Ilmiy-pedagogik ishning maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015- yil 2- mart 36-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan magistratura haqidagi Nizom va DTS talablariga asosan magistr:
har tomonlama bilimdon, fundamental ilmiy asosga ega, ilmiy ijod uslubiyoti, zamonaviy axborot texnologiyasi, ilmiy ma’lumotlar qabul qilish, ulradan foydalanish va saqlag usullarini biladigan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyor bo‘lishi lozim.
Shuningdek, magistr ilmiy-tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha:
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, o‘quv-tarbiyaviy jarayonini faollashtirish uslublari, talabalar bilimlarini reyting nazorat tizimida baholash;
mustaqil o‘qishning tashkiliy va o‘quv–uslubiy ta’minoti, uzoqdan o‘qishning texnologiyalari;
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
turli mashg‘ulotlarni o‘tkazish, ma’ruza matnlari va mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalarini tuzish;
talabalar bilimlari nazoratining tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotini rejalashtirish;
tarbiyaviy ishning tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minoti bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Magistrant talabalarning ilmiy-pedagogik ishini tashkil etish
Termiz davlat universiteti magistrant talabalar ilmiy-pedagogik ishini tashkil etish “Magistrlik dasturiga qo‘yiladigan talablar”ga muvofiq ravishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Ilmiy-pedagogik ish OTM hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi. Shuningdek, mutaxassisligiga mos o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida ham o‘tkazilishi mumkin. Ilmiy-pedagogik ish ikki taraflama va boshqa bitimlar asosida xorij mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarida ham o‘tkazilishi mumkin.
Termiz davlat universiteti magistratura bosqichi Lingvistika (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi magistrantlari ilmiy-pedagogik ishini TermizDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy-pedagogik ishi rahbarlari bilan birga o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |