O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə17/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
dissertasiya ishim

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar


Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyalarini maqsad, vazifalari ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanib, uning mazmuni, shakli va usullari nazariy-amaliy tomonlari tahlil qilindi.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlariga doir siyosati va uning o‘ziga xos bo‘lgan mazmuni va xususiyatlari aniqlandi. Oilaviy tarbiya munosabatlarini forma va metodlari, omillari shakllantirildi. Ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiyani takomillashtirish vositalari amaliy jihatdan o‘rganildi, uni tavsiya qilindi.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini ilmiy-nazariy asoslari yordamida tamoyillar, xususiyatlar ishlab chiqildi. Bundan tashqari milliy mafkuramiz asoslari shakllantirilib, bevosita uni oilaviy tarbiya munosabatlarida, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tizimlaridagi tadbiqiy yo‘nalishlari o‘rganildi. Ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini nazariy-amaliy jihatdan asoslab, sxema berildi. Bunda asosan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, rus, tojik, turkman va afg‘on millatining o‘zaro munosabatlari qanday ekanligi aniqlandi.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarni takomillashtirish texnologiyalarining ta’siri, o‘rni va ahamiyati ilmiy asoslanib mezonlari aniqlandi, tadbiq etish modeli ishlab chiqildi. Ko‘p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish mazmuni, tajriba-sinov olib borish tavsiyalar berildi.

II. BOB. KO’PTILLILIK MUHITIDA YUQORI SINF O’QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART- SHAROITLARI .

II.1. Ko‘ptillilik muhitida yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash mazmuni.


O‘zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish, mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi iminjini, obro‘-e’tiborini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish va uni amalda bajarish kun talabidir.
O‘zbekiston tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadigan yana bir yo‘nalish sifatida jahon siyosiy va iqtisodiy tizimida yetakchi o‘rin tutgan modernizatsiya jarayonlari uchun kerakli ilg‘or texnologiyalar manbai sinalgan, sanoati rivojlangan G‘arb davlatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlik, rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratilgan.
Tashqi siyosatimizning yana bir asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga global siyosiy va iqtisodiyotda tobora asosiy o‘rinlardan birini egallab borayotgan Osiyo Tinch okeani mintaqasi tushunchalari kiritilgan.
Tashqi siyosatimizning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan yana bir sifatida O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy faoliyatidagi ishtiroki ko‘rsatilgan va asoslangan. Albatta bu yo‘nalishda BIrlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan bo‘lgan aloqalar nazarda tutilgandir. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda BMTni global havfsizlik va barqarorlikni saqlab turish, davlatlararo dolzarb muammolarni hal etish borasidagi yagona universal tashkilot deb biladi. Ma’lumki biz uchun barqaror rivojlanish “Ming yillik taraqqiyot maqsadlari , Markaziy Osiyo mintaqasidagi qator masalalarni, xususan, ekologik muammolarni hal etish sohalarida BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorlikni izchil davom ettirilayotgani.
BMT tizimidagi ixtisoslashgan tashkilotlar qatorida O‘zbekiston, BMT taraqqiyot dasturi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, sanoat, ta’lim tizimlari tashkiloti (FAO), jahon sayyohlik tashkiloti va boshqa tegishli tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
Bundan tashqari, shuni alohida ta’kidlash joizki, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa shu kabi xalqaro tashkilot hamda uyushmalar faoliyatida faol ishtirok etish ham mamlakatimiz milliy manfaatlariga mos keladi, tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari O‘zbekiston o‘z milliy manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yetakchi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan, avvalombor, jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, jahon savdo tashkilotlari va boshqalar bilan aloqalarni rivojlantirishda davom etgan, davom etib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida onalar va yuqori sinf o’quvchilarini e’zozlash butun jamiyatning vazifasiga aylandi, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqligi ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasi, Fuqarolik kodeksining 17-moddasida, oila kodeksining 2-moddasi, mehnat kodeksining 6-moddasida xotin-qizlarning jamiyatda tutgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy o‘rni belgilab berilgan. Mamlakat rahbarining 1995 yil 2-martdagi hamda 2004 yil 25-maydagi Farmonlari bilanxotin-qizlarning davlat va jamoat qurishidagi rolini yanada oshirish choralari ko‘rildi. Shuningdek, mamlakatimizda 10 mingga yaqin fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida - umum ta’lim maktab fuqarolar yig‘inlarida diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlari tashkil etildi. Qishloq joylaridagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida hamda yuqori sinf o’quvchilari va o‘smirlar sport ustozi bo‘lib ishlayotgan ayollarning ta’rif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorida ustama haq to‘lash belgilangan.
Shu narsa ma’lumki, deyarli barcha bobolarimizning onalari, qizlari o‘qimishli bo‘lishgan. Ibn Sinoning onasi Sitorabonu ham, Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim ham, Navoiy bobomizning volidasi ham, Bobur Mirzoning onasi Qutlug‘ Nigoraxonim ham o‘z zamonasining yetuk bilim egalari edilar. O‘tmishda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimizdagi, yiroq qishloqlaridagi deyarli barcha umum ta’lim maktabda otinoylar bo‘lgan, ular o‘z uylarida maktab ochib, qiz yuqori sinf o’quvchilariga savod o‘rgatishgan. Mumtoz adabiyotimizning vakillari bo‘lish shoirlarimizga otinoylar muallimlik, murabbiylik va ustozlik qilishgan. X asrdayoq Turkistonda dongdor shoiralarimiz yetishib chiqqani bilan Faxrlansak arziydi. X asrda yashab, ijod etgan Robia Balxiy, XI asrda yashagan Oysha Samarqandiy, XII asrda yashagan Munisa, XIII asrda yashagan Mutriba begimlarning nomlari ajoyib shoiralar sifatida tarixda qolgan. Mehriy, Nihoniy, Iffatiy, Shamila, Gavharbegim, Dilshod Xotut kabi shoirlarimiz esa Alisher Navoiyga zamondosh bo‘lishgan. Boburiylar xonadoniga mansub sohibali devon Zebinisobegim, Gulruhbegim, Nurjahon, Jahonoro, Salima kabi o‘nlab shoirlari “Boburnoma”ning uzviy davomi bo‘lish “Humoyunnoma”ning muallifi Gulbadanbegim ham ilk saboqni otinoylardan olishgan shoira va otin Uvaysiy shoira va Malika Nodiraning ustozidir. Shoira Anber otin qanchalab marg‘uba qizlarning savodini chiqazgan. Muazzamxonim, Nozimaxonim, Qambarniso kabi o‘nlab shoiralarimiz ham umum ta’lim maktab maktablarida Otinoyilar qo‘lida ta’lim olganlar1.
O‘zbek ayollari qadim-qadimdan o‘zining ibosi, oriyat, or-nomusi bilan o‘zgalarga o‘rnak bo‘lgan. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerakki, o‘zbek ayollari jamiyatni poklantiruvchi kuch bo‘lishgan. Shuning uchun ham, sharq, xususan, o‘zbek ayollariga chuqur hurmat bajo keltirilgan. Muborak hadislarda “Jannat - onalarning oyog‘i ostidadir”, deb aytilishining boisi ham shundandur. O‘zbek ayollari qadimda to‘rt devor ichida o‘tirgan bo‘lsalar-da, biroq ular davlat rahbarlari, oila boshliqlariga to‘g‘ri siyosatni tanlashda, uni adolatli ravishda amalga oshirishda yelkadosh bo‘lishgan.
O‘qimishli, ma’rifatli ayollarimiz xo‘jalikni, oilani saramjom-sarishta tutishda, farzand tarbiyasida, oila deb nomlangan qo‘rg‘onni turli fisqu fasodlardan, tahdidlardan saqlashda, uning muqaddasligi va sofligini ta’minlashda erkaklar bilan teng faoliyat ko‘rsatishganlar. O‘zbek ayollarining jamiyatdagi o‘rnini bobomiz Mir Alisher Navoiy klasik shaklda bayon etgan. U: “Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq: Pok xotunlar oyog‘ining izi”1, - deydi. Haqiqatan ham, yaxshilik, ezgulik, tinchlik-omonlik, bag‘rikenglik, birovlarga, eng avvalo, o‘zining yaqinlariga mehr ulashish bobida ayollarga teng kelib bo‘lmaydi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin