi qariyb 30—40 sm/sek. Yurakdan qon tez haydalgan vaqtda bu tezlik 1 m/sek ga yetadi, diastola oxirida esa deyarlik 0 sm/sek ga tushadi. Odam yuragidan haydalayotgan qonning minutlik hajmi va aorta diametri ma’lum bo’lsa, aortada qon oqishining chiziqli tezligini hisoblab chiqarish mumkin.