2.Bob. Matetmatik ko`nikma va tasavvurlarini shakllantirish.
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sonlar yordamida dastlabki amallarni bajarishga o`rgatish.
O’quvchilar kalendar yordamida oyning tartib nomerini aniqlaydilar. Bunda o’quvchilarga quyidagi savollar berib boriladi.
-Yilning uchinchi oyi qanday ataladi?
-Iyul tartib bo’yicha nechanchi oy?
-Siz nechanchi oyda tug’ilgansiz?
Bundan ko’rinadiki o’quvchilar yuqorida uyg’ongan bilimlarini o’zlashtirib olganliklarini biladilar.
Agar oy va sana ma‘lum bo’lsa taqvimdan haftaning kunlari ma‘lum bo’lsa, bu kun oyning qaysi sanasiga to’g’ri kelishini aniqlaydilar. O’qituvchi ularni olgan bilimlarini kuzatib boradi. O’quvchilarni olgan bilimlariga kamchiliklarni to’g’irlab boradi. Bundan keyin esa o’qituvchi bilan birga bugungi sana va haftaning shu kunini bilgan holdagina shu o’tayotgan oy uchun kalendar tuzish foydalidir.18
Bunday ishlar joriy yil kalendarini tuzishni osonlashtiradi. Ana shundan so’ng bolalar kalendar bo’yicha savollarga javob beradilar.
-bu yil 1-yanvar 1-may, 9-may 1-sentyabr, 1-iyun haftaning qaysi kuniga to’g’ri keladi.
-bu yil 1 yanvar juma, 1 may shanba, 9 may yakshanba, 1 sentyabr chorshanba, 1 iyun seshanba kuniga to’g’ri keladi.
-yanvar, dekabr, oktyabr, may oylari yilning nechanchi oylari.
-yanvar 1 oy, dekabr 12 oy, oktyabr 10 oy, may 5 oy.
-yilning uchinchi, oltinchi oy va o’n birinchi oylari nomini ayting.
-yilning uchinchi oyi mart, oltinchi oyi iyun. O’n birinchi oyi noyabrda to’g’ri keladi.
Bunaqa savollarni ko’plab davom ettirish mumkin. Ularga yil oylari kelishi rim raqami bilan o’rgatiladi.
I, II,III,IV,V,VI,VII,VIII, IX,X,XI,XII
Keyin esa bolalarga sutka haqida ma‘lumot beriladi.
Sutka bu ertalabdan, to bu ertalabgacha bo’lgan vaqtdir. Undan keyin vaqtinchalik ketma-ketlikka asoslanadi.
Masalan o’tgan kun, kecha, bugun, ertaga, ertalab keyin, indin.
1 sutka-24 soat19
Shundan keyin bolalarga soat, minut haqida ma‘lumot beriladi. Minut haqida ma‘lumot beriladi shu vaqtdan boshlab soat va minutni farqlay boshlaydilar.
1 minutda qancha ishlarni bajara olishlarini bilib oladilar.
1 minutda necha so’z o’qish
1 minutda nechagacha sanay olish
1 minutda qancha masofada yugura olish.
Soat strelkasi modeli yordamida bir qator mashqlar bajaradilar.
masala
Raqamli soat quyidagi vaqtlarni ko’rsatmoqda: 9:15,12:30,18:45
Yechish:
9:15=9 soat 15 min
12:30=12 soat 30 min
18:45=18 soat 45 min
masala
Maktabda har bir dars 45 minutdan davom etadi.Birinchi va ikkinchi darsdan keyin 5 minut tanaffuz, uchinchi darsdan keyin esa 15 minut tanaffus bo’ladi.Birinchi dars boshlangandan to’rtinchi dars tugaguncha qancha vaqt o’tadi?
Yechish:
1)4*45=180 min
2)(2*5)+15=25 min
3)180+25=205 min yoki 3 soat 25 minut Javob: 3 soat 25 minut
masala
Tog’da chiqishga 2 soat 45 minut , tog’dan tushishga esa 1 soat 35 minut sarflaydi. Hammasi bo’lib qancha vaqt sarflaydi?
Yechish:
2 soat 45 minut+1 soat 35 minut=(2 soat+1 soat)+(45 min+35 min)=3 soat 75 min=4 soat 15 minut
Javob: 4 soat 15 minut20
Navbatdagi darsda o’quvchilar hajm o’lchov birligi bilan tanishadilar. Buning uchun litrning har xil ko’rinishlari: didon, banka, chelak kabi idishlar bo’lishi kerak.“Idishning sig’imi” yoki litr tushunchasi o’quvchilarga fazoviy tushunchalarni uyg’otadi.Bolalarda litr haqida tushuncha hosil qilishda, o’qituvchi darsini suhbatdan boshlashi kerak.Masalan. Kim sut yoki yog’ sotib olgani sotuvchi uni nima bilan o’lchaganini qancha idishda solgani haqida savol berib o’tkazadi.Ana shunday litrni ko’rsatish va litr yordamida har xil idishning sig’imini o’lchashda ortsa bo’ladi.Chunki bolalar savol-javob orqali litr haqida tasavvurga ega bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: |