O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga annotatsiyasi)



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
dissertasiya ishim

KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasiga annotatsiyasi)
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda xalqaro tashkilotlar, xususan, YUNISEF tomonidan ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy va madaniy huquqlarini himoya qilish, innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlashda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning pedagogik tizimlarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Jahon amaliyotida ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish, g‘oyaviy va ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yukori sinf O’quvchilarining hayotiy ideal motivatsion faoliyati komponentlarini takomillashtirish, ijtimoiy hamkorlik vositasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy tabaqalashgan o‘smirlar integratsiyasi va ularni jamiyatga moslashtirish masalalari dolzarblik kasb etmoqda.
Respublika iqtisodiyotining barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan, xalqimiz turmush darajasi ortib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgani diyorimizda yashayotgan har bir insonga mamnuniyat tuyg‘usini baxsh etayotgani shubhasiz. Bunday yutuqlar negizida, avvalambor, xalqimizning fidokorona mehnati va bunyodkorlik salohiyati, odamlarimizning ongi va tafakkuri, hayotga munosabati o‘zgarayotgani, ular o‘zini shu yurtning haqiqiy egasi deb his etayotgani mujassamdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari, rasm-rusumlari va udumlari hurmat qilinishi-ni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi”. Yurtimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari uchun barcha kerakli shart-sharoitlar yaratib berilgani, milliy tili, o‘ziga xosligi, an’analari va urf-odatlarini saqlab qolish va rivojlantirish masalalarining huquqiy jihatdan to‘liq ta’minlanganligi ushbu konstitutsiyaviy kafolat samarasidir.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari yagona oila farzandlaridek yashab, mehnat qilib kelmoqda. Shuningdek, ular orasida har xil millatlarga mansub aholi mavjud bo‘lib, ular ham mamlakatimizning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega. O‘zbekiston qonunlarida belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari, manfaatlari to‘liq ta’minlangan. Ta’lim olishlari, mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar asosida “-uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish va sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, jumladan jismoniy sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” muhim ahamiyatga ega. Bu borada xalqimizning intellektual boy ilmiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida milliy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning samarali tizimini takomillashtirish hamda yana shu maqsadga xizmat qiluvchi allomalar asarlari, fikrlari, g‘oyalari va idroklari vositasida o’quvchilarda ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyasini ilmiy-uslubiy jihatdan asoslash zaruriyatini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 8 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsep-siyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonlari va 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsep-siyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda mazkur ko‘ptillilik muhitidagi oilaviy tarbiya munosabatlarini shakllan-tirish texnologiyasi nomli dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin