Ichki sekretsiya bezlarining umumiy fiziologiyasi
Gormonlarning umumiy xossalari va ularning klassifikatsiyasi.
Ichki sekretsiya bezlarini tekshirish usullari.
Gipotalamo-gipofizar sistema.
Bolalar endokrin tizimi fiziologiyasining oʼziga xosligi.
Аsosiy tushunchalar. Organlar, toʼqimalar va hujayralarning oʼzaro gumoral bogʼlanishida ularning baʼzilari alohida muhim rol’ uynaydi, chunki ular modda almashinuviga, organ va toʼqimalarning funktsiyasiga spetsifik taʼsir etuvchi moddalarni ishlab chiqaradi. Bu moddalar gormonlar deb (grekcha «horman» - koʼzgʼatish soʼzidan), ularni ishlab chiqaruvchi organlar esa e n d o k r i n b ye z l a r, yoki i ch k i s ye k r ye s i ya b ye z l a r i deb ataladi. Ularning shunday atalganiga sabab shuki, tashqi sekretsiya bezlariga qarama-qarshi ularda chiqarish yoʼllari boʼlmaydi va oʼzi hosil qiladigan moddalarni toʼgʼridan-toʼgʼri qonga qoʼyadi.
Endokrin sistemaga kiradi: 1.Faqat endokrin vazifasini bajaradigan bezlar.(qalqonsimon, qalqon simon oldi, v.x.k), 2.Endokrindan tashqari endokrin emas vazifani bajaruvchi bezlar- aralash bezlar.(meʼda osti bezi), 3.Аsosiy vazifasidan boshqa endokrin vazifasini bajaruvchi bezlar.(boʼlmacha hujayralari)
Ichki sekretsiya bezlariga xos xususiyatlar
• Chiqaruv yoʼli yoʼq
• Kichkina oʼlchamga ega
• Epitelial, nerv toʼqimalaridan va neyrogliyadan taraqqiy etadi
• Yuqori differentsirovkalangan xujayralari bor
• Bezlarda boʼshliqlar bor
• Qon bilan yaxshi taʼminlangan
• Vegetativ innervatsiyasi ifodalangan
• Biologik aktiv moddalarni ishlab chiqaradi
• Interoretseptorlarning soni koʼp
• Bezlarning tomirlari juda yuqori oʼtkazuvchanlik xossasiga ega, shuning tufayli gormonlar qonga oson oʼtadilar.
• Oʼz funktsiyalarini, spetsifik boshqarish jarayonlarini va oʼz-oʼzini boshqarishini taʼminlaydilar.
Ichki sekretsiya bezlarining klassifikatsiyasi: gipotalamo – gipofizar sistema, gipofizga nishon boʼlmagan bezlar, endokrin funktsiyasi ifodalanmagan bezlar, toʼqima bezlari.
Endokrin funktsiyasi ifodalanmagan bezlar: timus (timozin, timopoetin, timusli gumoral faktor), epifiz (serotonin, melatonin), yoʼldosh (xoreonik gonadotropin, laktogen gormoni, relaksan), buyrak (eritropoetini, renin, kal’tsitriol), yurak (atriopeptid, somatostatin)
Gipofizga nishon boʼlmagan bezlar: qalqonsimon oldi bezi, qalqonsimon bezi (tireokal’tsitonin), pankreas, jigar, buyrak, buyrak usti bezini magʼiz qismi, mitning intestinal bezlar.
Gormonlarning asosiy xarakteristikasi: yuqori biologik aktivligi, taʼsiri distant, organ – nishonlarga qatʼiy spetsifikligi, jigarda tez parchalanadi, uzluksiz sintezlanadi, ichki muhitda doimo saqlanadi, gormonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarda roʼy beruvchi jarayonlarga taʼsir etadi.
Dostları ilə paylaş: |