O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


III BOB. KO’PTILLILIK MUHITIDA YUQORI SINF O’QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA \TAYYORLASH SAMARADORLIGI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
dissertasiya ishim

III BOB. KO’PTILLILIK MUHITIDA YUQORI SINF O’QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA \TAYYORLASH SAMARADORLIGI .......................
III.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazishning maqsad va vazifalari .......................................................................................
III.2. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari va matematik-statistik tahlili ............................................................................................
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar ............................................................
XULOSA VA TAVSIYALAR .............................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .........................
ILOVALAR ...............................................................................................

KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Dunyo hamjamiyati rivojlanishining har qanday bosqichida jamiyat a’zolari o‘rtasida millatlararo totuvlik va hamkorlikni ta’minlash masalasi har bir davlatning barqaror taraqqiy etishining asosiy omili hisoblanadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi va global jarayonlarning kuchayib borishi, xalqaro ekstremizm va terrorizm kabi salbiy harakatlar avj olgan sharoitda millatlararo totuvlikka erishish, jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar mustahkamligini saqlash masalasi jahonning barcha mamlakatlari uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ko‘ptillilik muammosi va mazkur jarayonda har bir millat huquqlarini himoya qilish, ularning taraqqiy etishini ta’minlash hamda ushbu holatda oilaviy tarbiya jarayonlarini takomillashtirish demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining barqaror rivojlanishi kabi hozirgi zamon fundamental falsafiy masalalarini tadqiq qilishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon fanining rivojlanishida va shaxsning ijtimoiy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda ko‘ptillilik va millatlararo tolerantlikning o‘rni, polilingvizmning oila tarbiyasini takomillashtirish, milliy urf-odatlarni hurmat qilish, yoshlarda ularga nisbatan ijobiy munosabat tizimini shakllantirish hamda jamiyat a’zolari o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati katta. Chunki ko‘ptillilik muhitida turli etnoslar, sinflar, kishilar guruhlari o‘rtasida millatlararo bag‘rikenglikning mavjudligi xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy tillari va madaniyatlarini saqlab qolish huquqini muhofaza qilishni tasdiqlaydi, shuningdek, u butun jahonda tinchlik va barqarorlikni saqlashning zarur sharti hisoblanadi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining bag‘rikenglik madaniyati va insonparvarlik xususiyatlarini rivojlantirish, millatlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni ta’minlashdan iborat bo‘lib kelmoqda. Ushbu jihat milliy qomusimizda ham o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari, rasm-rusumlari va udumlari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi1, degan qat’iy qoida belgilab qo‘yilgan. Yurtimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari uchun barcha kerakli shart-sharoitlar yaratib berilgani, milliy tili, o‘ziga xosligi, an’analari va urf-odatlarini saqlab qolish va rivojlantirish masalalarining huquqiy jihatdan to‘liq ta’minlanganligi ushbu konstitutsiyaviy kafolat samarasidir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda turli millatlar vakillari o‘rtasida do‘stlik, ahillik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ularning madaniyatini, tarixini, madaniy-ma’rifiy tajribalari, oila-nikoh jarayonlari va unda oilaviy tarbiya masalalarini o‘zaro aloqadorlikda, do‘stona munosabatda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Zotan, “Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqdalar. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari muhim rol o‘ynamoqda”2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son3, 2017 yil 19 maydagi 5046-son “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni4, 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»5gi va 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni6, 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4944-son Farmoni7, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori8lari hamda mazkur sohaga taalluqli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin