Muammoning o’rganilganlik darajasi. Ilmiy - tadqiqot jarayonida muammo quyidagicha tahlil etiladi.
boshlang’ich sinf o‘quvchilarida xorij tajribalari asosida matematik tasavvurni shakllantirish va ularning samaradorlik darajasini oshirishga oid muammolar turli jihatdan o’rganib chiqiladi;
boshlang’ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurni shakllantirishda xalqaro baholash meyorlarida muammolari tahlil qilinadi;
boshlang’ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurni shakllantirish va xalqaro baholashdagi holati o’rganiladi.
Kurs ishi ob`ekti: boshlang’ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari.
Kurs ishi predmeti: boshlang’ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurlarni shakllantirishda xorij tajribalarini mazmuni, vositalari va pedagogik shart - sharoitlari.
Kurs ishi metodlari: mavzuga oid ilmiy adabiyotlar va maqolalar tahlili, ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalarini umumlashtirish va hokazo;
Kurs ishi ilmiy va amaliy ahamiyati: boshlang’ich sinfda matematik tasavvurlarni xorijiy tajribalar asosida shakillantirib, ishlab chiqilgan usullarni o’quv muassasalarida sinovdan o’tkazib, ta’lim jarayoniga tadbiq etib, olingan natijalarni xalqaro baholash dasturlarida foydalanish mumkin.
Kurs ishi metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’limto‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining ta’lim–tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan asarlari, nutq va ma’ruzalari; “Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish Davlat umum milliy dasturi”, “Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi”, xalq pedagogikasining asosiy yo‘nalishlari, Respublikamiz hamda hamdo‘stlik mamlakatlaridagi falsafa, psixologiya, pedagogika, etnografiya, sotsiologiya fanlarining eng so‘nggi yutuqlari ifodalangan ilmiy – tadqiqot ishlari tashkil etadi.
1.Bob. Matematik tasavvurlarni shakllantirish ishini tashkil qilish
Dostları ilə paylaş: |