O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish


) O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish va targ’ibot qilish yo’llari



Yüklə 156,5 Kb.
səhifə5/6
tarix23.05.2023
ölçüsü156,5 Kb.
#120835
1   2   3   4   5   6
Ergashev Asadbek

) O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish va targ’ibot qilish yo’llari.

O`zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar Hukumat darajasida ko’rib chiqilmoqda va tegishli qarorlar qabul qilinmoqda. Bularga eng yaqqol misol muhtaram PrezidentimizSh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan Harakatlar Strategiyasidir. Unda Turizmni iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlaridan biriga aylantirish xususida so’z yuritiladi.
«Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo’nalishda ko’rsatilgan chora tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma – bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek, turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda. “turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish” – kabilar keltirib o’tilgan va nazarda tutilgan.
Mos ravishda tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda va amalga tadbiq etilmoqda. Jumladan turistik markazlar va Respublikamizda turizmni jadal rivojlantirishga doir qarorlar ayni muddaodir. Bu qarorlar natijasi o’laroq, hududlarda tegishli dasturlar qabul qilinib, ishlar boshlab yuborilgan.
Zamonaviy turizmni reklamasiz tasavvur qilish qiyin. Bu shunchalik keng va ko’p qirrali faoliyat turiki, ko’pincha alohida yo’nalish sifatida ajratiladi. Biroq jahon amaliyoti shuni ko’rsatadiki, reklamaning yuqori samaradorligiga faqat marketing yordamida erishish mumkin. Reklama marketing komunikatsiyalarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Reklama turizm sohasida mijozlarga ma'lumot etkazishdagi eng qulay vosita. Mijozlaming xatti-qarakatlarini asoslab, tur xizmatlarga ulaming e'tiborini jalb qilish, tur firmaning umidchini ko’tarish, jamiyatdagi о’mini mustaxkamlash reklama yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun samarali reklama faoliyati tur korxonaning marketing strategiyasi maqsadlarga erishishda muxim vositadir.
Johon amaliyoti ko’rsatishicha, turizm sohasi yirik reklama beruvchidir.Tur firma daromadining o’rtacha 5-6% ini faoliyatiga sarflashadi. Turizm sohasida marketing komunikatsiyalarining asosiy vositasi sifatida reklamaning spetsifikatsiyasi soha mahsuloti turmahsulotning farqli tomonlaridir. Reklama iste'molchiga ta'sir qiluvchi kuchli vositadir. Biroq tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, marketing qarakatlari faqat reklama ko’rinishdagina bo’lsa, bu omad kafolatini bermaydi.
Reklamaning asosiy talabi haqqoniylikdir. Afsuski, bu “oltin” qoida ko’p tur firmalar tomonidan buzilib, ular uddasidan chiqa olmaydigan narsalami va'da qilishadi. Bu ko’pincha o’z-o’zidan yuz berib, mijozni jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi. Keyinchalik firma o’z va'dalarini amalga oshira olmasligi ma'lum bo’ladi va oqibatda firma obro’siga putur etadi.
Tarqatish vositalariga ko’ra reklamaning quyidagi turlari mavjud: mabuotda reklama; bosma reklama; audiovmzual reklama; kompyuterlashgan reklama; radio va telereklama: reklama suvenirlari; tashqi reklama;
Turistik firma reklama byudjetining 85 %i matbuot orqali reklamaga sarflanadi.O’zi tezkorligi, qaytaruvchanngligi, bozomi keng hamrab olishi xisobiga reklamaning bu turi eng samarali deb xisoblanadi. Matbuotdagi reklama o’z ichiga turli ma'lumotlami oladi.Ulami 2 asosiy guruxga bo’lish mumkin: Reklama e'lonlari va ko’rgazma-reklama xarakteridagi maqolalar. 2 turiga ko’pincha maqolalar, Reportajlar va xokozolar kiradi. Amaliyot ko’rsatishicha bunday maqolalar potetsial mijozga ta'sir qilish samarali imkoniyatlarga ega. Bunday ma'lumotlar chiroyli bezatilgan bo’lishi lozim,illyustratsiyasizkatta tekst samarali qabul qilinmaydi.
Matbuotdagi reklama kutilayotgan natijalami berishi uchun qilinayotgan jumal, gazeta, byulleten, ma'lumotnoma yoki yo’l ko’rsatmalarini to’g’ri tanlash lozim, turizm professionallari uchun mo’ljallangan reklama mahsus turistik nashrlarda chop etilishi lozim.
Bundan tashqari, dunyoning etakchi telekanallari orqali turistik markazlarimiz haqida suratga olingan video roliklar efirga muntazam uzatilib turibdi. BBC, HTB, CNN kabilar bunga misoldir.
Shu bilan birga Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi dunyoning eng yirik turistik yarmarka va ko’rgazmalarida faol ishtirok etib kelmorqa va shu sabab juda ko’plab mamlakatlar yurtimizga qiziqishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev qaysi mamlakatga tashrif buyursalar, albatta, turistlar almashinuva borasida bitimlar imzolamoqdalar. Rossiya, Turkiya, Xitoy, BAA kabi mamlakatlarni bunga misol qilib keltirsak bo’ladi. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish va tarmoqlar iqtisodini jadal rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va investitsion faoliyatini boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki xo’jalik yuritishning zamonaviy yo’lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o’zgartirishni talab qiladi. Ievestitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, yani investitsion jarayon qatnashchilarning xuquq va majburiyatlarini belgilab berish, mamlakatda investorlar uchun tulakonli raqobatni taminlash, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Bugungi kunda investitsiya va investitsion jarayonga turli olim va amaliyotchilar xar xil nuqtai nazardan qaraydilar, ayrim olimlar investitsiyani hali «kapital qo’yilmalar», «kapital qurilish», kategoriyalariga tenglashtirish keladilar. Aslini olganda, investitsiya hajmi jihatidan ham hozir aytilgan kategoriyalardan ustun turadi. Bozor iqtisodiyotida ushbu kategoriyalar investitsiyalarning tarkibiy qismidir.
Investitsiyaning mexmonxona menejmentini rivojlantirishdagi iqtisodiy axamiyati to’g’risida fikr yuritadigan bo’lsa, bu o’rinda investitsiya tushunchasi moliyaviy, mulkiy va intelektual qadriyatlarni takror ishlab chiqarishini unutilmaslik kerak. Ko’pgina mexmonxona menejmentidagi iqtisodchi olimlar va amaliyotchilarning asarlarida mexmonxona menejmentiga qo’yilgan investitsiyalar va ular bilan bog’liq bo’lgan boshqa muammolar to’g’risida fikrlar mavjud. Masalan Amerikalik N.R.Teylorning fikricha «mexmonxona menejmentiga qo’yilgan investitsiyalar bu - subekt ixtiyoridagi barcha moliyaviy, moddiy va boshqa boyliklarni kelajakda iqtisodiy samara olish uchun biror bir mexmonxona obekti qurilishdagi yoki rekonstruktsiya qilishga sarflashdir». Bu o’rinda investitsiyaning mohiyati bilan mazmunini bozor iqtisodiyotiga moslashtirib ochib berishga xarakat qilingan.
Bizning iqtisodiyotimizda investitsiya o’tgan vaqt ichida ular ancha takomillashtiriladi. Investitsiya to’g’risida O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunda ko’rsatilishicha, investitsiya bu: iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya), mashinalar; asbob-uskunalar, mehmonxonalar uchun ichki jihozlar, yangi texnologiyalar va samara beradigan boshqa har qanday investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitida to’laligicha faoliyat ko’rsatishni aniq tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan investitsiyaning o’ziga va investitsion faoliyatining obektlariga keng tarif berilgan. Ikkinchidan, mehmonxonaga qo’yilgan investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi takidlab o’tilgan. Agar investor daromad olmaydigan bo’lsa, investitsion jarayonni amalga oshirishning mantig’i qolmaydi. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan qilib chiqqan holda berilgan tarifning o’zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, yani jamg’armalar (resurslar), qo’yilma mablag’lari (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko’rsatib o’tilgan.. Xuddi shunday yondashuv investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o’tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizantal usullaridan bir xilda foydalanishni taminlab beradi.
Xorijiy mamlakatlarning mehmonxona menejmentini boshqarish tajribasi va investitsiya to’g’risida o’zimizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyani shartli ravishda 3ga ajratish mumkin.
1.Moliyaviy investitsiyalar
2.Moddiy investitsiyalar
3.Aqliy (intelektual) investitsiyalar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga maxalliy va xorijiy mamlakatlaning pul birliklari, banklardagi omonatlari, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar hamda ularga tenlashtirilgan boyliklar kiradi. Masalan, biron bir mehmonxonani qurishga yoki rekonstruktsiya qilish uchun sarflanadigan xorijiy investorlarning pul mablag’lari kabi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, yani binolar, mehmonxonaning ichki jihozlari, yani texnologiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarning aktiv va passiv qisimlari kiradi. Intelektual investitsiyalar miqdori juda rang barangdir, yani ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mexnatga oid shakldagi investitsiyalar xususida qonunlarimizda keltirilgan ko’rsatmalarni umumlashtirib, investitsiyaga quyidagicha investitsiya deb, har bir investorning ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarini birlamchi iqtisodiy samara olish maqsadida biror bir yangi mehmonxona qurish yoki taminlash uchun sarflanadigan mablag’ga aytiladi..
Respublikamizda turizm industriyasini mustahkamlash va halqaro turizmni yanada rivojlantirishni taminlash maqsadida xissadorlik jamiyatlarini chet el investorlarga tegishli ulushlarini potentsial investorlar orasida tender asosida joylashtirish shuningdek qimmatli qog’ozlar bozorini jonlantirish maqsadida, xissadorlik jamiyatlarini ochiq savdodagi aktsiyalarni fond birjasi orqali sotilishini amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, investtsiya jamg’armalari va qo’shma korxonalari jalb qilish va aktsiya paketlarini sotishni tashkil etish ishlarini amalga oshira borib yangi paydo bo’lgan resuslarni jami - 83,98 mln. so’mlik, ulardan 58,43 mln. so’m chet el investorlarga va 25,89 mln.so’m erkin sotuvga mo’ljallangan aktsiya paketlarini joriy yilda 98,3 mln. so’mlik qilib sotiladi, shu jumladan chet el investorlariga 60,4 mln. so’mlik aktsiyalar sotiladi.


Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O’zbekistonda xalqaro turizm bozorini rivojlantirishning bir qancha qulay imkoniyatlar berishi, masalan iqtisodning o’sishiga ta’sirini, bir qancha ish o’rinlari shakillanishiga va boshqa tarmoqlar uchun samarasini ko’rdik. Hozirgi davrda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholini ijtimoiy – iqtisodiy ahvolini yaxshilashda raqobat, sifatli xizmat, ayniqsa, yangi ish o’rinlarini ochish muhim rol o’ynashini bilamiz. Shu sababli har qanday yangi iqtisodiy-ijtimoiy tarmoqlar, yangi ish o’rinlari ochish imkoniyati va undan samarali foydalanish davr talabi bo’lib kelayotgani hech kimga sir emas.
O’zbekistonda xalqaro turizm bozorini rivojlantirish yo`llari ko’plab mavjud. Har bir region o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Davlatimizda turistlik yarmarkalarni bo’lib o`tishi ham shundan dalolat beradi. Misol uchun har yili may oyida o’tkaziladigan “Silk & Spices” ya’ni “Ipaklar va ziravorlar” yarmarkasi ham bunga misol. Shu yarmarkaning o’zida qanchadan-qancha xorijiy va mahalliy turistlar jalb qilindi. Ko’plab turistlar yoppasiga oqib kelishdi. Bu yarmarka ko’plab turistlik korxonalar bozorini iqtisodiy qo’llab yubordi. Albatta, bunday yarmarkalar ko’plab va tez-tez o’tkazilsa ularning haridori topiladi. Nafaqat ichki turizm vakillarini balki, xorijiy turistlarning ham e’tiboridan chetda qolmaydi. Turizm bozorini esa chaqqonlatib yuboradi. Har bir region o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Bu kabi yarmarkalar Toshkent, Samarqand, Xiva, Farg’ona, Buxoro viloyati va boshqa regionlar o`z turistlik mahsuloti bilan ajralib turadi va bu regionlar katta potensialga ega. Bunday rivojlanish kelajakda nafaqat davlat mavqeini, balki turistlik bozorda davlatning o`z o`rnini topishiga turtki bo’ladi.
O’zbekistonda xalqaro turizm bozori faolligini oshirishda bahorda va kuzda bolalar uchun lagerlar tashkil qilish. Shu vaqtda ota-onalarga ham ta’til berilsa, ularga sayohat qilishlari uchun turli xil turlarni taklif etsak, albatta e’tibordan chetda qoldirmaydilar. Bu orqali ularni sayohat qilishlari uchun imkoniyat yaratgan bo’lamiz. Xalqimizda ajoyib bir gap bor, uying tinch-sen tinch degan. Uyidan va bolalaridan ko’ngli to’q ota-onalar uchun bu sayohat ayni muddao bo’ladi. Berilgan imkoniyatdan esa ular imkon qadar foydalanishga harakat qilishadi.
O’zbekistonda xalqaro turizm bozori bugungi kunda bu tarmoqdan potensialga yarasha foyda olinmayapti, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar juda kam samara beryapti, shu sababli, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turistlik firma va korxonalarga qo’shimcha imtiyozlar berilishi lozim, kerak bo’lsa 3-4 yilcha ichki turizm soliqlaridan firmalar ozod qilinsa, kelajakda mamlakatimiz bu sohada katta yutuqqa erishgan bo’lar edi.
Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar, siyosiy tinchlik va eng asosiysi, xalqimizning insonparvarligi va mehmondo’stligi nixoyatda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari qator takliflar ham tavsiya etiladi:
- Xalqaro turizm bozori turistik tashriflar va yo’nalishlarini batafsil o’rganib chiqish va ularni tahlil qilish;
- Mamlakat turistik salohiyatini investitsiya qilish imkoniyatlarini real baholash va shunga mos ravishda strategiyalarni ishlab chiqish;
- Mamlakat turistik resurslari ko’lamini hududlar kesimida aniqlash, ishlab chiqish va turizmda foydalanish bo’yicha aniq takliflar tayyorlash;
- Xorijda tashkil etiladigan barcha yirik xalqaro turistik yarmarka va ko’rgazmalarda qatnashish;
- Turizmni targ’ibot qilish masalalari bo’yicha tashkilotni tashkil qilib ishga tushirish;
- Xalqaro turizm bozorida O’zbekiston turizmi brendini reklama qilish;
- Mamlakatda yuqori klassli joylashtirish vositalarining keng narxli diapazoni variantlarini qurish va ishga tushirish.
- Soha uchun yuqori malakali kadrlarni etarli sifat va miqdorini ta’minlash.



Yüklə 156,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin