Kurs ishining ahamiyati. Bugungi kunda xalqaro turizm bir xil darajada, hatto ba'zi mamlakatlarda ilgari boshqa tarmoqlar bilan raqobatlashib, eng yuqori natijalarni ko'rsatgan neft va avtomobilsozlik sanoatidan ham ustun turadi.
Dunyoda sayyohlik zonalarining taqsimoti nihoyatda notekis, bu birinchi navbatda mamlakatlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli darajalariga bog'liq. Yuqori rivojlangan mamlakatlarda chiquvchi turizmning rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillar iqtisodiy va ijtimoiy, birinchi navbatda, fuqarolarning shaxsiy daromadlarining (potentsial sayyohlarning) zarur ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan chegaralardan oshishi hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti. Mamlakatlarda, asosan sayyohlarni qabul qiladigan, xalqaro turizmning rivojlanishi valyuta oqimini ko'paytirish va yangi ish o'rinlari yaratish istagi bilan bog'liq. Bundan tashqari, ko'plab mamlakatlar to'lov balansi muammolarini xalqaro turizm orqali hal qilishga harakat qilmoqdalar. Butun dunyoda xalqaro turizm XX asrning 60-70-yillaridan boshlab rivojlana boshladi. Natijada jahon sayyohlik bozori shakllandi, unda bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar ishtirok etmoqda.
Kurs ishining maqsadi.Turizmning rivojlanishi sezilarli sur'atlarda davom etmoqda va buni BMTning 153 mamlakatga ixtisoslashgan agentligi bo'lgan eng yirik hukumatlararo tashkilot - Butunjahonsayyohlik tashkiloti ma'lumotlari tasdiqlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra, 2007 yilning boshida dunyoda 846,0 million turist kelishi qayd etilgan, xalqaro turizmdan tushum 733 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Va 2008 yilda bu ko'rsatkich 898 million sayyohlik tashrifini tashkil etdi, bu 2007 yildagidan 52 million yoki 6% ko'pdir.
Kurs ishi tuzilmasi. Kirish, 4 ta reja, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Xalqaro turizm mazmun mohiyati, va rivojlanish bosqichlari
Xalqaro turizm bozorini rivojlantirishning yo‘nalishlari xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 7 % ni tashkil qilgan. Xalqaro turistlarning kelishi esa 1186 mln. kishiga yetib, keluvchi turistlardan olinadigan umumiy daromadlar miqdori 1.5 trl. dollardan ortdi. Xalqaro turistik xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi tarkibi ham tubdan o‘zgardi. Jahon turizm bozori borgan sari xilma-xillashib, aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji ortib bormoqda. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli kengayib, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish va boshqalar) borgan sari rivojlana bordi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik tashkilotlar (firmalar) soni ko‘paya bordi. Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%, jahon kapital quyilmalarining 9%, jahon iste’mol harajatlarining 11%, butun dunyo soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm aholining bandligiga anchagina ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim band. Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining uch yetakchi eksport sohalari qatoriga kiradi. U faqatgina neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyin turadi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilida xalqaro turizm eng yuqori texnologiyalar asosida rivojlanib boroyotgan jahon turizm industriyasiga aylandi. Yirik xalqaro Transmilliy kompaniyalar (TMK), mehmonxonalar zanjiri, zamonaviy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngil ochar ob’ektlar - bular barchasi xalqaro turizmni rivojlantirishga juda qulay shart-sharoitlarni tug‘dirdi. 1990 yillar boshida Fors qo‘ltig‘idagi (Iroq-Eron urushi), O‘rta yer dengizining Shimoliy-sharqiy qismi (Yugoslaviya), Shimoliy Afrikadagi harbiy mojarolar xalqaro turizm taraqqiyotiga anchagina ta’sir ko‘rsatdi. Davlatlar o‘rtasidagi urushlar, kelishmovchiliklar, munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi. Bu borada xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, qisman aviakompaniyalar juda katta moddiy zarar ko‘ra boshladilar. Ularning ayrimlari esa bankrot darajasiga tushib qoldilar. Umuman olganda, XX asrning 90 - yillarida xalqaro turizm biroz susayib, uning o‘sish sur’ati o‘rtacha 4 foiz atrofida kuzatiladi. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri-bu xalqaro terrorizm va eksteremizm bo‘lib qolmoqda. 2001 yil 11 sentyabrda terroristik harakatlar birgina AQSH turizmga emas, balki butun jahon turizm rivojlanishiga berilgan qattiq zarba bo‘ldi. Terroristik harakatlar oqibati natijasida birgina AQShga kelib- ketuvchi turistlar soni 12,6% qisqardi. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi juda ko‘pgina turistik kompaniyalar, firmalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar bankrotlik darajasiga tushib qoldilar. BTT ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda xalqaro turizm yana o‘z mavqiyeni saqlab qolishga qodir bo‘ldi. Uning evaziga butunjahon yalpi milliy mahsulotning 6 %, xalqaro investitsiyalarning 7 %, dunyo iste’mol harajatlarining 11 % va soliqlar tushumining 5 % to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ishlayotgan ishchilarning 13 tadan biri turizm industriyasida, Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida esa har bir 15 ishchidan biri turizm biznesi bilan banddir. Terrorizm, tabiiy ofatlar, inson salomatligi uchun qo‘rquv, xavf-xatarlar, jahon bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi, valyuta kursining o‘zgarishi, iqtisodiy inqirozlarga duch kelishi va siyosiy barqarorsizlik, ekologik vaziyatlarning keskinlashuvi va bir qator global (olamshumul) muammolarning kuchayishi xalqaro turizm industriyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramasdan xalqaro turizm sohasi jahon iqtisodiyotida borgan sari o‘z mavqiyeni saqlab qolmoqda. Dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro turizm ommaviylashib va turistlar kelishi oshib bormoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra eng ko‘p miqdordagi turistlarning kelishi Yevropa mamlakatlari. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va Yaqin Sharq mintaqalarida kuzatiladi. Turizmning dunyo bo‘yicha mintaqalarda eng yuqori o‘sish darajasi Afrika mamlakatlarida kuzatilmoqda. Undan so‘ng Yaqin Sharq, Osiyo Tinch okeani mintaqasi, Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropa mintaqasi egallaydi.
Yevropa geografik jihatdan G‘arbiy Yevropa, Markaziy (Sharqiy) Yevropa, Shimoliy Yevropa va Janubiy (O‘rta Yer dengizi bo‘yi) Yevropa qismlariga bo‘linadi. Xalqaro turizmda hamon u dunyo turizmning eng asosiy mintaqalaridan bir bo‘lib qolmoqda (54,8%). Buning asosiy sabablaridan biri mintaqada xilma-xil rekreatsion (tabiiy, madaniy-tarixiy) resurslarning mavjudligi, ikkinchidan turizmning rivojlanishi uchun qo‘lay ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmalar omillari (yuqori darajadagi turmush tarkibi, shahar aholisi salmog‘ining yuqoriligi, transport tarmoqlarining ser qatnovligi)dir. Yana mintaqaning geografik joylashish omili, ya’ni ko‘pgina dunyo mamlakatlariga quruqlik, suv yo‘llari bilan chiqish imkoniyatlarining mavjudligidir. Ushbu mintaqaning eng muhim xususiyatlaridan biri ichki mintaqaviy turistik oqimning ustunligidir. Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlarning qariyib 9/10 qismi yevropalik aholidir. Fransiya hozirgi kunda Yevropada eng ko‘p turistlar kelib ketuvchi mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Fransiyaga kelib-ketuvchi turistlarni jalb etuvchi asosiy turistik resurslar mamlakatning xilma-xil, boy tabiiy resurslari (Alp tog‘lari, Yassi tog‘lar, karst platolari, past tekisliklar, daryo vodiylari, yam-yashil o‘rmonlari)dir. Parij shahri mamlakatda turistlarning kelishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Shaharda dunyoga mashhur bo‘lgan Eyfel minorasi, Notr-Dam ibodatxonasi, eng yirik Luvr muzeyi, Napolyon Bonapart qabri, Lyuksemburg va Tyuirli bog‘lari, Disleylend ko‘ngil ochar, dam olish manzilgohlari, ilm – fan markazi Lya Vilett shahri kabilar beqiyos, son-sanoqsiz sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. Yevropada xalqaro tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni bo‘yicha Fransiyadan keyingi o‘rinni Ispaniya davlat egallaydi. Ispaniya xorijiy sayyohlarga plyajlari, dam olishdan tashqari keng ko‘lami ekskursiya dasturlarini taklif qilib kelmoqdalar. Mamlakatdagi asosiy turistlar oqimi Salvador Dali teatr muzeyi (Fregeyros sh.), Prado muzeyi (Madrid sh.), Ispaniya qiroli rezidensiyasi (Ekskorial sh.), ochiq osmon shahar – muzeyi (Toledo sh.)lariga yo‘naltirilgan.
Keluvchi turistlar umumiy soni bo‘yicha Yevropada Italiya davlati uchinchi o‘rinni egallaydi. Italiya o‘zining xilma-xil arxitektura yodgorliklari, madaniyati, rassomlik, haykaltaroshlik san’ati bilan dong taratgan mamlakatdir. Italiyaga ko‘proq Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Harvatiya, Sloveniya, Serbiya va Chernogoriya mamlakatlari fuqarolari tashrif buyurishadilar. Mamlakatda turistlar ko‘proq Venesiya, Florensiya, Pizu, albatta Rim shaharlariga borishga intiladilar. Turistlarning to‘xtovsiz oqimi Vatikanga borib ziyorat amallarini bajo keltirish uchun harakat qiladilar. Yevropada xorijiy sayohatga chiquvchi davlatlar o‘rtasida Germaniya alohida o‘rin egallaydi. Bu yerda chet ellarga chiquvchi turistlar soni yiliga o‘rtacha 5 % ga o‘smoqda. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya turistlarning xorijiy sayyohatga chiqishi 2020 yilga borganda ikki barobarga o‘sishi kutilmoqda va uning umumiy soni 163,5 mln. kishi (chiqishi)ga teng bo‘lishi mo‘ljallangan. So‘ngi yillarda turistlarning chet ellarga sayohatga chiqishi bo‘yicha Chexiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya kabi mamlakatlarni orqada qoldirib ketdi. Turizm Polsha, Vengriya, Ruminiya, Sloveniya kabi mamlakatlarida ham tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Osiyo turizmi. Osiyo yer sharining eng katta qit’asi bo‘lib, uning maydoni 43,5 mln. kv. km. ga yaqin. Aholisi 3,8 mlrd. kishi. Osiyo tabiati nihoyatda xilma- xilligi bilangina emas, balki keskin tafovutlari bilan ham ajralib turadi. Yer sharidagi eng baland tog‘ cho‘qqisi – Jomolungma (8848 m) va quruqlikdagi eng chuqur botiq O‘lik dengizi (-395 m) shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi (Oymakonda) va Mesopotamiyaning jazirama issiq o‘lkalari shu yerdadir. Osiyoda yer yuzasining 3/4 qismi yassi tog‘liklardan, tog‘liklar va tog‘ tizmalaridan iborat bo‘lib, tez-tez zilzilalar takrorlanib turadi. Xalqaro turizm bozorida Osiyo – Tinch okeani turizmi juda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan mintaqalardan hisoblanadi. Uning salmog‘i 19,2 % ga ko‘paydi. Mintaqaga keluvchi turistlarning o‘sish darajasi 7,6 % ni tashkil qiladi. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi o‘zining takrorlanmas rekratsion resurslari va tabiat manzaralari bilangina emas, balki yuqori darajadagi servis xizmati bilan ham alohida ajralib turadi. Mintaqada turizmga sarflanadigan harajatlar miqdori Yevropa va Amerikaga nisbatan anchagina kamligi bilan haraterlanadi. Ushbu mintaqa uchun harakterli bo‘lgan alomat Yevropa singari ichki turizmning ustunligidir. Hozirgi kunda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi xalqaro turizm bozorida Xitoy alohida o‘rinni egallaydi. Uning evaziga butun mintaqaga keluvchi turistlarning 1/3 qismi, Syangan (Gonkong) va Tayvanni birgalikda qo‘shib hisoblaganda esa 50 % to‘g‘ri keladi. Xitoy turizmi o‘tgan asrning 70- nchi yillaridan boshlab rivojlana boshladi, qaysikim Xitoyda iqtisodiy islohatlar ya’ni «ochiq eshik» siyosati amalga oshirilishi bilan tub o‘zgarishlar ruy berdi. Xitoyga keluvchi turistlarning aksariyat qismi Yaponiya va AQSH mamlakatlari fuqarolaridir. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha «Yangi industrlashgan (sanoatlashgan)» mamlakatlar, jumladan: Syangan (Gonkong), Malayziya, Singapur, Tailand, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Tailand kabilar ham faollik ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda xalqaro turizmning ishga aloqador sohasi rivojlanib bormoqda. Tailand o‘zining ekzotik tabiati bilan ko‘p mingli turistlar guruhini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan (Gonkong), Singapur kabilar o‘zining ko‘ngil ochar turizm sohasi bilan mashhur bo‘lib bormoqda. Yaponiya mintaqadagi eng rivojlangan turistik davlatlardan biridir. Bu yerga tashrif buyuruvchi turistlarning ko‘pchiligi dam olish, ko‘ngil ochishni ma’qul ko‘rishadi. Yaponiya ko‘ngil ochish turizmi bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bir qator mamlakatlar, jumladan, V’etnam, Laos, Kambodja, Mongoliya kabilar ham xalqaro turizm biznesida o‘z o‘rnini tompoqda. Amerika turizmi. Uning umumiy yer maydoni 42,1 mln. kv. km. bo‘lib, aholisi 850 mln. kishiga yaqin. Amerika uch qismdan - Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat bo‘lib xilma-xil tabiat zonalari va iqlim poyaslariga bo‘linadi. Keyingi yillarda Amerika xalqaro turizm bozorida (turistlar kelishi-ketishi va daromad miqdori sohasida) biroz o‘z mavqiyeni pasaytirgan bo‘lsada, hamon u turizm uchun o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan emas.
Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog‘i 16,6 % ni tashkil etadi. Amerika turizmning rivojlanishiga 2001 yil 11 sentyabrda AQShda terroristik harakatlarning ruy berganligi katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada mintaqaga keluvchi turistlar sonining o‘sishi 2001 yilda 4 % dan, 2002 yilda o‘sish 0,6 % ga tushib ketdi. Bunday hol 2003 yilda (-1 %) ham qaytadan takrorlandi. Mintaqada xalqaro turizm hajmining qisqarishiga qaramasdan Shimoliy Amerika mintaqasi hamon jahon turizm bozorida o‘zining tutgan o‘rnini (15,7 %) pasaytirgani yo‘q. Amerika mintaqasi uchun turizmning guruhlashgan shakli harakterlidir. So‘nggi yillarda Amerikaning Karib havzasi, Markaziy Amerika va asosan Janubiy Amerika turizmining mavqei tobora ko‘tarilib bormoqda. Amerikada, xuddi Yevropadagidek singari turistlar oqimining eng ko‘p qismi mintaqa ichki turizmiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, intensiv turistik oqim Shimoliy Amerikada: AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari o‘rtasida kuzatilinadi. Qaysikim, eng ko‘p turistik oqim BTT ma’lumtlariga ko‘ra, AQShdan Meksikaga kelishadi. Bu esa dunyodagi eng ko‘p turistlar tashrifi oqimi bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda o‘rtacha yillik keluvchi va ketuvchi turistlar soni 46-47 mln. kishini tashkil qiladi. BTT ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakda amerikalik turistlarning Yevropa, Osiyo-Tinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama sayyohlik aloqalari kuchaya borishi ko‘zda tutilgan. Afrika turizmi. Afrika umumiy maydoni 30,3 mln. kv.kmga teng. Aholisining umumiy soni 900 mln. kishiga yaqin. Mintaqa siyosiy haritasida hammasi bo‘lib 56 ta endi rivojlanayotgan davlatlar bor. Afrika xalqaro turizm sohasi bo‘yicha unchalik yuqori o‘rinni egallamaydi. Uning xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha boru-yo‘g‘i 4,6 % ni egallaydi. Eng ko‘p tashrif buyuruvchi turistlar Jazoirga, Marokko va Tunisga to‘g‘ri keladi. Afrikaning janubiy qismidagi mamlakatlarda, jumladan Kongo, Svazilend, Gambiya, Senegal kabilar yuqori natijalarga erishdilar. Afrikadagi xalqaro turizmning eng muhim rivojlangan markazlaridan biri Janubiy Afrika Respublikasi ham o‘z natijalarini yaxshiladilar. Keniyada ham xalqaro turizm borgan sari rivojlanib bormoqda. Turizmga sarflanadigan investitsiyalar haqida va umuman investitsiyalar haqida gapirish uchun avvalo, xorijiy investitsiyalarning nima ekanligi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish kerak. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan “Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra O’zbekiston Respublikasida quyidagilar xorijiy investor bo’lishi mumkin:
- chet el davlatlari;
- xorijiy huquqiy shaxslar;
- xalqaro tashkilotlar;
- chet el fuqarolari. birlashmalari;
- O’zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari.
Mazkur qonunning 2-moddasiga ko’ra mulkiy qiymatlarning barcha turlari va ularga bo’lgan egalik huquqlari hamda chet el mulkiga bo’lgan huquqlar, xorijiy investorlar tomonidan ob’ektlarga xorijiy investitsiya bo’lishi mumkin. 2012 yilda mamlakatga 2017 mln AQSh dollari miqdorida, ya’ni o’tgan yillardagidan ikki marta ko’p jalb qilingan. YuNKTAD ekspertlari o’sish sur’atlaridagi 3%lik pasayishga qaramay, bu “sakrash”ning “iqtisodiyotdagi barqarorlikning o’sganligi” sababli ham yuz berganligini ta’kidlamoqdalar. Bu ko’rsatkich shuningdek, ularning fikricha, milliy korporatsiyalarning kelgusida bu ustunliklardan yanada qulayroq kelajakni kutishda foydalanish maqsadida Rossiyaga investitsiya sarflashga intilayotganliklarini ham aks ettiradi.