O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi



Yüklə 143 Kb.
səhifə4/14
tarix03.04.2023
ölçüsü143 Kb.
#92648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi R.Xurramov22222

1.1. Matematika tarixini o`rgatish.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma‘naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Muxammad ibn Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al-Koshiy, Ulug’bek va boshqa ko’plab buyuk ajdodlarimiz o’z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdilar, halqimizning milliy iftixori bo’lib qoladilar.5 Ularning nomlari, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma‘lum. Biz ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz.
MUXAMMAD IBN MUSO XORAZMIY.
Muxammad ibn Muso Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada tug’ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Kunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o’rgangan. Donishmand sifatida tanilgan, 9-asr boshlarida o’z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisobla Bog’dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, Sharqning dastlabki akademiyasi («Bayt-ul-Xikmat») «Donolar uyi "da faol ishtirok etdi.
Xorazmiy juda ko’p asarlar yaratgan bo’lsa ham ularning hammasi bizga yetib kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida yangi davrni o’rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga bekiyos hissa qo’shdi.6
O`quvchilar algebra, algoritm so’zlarini ko’p eshitishgan. Algebra matematikaning katta bir bo’limi, algoritm esa hozirgi zamon xiacob texnikasining, matematikasining asosiy termini.
Algebra, algoritm so’zlari matematik, astronom va geograf, «Xozirgi zamon algebrasining otasi «al — Xorazmiy nomi bilan bog’liqdir. Uning «Al — jabr val-muqabala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo’ldi.
Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida «algoritm» termini paydo bo’ldi.
Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari Fapb va Sharq xalqlari tillariga tarjima qilinib, ko’p asrlardan buyon qo’llanma sifatida xizmat qiladi.
Xorazmiyning «Xind hisobi va sonlari haqida», “Al-Jabr”, «Arifmetika», «Marmar soat haqida», «Yer surati», “Tarix kitobi”, «Yaxudiy eralari va bayramlari» haqida asarlari, ayniqsa ma‘lum va mashhurdir. Uning «Ziji» nomli asari dastlabki astronomik asar sifatida Sharqdagina emas, Garbda ham shu fan rivoji uchun katta xizmat ko’rs atgan.7
Muxammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli hayoti, ijodi, yaratgan asarlari, qoldirgan merosi bebaho boylik bo’lib, hozirgacha ham qimmati va axamiyatini yuqotmagan.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin