Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi “Sanoat korxonalarida tovar-moddiy zahiralar hisobini takomillashtirish-ning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati”ga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda kurs ishida quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash
- tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizasiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash);
- TMZ chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi
- tashkilotga aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa;
-aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa;
- ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa.
Kurs ishining tarkibi va hajmi.Kurs ishi tarkiban kirish, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1.Tovar-moddiy zahiralari haqida tushuncha Tovar-moddiy zaxiralar - faoliyat yuritish jarayonida keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoki ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Materiallar - ishlab chiqarish jarayonida o‘zining qiymatini to‘la ravishda mahsulot tannariga o‘tkazadi. Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular tovar-moddiy zaxiralar deb ataladi. .
Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi holatlarda tan olinadi:
- tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash
- TMZ tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusida xarajatlarni (TMZ ni xarajat sifatida tan olish);
- tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizasiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash);
- TMZ chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi
- tashkilotga aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa;
-aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa;
- ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa.
Mehnat buyumlari yoki boshqacha qilib aytganda, moddiy resurslar asosiy vositalar bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ularning asosiy vositalardan farqi shundaki, materiallar har bir ishlab chiqarish tsiklida butunlay iste’mol qilinib, ishlab chiqarish jarayonida o’zining dastlabki jismoniy ko’rinishini yo’qotadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga o’z qiymatini to’la ravishda o’tkazadi. 4-sonli “Тovar-moddiy zahiralari” deb nomlangan O’zbekiston Respub-likasi BHMSda tovar-moddiy zahiralari tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt-larning quyidagi aktivlari kiritiladi:
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida ishlatilishi ko’zda tu-tilgan xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgi, idishlar, ehtiyot qismlari, boshqa material-lar hamda arzon baholi tez eskiruvchi buyumlar; Тugallanmagan ishlab chiqarish;
Хo’jalik yurituvchi sub’ektning oddiy faoliyatida sotish uchun mo’ljal-langan tayyor mahsulot va tovarlar. Moddiy-ishlab chiqarish zahiralari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rinlari va xususiyatlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: xomashyo va asosiy materiallar; yordamchi materiallar;
sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar; chiqindilar;
yoqilg’ilar; idish va idish materiallar; ehtiyot qismlar; inventar va xo’jalik jihozlari
Хomashyo deb,hali sanoat ishlovidan o’tmagan va mahsulotlarning asosiy mod-diy qismini tashkil qiladigan mehnat buyumlariga aytiladi masalan: paxta toza-lash korxonalari uchun tozalashga keltirilgan paxta tolasi, metallurgiya zavodi uchun temir ruda, ko’n zavodiga keltirilgan oshlanmagan teri, un zavodiga kelti-rilgan bug’doy va hokazo. Хom ashyolarga sanoat ishlovini bir marta bo’lsa ham o’tgan mehnat buyumlari kiradi. Qayta ishlash korxonalari xom ashyosini, ko’pchilik hol-larda, qishloq xo’jalik mahsulotlari va qazib oluvchi sanoatning mahsulotlari tashkil etadi.
Asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyum-lariga aytiladi. Masalan: mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall, prokat, tikuv fabrikalarida – gazlama kiradi.
Yordamchi materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib, ularda sifat o’zgarishlar hosil kiladi, ya’ni mahsulotga chiroy beradi, mazasini o’zgartiradi, lekin uning asosini tashkil qilmaydi yoki ishlab chiqarish jara-yonida mehnat vositalarini ta’mirlash, sozlash uchun ishlatiladi yoki mehnat ja-rayoni uchun kerakli sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi. O’rni kelganda shuni eslatib qo’yish lozimki, materiallarni guruhlarga bo’lganda, aniq sharoitni hisobga olish lozim. Bir turdagi materiallar mahsu-lotni yaratishdagi roliga qarab birinchi sanoat korxonasida asosiy material bo’l-sa, ikkinchisida yordamchi material bo’lishi mumkin.
Yarim tayyor mahsulotlar deb, ishlab chiqaruvchi bir tsexda to’la tugallanib boshqa tsexlarda qayta ishlash davom ettiriladigan mehnat buyumlariga aytiladi. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olinishi yoki korxonaning o’zida ishlab chiqa-rilishi mumkin. Shuning uchun sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar shu korxo-naning o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlardan ajratilgan holda hi-sobga olinadi.
Chiqindilar – korxonaning o’zida asosiy yoki yordamchi materiallar sifatida ishlatilishi mumkin, ayrim paytlarda esa boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqin-dilar esa asosan boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqindilar asosan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarish natijasida paydo bo’ladi. Chiqindilarni to’g’ri hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foy-dalanishni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Yoqilg’i ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra yordamchi materiallarga o’xshab ketadi. Yoqilgilar korxonalarda texnologik maqsadlarga yoqilg’i sifatida va isi-tish yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Idish va idish materiallari sotilayotgan mahsulotlarni o’rash, joylashtirish uchun xizmat qilib, mahsulot bilan birgalikda sotiladi.
Ehtiyot qismlar mashina, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini ta’mirlash maqsadida ishlatiladi.
Korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiri-tilmaydi:
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar;
Konsignatsiyada bo’lgan tovarlar. Darhaqiqat, inventarizatsiya (yo’qlama) o’tkazish davrida korxonada uning egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar aniqlanishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan (ya’ni oldi-sotdi bitimi bajarilgan) unga qarashli va jo’natishni kutayotgan tovardir. Aniqlangan bunday tovarlar korxo-naning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiritilmaydi. Ular sotish jarayonida qayd qilinishi lozim.
Тovar-moddiy zahiralari tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir turi - bu konsignatsiyadagi tovarlardir. Konsignatsiya komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorni o’z tovarlarini boshqa kompaniya omborlarida sotish uchun joylashtirishdir. Konsignator bunday tovarlarni o’zining moddiy zahiralari tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizatsiya davrigacha bu tovarlar jo’natuvchi – kon-signantning mulki hisoblanadi.
Omborda turgan tovarlarning bir kismini konsignatsiyaga berilishi muo-malasini buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin
Dt Konsignatsiyaga berilgan tovarlar va Kt Ombordagi tovarlar.