Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda maktab o`quvchilariningrining tayyorgarlik darajasi qanday bo’lishi lozimligi haqidagi qarashlar o’zgarib bormoqda. Maktab o'quvchilarining fanlar bo’yicha bilim va ko'nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda o'z bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo'llay olish malakasini rivoljantirishni ta'minlash zarur. Kelajakda bu malakalar maktab o`quvchisiningsining jamiyat hayotida faol qatnashishiga, butun hayoti davomida bilimini oshirib borishga yordam beradi2.
Ushbu kurs ishida o'quvchilarni tanqidiy tahlil, kreativ fikrlash, mustaqil izlanish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirishga hamda matematik savodxonligini oshirishga yo'naltirilgan topshiriqlarni tuzish va tadbiq qilishdan iborat.
Matematik savodxonlik - bu shaxsning matematik fikrlash va real hayotdagi turli muammolarni echishda ularni matematik ifodalash, qo'llash va sharhlay olish qobiliyatidir.3 U hodisalarni tasvirlash, tushuntirish va oldindan aytish uchun matematik tushunchalar, jarayonlar, dalil va vositalardan foydalanishni o'z ichiga oladi.
Matematik savodxonlik insonlarga matematikaning hayotiy ahamiyatini tushuntirishga, asosli fikr bildirishga hamda amaliy va faol fikrlovchi fuqaro uchun zarur bo'lgan qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Asosiy e'tiboq turli vaziyatlarda mushohada va intuisiyani talab qiluvchi turli xil yondashuvlardan foydalanib matematik bilimlarni qo'llashga qaratiladi. Buning uchun odatda maktabda o'rganiladigan ancha-muncha matematik bilimlar zarur bo'ladi.
Tadqiqotda o'quvchilarga asosan darslikdagi emas, balki hayotga xos bo'lgan (tibbiyot, uy-joy, sport va boshqa) amaliy vaziyatlar taklif etiladi. Ko'p hollarda nafaqat matematikadan, balki fizika, biologiya fanlarining turli mavzu va bo 'limlaridan bilim hamda ko'nikmalarini ishlatish talab etiladi.
Zamonaviy fanda matematik tushunchalarni rivojlantirishning bir necha yo'nalishlari belgilandi: falsafa bilimlarning haqqoniylik muammosini ko'rib chiqadi; mantiqtushunchani rivojlantiruvchi bilim tizimi sifatida o'rganiladi, psixologiya har bir bolaning mus taqil fikrlash jarayonini nimaga, qaysi fikrlash jarayoni orqali namoyon bo'lishini, inson fikrlash jarayoni yordamida noma'lumni, yangilikni topadi, degan farazni ko'rib chiqadilar; pedagogika bolalardagi ijodiy faoliyatni shakllantirish yo'llarini, yosh avlodni ijodiy mehnatga tayyorlashni tekshiradi.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo'lishi;
tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy
faoliyat yo'llarini, usullarini rivojlantirish. Bolada matematik tushunchalarni shakllantirish masalasiga Yu. M.Kolyagin, Yu. I. Kulyutkin, L.M.Fridman, psixologlar, pedagoglar va slubchilar K. Dunker, J.Piaje, J. Poyalarningmashhur tadqiqotlari katta ahamiyatga ega.
Ta'lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talablarini qo'yifmganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta'lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o'zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir.
M. A. Danilov, L. V. Zankov va boshqalarning tadqiqotlarida bolaning o'quv faoliyati qulay sharoitda, ularning aqliy faoliyatini rivojlantirishning turli vositalardan foydalangan holda kechadi.4 Demak, ta'lim ushiblari boladagi ijodiy faoliyami rivojlantirish uchun matematik tushunchalarni shakllantirishga qaratilishi, ishning turli uslublarini mujassamlashtirishi lozimdir.