) Xalqaro turizm rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollari
Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi Evropa Ittifoqiga to’g’ri keladigan boshqa Sharqiy va Markaziy Evropa mamlakatlarida farqli ravishda Rossiyada birinchi o’rinni Shveytsariya va AQSh egallaydi - bu mamlakatlarga jami kapital qo’yilmalarning 51% to’g’ri keladi.
2013 yildagi muvaffaqiyatlarga qaramay, RF hozircha bozor munosabatlariga o’tishda ayniqsa kuchli ilgarilab ketgan bir qator Sharqiy va Markaziy Evropa davlatlaridan orqada qolmoqda. Vengriya 2013 yilda 3500 mln, Polsha - 1510 mln, Chexiya - 2500 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qila oldi.
Xorijiy kapitallar mintaqaga “xususiylashtirish to’lqinlari” va “iqtisodiy sog’lomlashtirish” tufayli oqib kelab boshladi. MDX mamlakatlarining deyarli barchasi sezilarli siljishlarga erishdilar. Armaniston 2013 yilda $10 mln bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qildi; Ozarbayjon - $110 mln; Belorussiya - $20 mln; Qozog’iston - $284 mln; Qirg’iziston - $515 mln; Moldova - $32 mln; Tojikiston - $15 mln; Ukraina - $200 mln; O’zbekiston - $115 mln. Jami yil davomida jahondagi bevosita xorijiy investitsiyalar 40%ga o’sib, $35 mlrd ga etdi. Bu sohada Xitoy oldinda bormoqda, xorijiy investorlar bu mamlakatga 2013 yilda $38 mlrd mablag’ sarfladilar .
Yaqin o’n yillar davomida Xitoy infrastrukturasini rivojlantirishga $700 mlrd sarflanadi, bu Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari iqtisodiyotiga sarflash rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalarning yarmidan ko’prog’ini tashkil qiladi. XXRga sarflanadigan mablag’lar barcha Sharqiy Osiyo mamlakatlari infrastrukturalarini rivojlantirishga sarflanadigan jami $1,3 1,5 trln investitsiyalarning taxminan 51%ni tashkil qiladi.
O’zbekiston, endi rivojlana boshlayotgan bozorga ega bo’lgan holda, yirik investitsiya loyihalari uchun zarur bo’lgan kapital hajmini ta’minlay olmaydi, qattiq valyutaga ega bo’lish qiyindir. Ammo bu muammolarning barchasini xorijiy investorlar yordamida hal qilish mumkin. Shuningdek, ilg’or texnika va texnologiyalarga, boshqaruvning ilg’or usullariga (qo’shma korxonalar tuzish orqali va hokazo) ega bo’lish va jahon bozoriga chiqish ham osonlashadi.
Prezidentimiz Oliy Majlis sessiyasida so’zlagan o’z nutqida respublikaga birinchi navbatda quyidagilar zarurligini qayd etib o’tdi:
1. Ishlab chiqarish tarmoqlarini eng yangi texnologiyalar va asbob uskunalar bilan jihozlash, ishchilarning malakasini oshirish, jahon bozorida ishlash usullarini takomillashtirish, bizning mahsulotlarimizni sotish bozorlarini qidirib topish;
2. Mamlakatni xom ashyo etkazib beruvchilikdan yuqori darajada taraqqiy etgan davlat darajasiga olib chiqish.
Respublikada qulay investitsion muhitni ta’minlash uchun barqaror huquqiy baza mavjuddir. Xususan, “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonunlar, “Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish choralari to’g’risida”gi, “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoyalashni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari to’g’risida”gi Farmonlar qabul qilingan.
Iqtisodiy islohotlashtirish va investitsiyalar bo’yicha mahkamalararo qo’mita tashkil qilingan. 1995 yil 21 avgustda qabul qilingan “Xorijiy investitsiyalar bo’yicha Agentlik tashkil etish to’g’risida”gi Farmonga muvofiq Agentlik tashkil etildi, uning maqsadi iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonini qo’llab quvvatlash, O’zbekistonda investitsion takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda potentsial investorlarga va mahalliy hamkorlarga amaliy yordam ko’rsatishdan iboratdir.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish va tarmoqlar iqtisodini jadal rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va investitsion faoliyatini boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki xo’jalik yuritishning zamonaviy yo’lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o’zgartirishni talab qiladi. Ievestitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, yani investitsion jarayon qatnashchilarning xuquq va majburiyatlarini belgilab berish, mamlakatda investorlar uchun tulakonli raqobatni taminlash, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Bugungi kunda investitsiya va investitsion jarayonga turli olim va amaliyotchilar xar xil nuqtai nazardan qaraydilar, ayrim olimlar investitsiyani hali «kapital qo’yilmalar», «kapital qurilish», kategoriyalariga tenglashtirish keladilar. Aslini olganda, investitsiya hajmi jihatidan ham hozir aytilgan kategoriyalardan ustun turadi. Bozor iqtisodiyotida ushbu kategoriyalar investitsiyalarning tarkibiy qismidir.
Investitsiyaning mexmonxona menejmentini rivojlantirishdagi iqtisodiy axamiyati to’g’risida fikr yuritadigan bo’lsa, bu o’rinda investitsiya tushunchasi moliyaviy, mulkiy va intelektual qadriyatlarni takror ishlab chiqarishini unutilmaslik kerak. Ko’pgina mexmonxona menejmentidagi iqtisodchi olimlar va amaliyotchilarning asarlarida mexmonxona menejmentiga qo’yilgan investitsiyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan boshqa muammolar to’g’risida fikrlar mavjud. Masalan Amerikalik N.R.Teylorning fikricha «mexmonxona menejmentiga qo’yilgan investitsiyalar bu - subekt ixtiyoridagi barcha moliyaviy, moddiy va boshqa boyliklarni kelajakda iqtisodiy samara olish uchun biror bir mexmonxona obekti qurilishdagi yoki rekonstruktsiya qilishga sarflashdir». Bu o’rinda investitsiyaning mohiyati bilan mazmunini bozor iqtisodiyotiga moslashtirib ochib berishga xarakat qilingan.
Bizning iqtisodiyotimizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan va o’tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtiriladi. Investitsiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko’rsatilishicha, investitsiya bu: iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya), mashinalar; asbob-uskunalar, mehmonxonalar uchun ichki jihozlar, yangi texnologiyalar va samara beradigan boshqa har qanday investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to’laligicha faoliyat ko’rsatishni aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan investitsiyaning o’ziga va investitsion faoliyatining obektlariga keng tarif berilgan. Ikkinchidan, mehmonxonaga qo’yilgan investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi takidlab o’tilgan. Agar investor daromad olmaydigan bo’lsa, investitsion jarayonni amalga oshirishning mantig’i qolmaydi. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan qilib chiqqan holda berilgan tarifning o’zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, yani jamg’armalar (resurslar), qo’yilma mablag’lari (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko’rsatib o’tilgan.. Xuddi shunday yondashuv investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o’tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizantal usullaridan bir xilda foydalanishni taminlab beradi.
Xorijiy mamlakatlarning mehmonxona menejmentini boshqarish tajribasi va investitsiya to’g’risida o’zimizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyani shartli ravishda 3ga ajratish mumkin.
1.Moliyaviy investitsiyalar
2.Moddiy investitsiyalar
3.Aqliy (intelektual) investitsiyalar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga maxalliy va xorijiy mamlakatlaning pul birliklari, banklardagi omonatlari, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar hamda ularga tenlashtirilgan boyliklar kiradi. Masalan, biron bir mehmonxonani qurishga yoki rekonstruktsiya qilish uchun sarflanadigan xorijiy investorlarning pul mablag’lari kabi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, yani binolar, mehmonxonaning ichki jihozlari, yani texnologiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarning aktiv va passiv qisimlari kiradi. Intelektual investitsiyalar miqdori juda rang barangdir, yani ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mexnatga oid shakldagi investitsiyalar xususida qonunlarimizda keltirilgan ko’rsatmalarni umumlashtirib, investitsiyaga quyidagicha investitsiya deb, har bir investorning ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarini birlamchi iqtisodiy samara olish maqsadida biror bir yangi mehmonxona qurish yoki taminlash uchun sarflanadigan mablag’ga aytiladi..
Respublikamizda turizm industriyasini mustahkamlash va halqaro turizmni yanada rivojlantirishni taminlash maqsadida xissadorlik jamiyatlarini chet el investorlarga tegishli ulushlarini potentsial investorlar orasida tender asosida joylashtirish shuningdek qimmatli qog’ozlar bozorini jonlantirish maqsadida, xissadorlik jamiyatlarini ochiq savdodagi aktsiyalarni fond birjasi orqali sotilishini amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, investtsiya jamg’armalari va qo’shma korxonalari jalb qilish va aktsiya paketlarini sotishni tashkil etish ishlarini amalga oshira borib yangi paydo bo’lgan resuslarni jami - 83,98 mln. so’mlik, ulardan 58,43 mln. so’m chet el investorlarga va 25,89 mln.so’m erkin sotuvga mo’ljallangan aktsiya paketlarini joriy yilda 98,3 mln. so’mlik qilib sotiladi, shu jumladan chet el investorlariga 60,4 mln. so’mlik aktsiyalar sotiladi