O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə59/320
tarix14.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#179394
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   320
Fiziologiya MAJMUA

Limfa tomirlar sistemasi.
Odam va issiq qonli xayvonlarni limfa tizimi quydagi tuzilmalardan tashkil topgan: 1) bir tomoni berk va barcha to’qimalarni ichiga kirib boruvchi limfa kapillyarlari; 2) az’olar ichidagi kapillyatlardan keyingi va mayda klapanli limfa tomirlari; 3) yo’lida limfa tugunlari bor, asosiy limfa yo’llariga quyiladigan a’zodan tashqaridagi limfa tomirlari; 4) bo’yn venalariga quyiluvchi asosiy o’ng va ko’krak yirik limfa yo’llari. Limfa kapillyarlari va post kapillyarlarda gidrostatik va kollidliosmotik bosim gardientlarini o’zgarishi natijasida limfa xosil bo’ladi.
Limfani xosil bo’lishi. Limfa to’qimalardan qon tomir tizimiga qayta quyiladigan suyuqlik xisoblanadi. Qon kapillyalaridan xujayra laroro bo’shliqqa suyuqlikni filtirlanishi qayta so’rilishidan ustun bo’lsa, to’planib qolgan to’qima suyuqligidan limfa xosil bo’ladi. Suyuklikni kapillyardan chiqishi va qaytib kirishini gidrostatik va osmotik bosimlarni munosabati belglaydi. Osmotik bosim plazmani qon kapillyari ichda ushlab qolishga, gidrostatik bosim tashqariga chiqishiga xarakat qiladi. Qop kapillyarlari oqsillarni ma’lum darajada o’tkazib yuborganligi sababli to’qima suyuqligining osmotik bosimi ortadi.
Natijada to’qima suyuqligida oqsillarni kontsentratsiyasi ortib ular gradient bo’yicha limfa kapillyarlariga bevosita kiradi.
Limfani tarkibi. Limfa tarkibiga shaklli elementlar, oqsillar, lipidlar, kichik molekulyar organik moddalar va anarganik moddalar kiradi. Xujayralardan asosan limfotsitlar ko’p uchraydi. Boshqa qon xujayralari normada kam uchraydi yoki uchramaydi. Limfa tarkibida oqsillar va lipidlarni miqdori qon plazmasidan farq qiladi. Limfani ion tarkibi to’qima suyuqligi va qon plazmasidan farq qilmaydi.
Limfani xarakatlanishi. Limfani xarakatla -nishi uni limfa kapillyarlarida xosil bo’lishi bilan boshlanadi. Shu sababli qon kapillyarlaridan suyuqlikni filtirlanishini tezlatuvchi omillar limfa xosil bo’lishini xarakatlanishi -ni tezlatadi. Limfa xosil bo’lishini tezla- tuvchi omillarga kapillyarlarda gidrostatik bosimni ortishi, faol kapillyarlarni umumiy yuzasini ko’payishi, kapillyarlarni o’tkazuvchan –ligini kuchayishi kiradi. Limfani tomirlarda asosiy xarakatlantiruvchi kuch limfangionlar xisoblanadi. Ular naysimon limfatik mikro yuraklar xisoblanadi.
Limfangionlar tarkibida limfani faol xarakatlanishi uchun zarur muskuli rivojlangan “manjetka” va klapanlar bor. Limfa kapillyarlaridan limfani mayda limfa tomirlariga o’tishi natijasida limfagonlar to’lib devorlari cho’ziladi, natijada manjetkani silliq tolali muskullari qo’zg’aladi va qisqaradi. Limfagon devorlaridagi silliq tolali muskullarni qisqarishi uning ichidagi bosimni distal klapanni yopilishi va proksimal klapanni ochilishi darajasiga ko’taradi. Natijada limfa keyingi limfagonga o’tadi. Shunday qilib limfa vena tomirigacha xaydaladi.
Limfani xarakatlanishida asosiy omildan tashqari ikkinchi darajali omillar xam ishtirok etadi. Nafas xarakatlari, diafragmani xarakati, muskulli a’zolarni faolligini ortishi va boshqalar limfa xarakatini tezlatadi. Limfa tizimini eng muxim funktsiyasi oqsillarni elektrolitlarni va suvni xujayralararo bo’shliqdan qonga qaytarish xisoblanadi. Bir sutkada limfa orqali 100 g oqsil qon aylanish tizimiga qaytariladi. Oshqozon va ichaklardan yog’ limfaga so’riladi. Limfa tizimi organizm uchun keraksiz to’qimalardagi narsalarni transportida ishtirok etadi.



Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   320




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin