O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
dissertasiya ishim

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
oilaviy tarbiya munosabatlarini baholashning diagnostik tizimi ishlab chiqilgan;
ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning ilmiy-metodik ta’minoti yaratilgan;
ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi muammoni o‘rganishda falsafiy, metodologik, metodik, pedagogik va psixologik yondashuvlarga hamda ko‘ptillilik muhiti mazmuni, oilaviy tarbiyani tashkil etish bo‘yicha olib borilgan respublikamiz va chet ellik olimlarning tadqiqot ishi natijalariga asoslanganligi; tadqiqot maqsadi va vazifalariga mos keluvchi, o‘zaro bir-birini to‘ldirib boruvchi tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi; tahlil va tadqiqot tavsifining miqdori, shuningdek, sifat jihatidan ta’minlanganligi; tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi hamda olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati “polilingvizm”, “ko‘ptillilik muhiti”, “oila tarbiyasi”, “individual tarbiya paradigmasi”, “ijtimoiy tarbiya paradigmasi” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatining yoritib berilganligi, ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish jarayonlari tuzilmasining aniqlashtirilganligi, oilaviy tarbiya mazmunining konseptual, pedagogik, sotsiologik va psixologik asoslarining belgilab berilganligi, ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning ko‘ptillilik muhitiga asoslangan ijtimoiy-pedagogik modelining ishlab chiqilganligi, oilaviy tarbiya munosabatlarini baholashning diagnostik tizimi ishlab chiqilganligi hamda ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish kabi didaktik shart-sharoitlarning aniqlashtirilganligi bilan belgilanadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin