Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish umum ta’lim maktabda yuqori sinf o’quvchilarining hayotiy ideal diagnostikasi hamda tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi mezonlar (mustaqil hayotning mohiyati, oila va jamiyatda erkakning burch va vazifalari, yigitlik g‘ururi, mardlik, jasorat, qahramonlik, kasb-hunarga qiziqishi) o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
oila va umumta’lim maktabda yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlashga ustuvorlik berish asosida sifat va samaradorligini ta’minlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar takomillashtirilgan;
umumta’lim maktabda yuqori sinf o’quvchilarining bo‘sh vaqtlarini geografik-demografik imkoniyatlar doirasida tashkil etishga qaratilgan “Yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlash” fakultativ kursi mazmuni o‘smirlar motivatsion faoliyati komponentlari vositasida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlashda oila – umum ta’lim maktab – ta’lim muassasasining pedagogik hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari.Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini turli millat (afg‘on, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va h.k.)lar orasida o‘tkaziladigan suhbat, anketa, munozara hamda do‘stona olib boriladigan muammolarni takomillashtirish texnologiyalarini o‘zlashtirilganligi:
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlari omillar, tamoyillarini ilmiy-uslubiy jihatdan modeli ishlab chiqilganligi;
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlari orqali, metodlari, mezonlari ilmiy-uslubiy asoslanganligi;
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini shakl, usul va vositalarini shakllanganligi;
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini tuzilishi, mazmuni va xususiyatlari, taklif va tavsiyalar sifatida berilganligi;
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini tajriba-sinov orqali, har bir millatlar uchun o‘zaro munosabatlarini ilmiy-uslubiy tomonidan alohida-alohida test-so‘rovnomalari yordamida aniqlash metodlarini ishlab chiqilganligi.