O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi


MUHAMMAD TARAG’AY ULUG’BYEK (1394 — 1449)



Yüklə 143 Kb.
səhifə5/14
tarix03.04.2023
ölçüsü143 Kb.
#92648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi R.Xurramov22222

MUHAMMAD TARAG’AY ULUG’BYEK (1394 — 1449)
Muhammad Tarag’ay Ulug’bek 1394 yilda Eronda Sultoniyada tug’ilgan. Ulug’bek-buyuk o’zbek olimi va davlat arbobi. U Temur (1336:, 1405) nabirasi. Ulug’bekning otasi Shohrux (1377-1447) ham davlat arbobi bo’lgan. Asli nomi Muxammad Tarag’ay. 1409 yilda Shohrux otasining davlati o’rnida ikkita mustaqil davlat tuzdi. Biri-Xyposon markazi Xirot, ikkinchisi Movaraunnahrni (boshqarishni) markazi Samarqand. Xirotni Shohrux o’zi boshqardi. Movarounnahrni boshqarishni esa Ulug’bekka topshirdi. Bobosi Temurning aksi sifatida Ulug’bek harbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur bo’lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni ilm-fan, qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko’proq qiziqtirar edi. U 1447 yil Buxoroda, 1490 yil Samarqandda, 1432 — 1433 yillari Gijduvonda madrasa qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Go’ri — Amir» maqbarasi va «Shoxi — Zinda»ni qurilishini nihoyasiga yetkazdi.
Taxminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o’zining rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo’lib, uning asosiy quroli-seketantning balandligi 50 metrcha edi.
Ulug’bekning ilm-fanga qiziqishida, birinchidan bobosi-Temur bilan o’zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o’tkaziladigan suhbatlar, otasi-Shohruxning noyob kitoblarini sevishi va yig’ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Menelaylarning, shuningdek, o’z vatandoshlari-Xorazmiy, Beruniy Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo’lish, o’sha zamonda O’rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa fanlardan yetuk asarlar mavjudligi sabab bo’lgan. Bu shart-sharoitlarning hammasi Ulug’bek ilmiy yunalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishga sabab bo’ldi.
Ulug’bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri «Ulug’bek ziji» yoki «Zinj ko’ragoni» deb ataluvchi astronomik jadvallardir. Zij, kirish ya‘ni nazariy qism va Ulug’bek rasadxonasida o’tkazilgan kuzatishlar bo’yicha tuzilgan jadvallardan iborat.
Ulug’bekning trigonometrik jadvallari 10 ta o’nli xona aniqligida hisoblangan. Ћisoblash vositalari deyarli bo’lmagan bir davrda bu ishlarni bajarish uchun anchagina hisobchilar talab qilingan. Ehtimol, hisoblash markazi bo’lgandir?!8
Ulug’bekning sinus va kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tuzilgan. Zijda Ulug’bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilindi. Ammo uning bu asari hozircha topilmagan.
Zijning amaliy astronomiyaga taalluqli qismida ekliptika ekvatorga og’ishi, osmon yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, yerdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor. Ulug’bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda:
1. O’zi tuzgan jadvallar yordamida.
2. Bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va usullarga doir misollar keltiradi.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin