I.1 Ko‘ptillilik muhitida yuqori sinf o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash dolzarb pedagogik muammo sifatida .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonlari va 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsep-siyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qarorlari, ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyalarini amalga oshirshda katta imkoniyat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” va boshqa me'yoriy hujjatlarida ta'kidlaganidek, “Odamlar bilishi kerak, oila muqaddas biz uchun. Oilani saqlab qolmasak, biz o‘zligimizni yo‘qotamiz”. “Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar hozirgi davrning talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin.... Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. Binobarin, oilaviy tarbiya masalalariga ilmiy yondashish mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab bergan harakatlar strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning shart-sharoitlarini belgilab berish muhim vazifalar qatoridan o‘rin oladi. Darhaqiqat umum ta’lim maktab, tuman, shahar va viloyatlar, mamlakatlar ham oilalardan tashkil topadi. Demak, oilaning jamiyatdagi muhim o‘rni, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ahamiyati, qadr-qimmatini anglash va shu ijtimoiy pedagogik vazifalarni amalga oshirish bugungi dolzarb masaladir.
Mustaqillikka qadar oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga yetarli e’tibor berilmay, maktab, oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalarida o‘smir yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, kelajakda o‘zlari ota-ona sifatida farzand tarbiyalashlari, oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish, sog‘lom turmush tarzini barpo etish kabi juda ko‘p masalalar tadqiqotchilarning nazarlaridan chetga qolgan.
Yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga Respublikamizda mustaqillik yillaridagina har tomonlama e’tibor berilib, bunga oila bilan bir qatorda maktab, umum ta’lim maktab, o‘quv yurtlari, jamoat tashkilotlari tomonidan har bir fuqaroning mas'ulligiga e’tibor qaratildi va oila muammosiga davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ma’lumki, sog‘lom oilaning asoslariga oilada er-xotinning o‘zaro munosabati, ularning farzandlariga, farzandlarining ota-onalari, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlari, jamiyatga nisbatan burch va mas'uliyatlari kiradi. Yoshlarning ko‘pchiligi aynan talabalik yillarida yoki uning yakunida oila qurganlari tufayli ham oila-nikoh munosabatlarida, oila a'zolari bilan muloqotda yuqori darajadagi ma'naviy-axloqiy va pedagogik-psixologik tayyorgarlik, turmush madaniyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik yoshlar bunday munosabatga kirishishga hali tayyor emaslar.
Oilaviy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi”da belgilab qo‘yilgan. “Oila to‘g‘risida”gi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha aʼzolarining masʼulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila aʼzolari oʼz huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini taʼminlashdan iboratdir.
Har bir fuqaroning faqat bitta nikohda bo‘la olishi, u har ikki tomonning roziligi bilan sodir bo‘lishi, shaxsiy va mulkiy teng huquqlilikka ega bo‘lishi, majburiyatlarda teng huquqlilik, oilaning davlat tomonidan muhofaza etilishi, onalikning muhofaza qilinishi va rag‘batlantirib borilishi, o‘zaro munosabatlar davlat tomonidan huquqiy tartibga solinishi kabi nikoh va oila qoidalarini bilib olishlari va unga rioya qilishlari talab etiladi.
Yoshlarning ixtiyoriy ravishda nikohdan o‘tishi, majburiy nikoh tuzish “Oila kodeksi”da ta’qiqlanganini bilish muhim.
Yoshlar bilishi zarur bo‘lgan yana bir masala - bu necha yoshdan oila qurish mumkinligi. Albatta, yoshlar, qizlar 17-18 yoshda balog‘atga yetadilar, lekin ba’zi qizlar jinsiy balog‘atga yetganlari bilan hali ko‘p jihatdan oilaviy turmushga ijtimoiy, ma’naviy, maishiy tomondan tayyor bo‘lmaydilar, farzand tarbiyasidagi tajribasizlik ular oilasining darz ketishiga olib kelishi mumkin. Yoshlarning ko‘pchiligida oilaviy hayot talabalik yillaridan boshlanadi, ayniqsa qizlarga og‘irlik qiladi va salbiy oqibatlarga olib keladi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda faqat qizlarga e’tibor berilib, yigitlar nazardan chetga qolmoqdalar. Agar yigit ham oilaviy hayotga tayyor bo‘lmasa, ular qurgan oila mustahkam bo‘lmaydi. Demak, yigitlarning ham ma’naviy yuksak, fikr doirasi keng, odobli bo‘lishi bilan birga salomatligini ham kuzatish alohida ahamiyatga egadir. Qizlar bilan bir qatorda yigitlarni ham nikohdan avval salomatliklarini nazoratdan o‘tkazish ular qurgan oilaning kelajakda buzilishiga sabab bo‘luvchi omillarni oldini olishga yordam beradi. Oila qurayotgan yigit va qizlar voyaga yetgan oilalarning muvofiqligi ham katta ahamiyatga ega, ya’ni oilalar o‘rtasidagi tenglik - bu nasl-nasab, ijtimoiy mavqei jihatdan bilimi va saviyasi, did-farosat, iymon-e’tiqod, mulkdorlikda bir-biriga muvofiq bo‘lishi, aks holda bunday nikohdan so‘ng, albatta, oila juda ko‘p kelishmovchiliklar sodir bo‘lib, buning oqibati ham ajralish bilan tugashi yoki bir tomonning xiyonatiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham yoshlar oila qurgunga qadar oilaviy hayotga ma’naviy- axloqiy, psixologik-pedagogik jihatdan tayyor, yetarli turmush madaniyatiga ega bo‘lsalar, oila mustahkam va barkamol bo‘ladi. Buning uchun esa yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga, avvalo, bu hayot haqidagi tasavvurlarni shakllantirish zarur. Turli yosh va jins vakillarida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi, shaxs va guruhlarning hayot tarzi, ma’lumoti, tajribasi, kasb-koriga bog‘liqligini tadqiq etar ekan, oilada ayol va erkakning ijtimoiy-psixologik mavqeui, er-xotinning oilada farzand tarbiyasiga ta’siri, yoshlarda to‘g‘ri, maqbul oilaviy - ijtimoiy tasavvurlarning shakllanish shart-sharoitlari va psixologik omillarini yoritadi. Shu bilan birga, nikoh va oila, nikoh yoshi, o‘zbek oilalarining milliy qadriyatlari, oilaning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydigan shaxsiy xislatlari, har ikki jinsga taalluqli xislatlar va ularning namoyon bo‘lishi shartlari, oilada erkak va ayol maqomi, yuqori sinf o’quvchilari soni, ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, oila yumushlariga jalb etish yo‘llari haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqqan. Lekin bu tasavvurlarning shakllanishi jamiyatdagi o‘zgarishlar, ijtimoiy muhit va ana shu muhitda qabul qilingan rasm-rusum, urf-odat va an'analar, har bir oilada o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xosligi, oilada yuqori sinf o’quvchilari soni, ota-onalarning ma'lumot darajasi, ularning oiladagi obro‘si, mavqeiga bog‘liq bo‘lishi ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda asosiy e’tiborni sevgi-muhabbat, oila, uning xususiyatlari, oilaviy muammolar, ayniqsa, ajralish, yuqori sinf o’quvchilari o‘limi, farzandsizlik sabablari, iqtisodiy-xo‘jalik ishlarini yurita olmaslik, oilada tarbiya muammolari, oila a'zolarining kommunikativ vazifalari, bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalana olmaslik, oilada er va xotinning biologik, psixologik, sotsial turmushi, axloqiy-psixologik muhit va unga ta’sir etuvchi omillar, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar va ularning qonuniyatlari, jinsiy tarbiyaning ta’siri haqidagi masalalariga qaratadi. Oila jamiyatning kichik negizi ekanini, uni iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatiga tayyorlash muhim. Oilada sarf-xarajat, kirim va chiqimni muvofiqlashtirish, uy-ro‘zg‘or ishlarini to‘g‘ri taqsimlash, bu ishda oila a’zolarining fe’li, mijoziga e’tibor berish, yuqori sinf o’quvchilariga mehnatga qiziqish uyg‘otish, uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritishni yuqori sinf o’quvchilariga o‘rgatish yoshlarini oila qurgandan keyin ro‘zg‘or tebratishda iqtisodiy qiyinchiliklarni engib o‘tishga yordam berishini asosli dalillar bilan isbotlaydi. Ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilarining aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, jinsiy tarbiyasiga e’tibor berish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash poydevori avvalo oiladan boshlanadi, maktab esa uni rivojlantiradi, mustahkamlaydi. Oilaning kommunikativ vazifalari haqida fikr yuritar ekanmiz, yuqori sinf o’quvchilarining ota-onalari bilan bo‘lgan muomalalari ularning aqliy saviyasi, hissiy-emotsional holatining to‘g‘ri shakllanishi uchun nihoyatda zarurligi, ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta’sirini alohida qayd etish zarur va bunda televidenie, radio, matbuotning o‘rni ham bor. Shu bilan birga u oilada bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish, dam olishni to‘g‘ri tashkil etishda yuqori sinf o’quvchilarining sport bilan shug‘ullanish malakasini oshirish, ijodiy rejalarini ro‘yobga chiqarish, oilaning iqtisodiy-xo‘jalik muammolarini hal etish, mamlakat bo‘ylab sayohatlarga chiqish, san’at, badiiy adabiyot bilan oshno bo‘lishga o‘rgatish zarurligini, oila qurish arafasida turgan yoshlar bu mezonlardan xabardor bo‘lishlari lozim. Oila pedagogikasiga doir tadqiqotlarida o‘zbek oilalarida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-ruhiy holati hamda tarbiya imkoniyatlari, ota-onalarga pedagogik bilim berish masalalariga to‘xtalib, ota-onalar farzand tarbiyasida ana shu jihatlarga e'tibor berib o‘tishlari kerakligini milliy qadriyatlar hamda milliy o‘ziga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda tahlil etadi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, oila mustahkamligini ta'minlashda ularning ota-onalari saviyasi, turmush tarzi, xarakter xususiyatlari va nihoyat, kasb faoliyatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Kam yoki ko‘p bolali oilalarda bola tarbiyasi maktab, oila hamkorligi, ota-onalarga pedagogik bilim berish, tarbiyada milliy urf-odatlarimiz hamda an’analarimizga tayanish muammolariga, oila va maktabda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta'minlashga bog‘liq ekanki, bularning barchasi yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga ham taalluqlidir. O‘rta Osiyoda qadimdan oila boshliqlari farzandlarini uylantirishlari, uyli-joyli qilishlari kabi an’analar avloddan avlodga o‘tib, har bir yoshning ruhiyatiga singib ketgan. Insonni oilaviy hayotga tayyorlashning tarbiyaviy uslublari, ko‘rinishlari haqida ma’lum xulosaga kelar ekanmiz, uy xo‘jaligini boshqarishni o‘rganish, jinsiy tarbiya, ota-onalarga pedagogik bilim berish, umuman, ularni axloqiy jihatdan mukammal inson qilib tarbiyalashni asosiy yo‘nalishlarning mazmunida insonning o‘z oilasiga bo‘lgan mas’uliyati, faolligi, oilaviy burchini chuqur his etish kerak.
Oila va uning turlari, demografik taraqqiyot masalalarini tadqiq etar ekan, ayniqsa oila shakllanishining ijtimoiy-demografik omillari borasida muhim ma’lumotlar beradi. Bunday ma’lumotlar hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qimmatlidir. Chunonchi, keyingi yillarda yosh oilalarning (ularning aksariyati yosh turmush qurgan oilalardir) ajralib ketish holati yuz bermoqda. Buning sababini quyidagicha izohlaymiz:
1. Yigit-qizlarning erta, mustaqil hayotga ruhan tayyor bo‘lmay turib, ya'ni qizlar 17-18, yigitlar 18-19 yoshda, hali biror hunar yoki kasb-korga, oila tebratish malakasiga ega bo‘lmay turib oila qurishlari, ota-ona, akalarga qaram bo‘lish ham iqtisodiy, ham ma’naviy jihatdan kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi va ajralishlarga olib keladi.
2. Iqtisodiy jihatdan oilalarda yuz bergan muammolar natijasida ajralib ketishlar sodir bo‘ladi.
3. Yigitlarning nashavandlik, giyohvandlik, spirtli ichimliklar ichishga ruju quyishlari, ishsizlik, xiyonat kabilarga berilganliklari oilaning barqarorligiga salbiy ta’sir etib, ajralishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.
Lekin mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda oila masalasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etilishi, oilaviy hayotga tayyorlashga oid ilmiy-amaliy ishlarga e'tibor berila boshlanganligi bu boradagi muammoning asta-sekin hal etilayotganligini ko‘rsatmoqda.
Buni biz O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan qator tadqiqotlardan ham bilishimiz mumkin.
Oila va jamiyatning o‘zaro munosabati yoshlarga samimiy, mustahkam oilaviy munosabatlar haqida oldindan tushuncha berib borish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu narsa turli oilaviy ziddiyatlarning oldini oladi, o‘zaro bir-birlarini tushinish va hamkorlik qilish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi, buning uchun oilada yuqori sinf o’quvchilarini shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning yo‘llari, shakl va metodlariga milliy va umuminsoniy tajribalar asosida yondashadi. Bu borada milliy tarbiyaga oid an’analarimiz, ya’ni islomda oilaga va oilaviy tarbiyaga munosabat va uning yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashdagi o‘rni, Sharq mutafakkirlari merosidan, milliy qadriyatlar manbalaridan foydalanish hamda yuqori sinf o’quvchilarini oilada o‘zbek xalqining milliy an'analari asosida tarbiyalash lozim. Oila tarbiyasida maktab, oila, jamoatchilik hamkorligiga va ular faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga keng e'tibor beradi
Oila va oilaviy tarbiya muammosi juda ko‘p MDH va xorijiy mamlakatlar olimlarining ham diqqatini tortgan.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi kerak:
1)Umumijtimoiy yo‘nalish. Unda mustaqillik sharoitida oilaning oila-nikoh va demografiya sohasidagi holati, shuningdek, oila va uning jamiyatda tutgan o‘rni, oilada nikohlarning barqaror va to‘laqonli bo‘lishi, nikohsiz oila qurish va nikohi buzilayotgan oilalarning oldini olish, oilaning darajasi, oila, keksa oilalarning har birining o‘z maqomini saqlash va barqarorligi, ko‘p bo‘g‘inli oilalar turmush tarzi, bunday oilalarda bobo-buvi, ota-ona, nabiralarning o‘z o‘rni, oilada yuqori sinf o’quvchilari soni, ya’ni serfarzand, kamfarzand oilalar hayot tarzi haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhim. Bu jihatlar oilaning moddiy ta’minoti bilan birga tarbiyaviy tomonlarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, oilada turmush tarzi ijobiy bo‘lishi mumkin, ammo yuqori sinf o’quvchilari va ota-onalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ba’zida uning psixolog muhitiga salbiy ta’sir etadi. Yoki o‘zbek oilalardagi ko‘p bo‘g‘inlilik-bobo, buvi, ota-ona farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir etish bilan birga,oilada uy-joy taqsimoti, moddiy-maishiy tomondan qiyinchiliklar tufayli ziddiyatlar keltirib chiqarishi mumkin.
2) Oiladagi ruhiy muhit. Bu er-xotin, ota-ona va yuqori sinf o’quvchilari hamda ularni o‘rab turgan kishilar bilan o‘zaro munosabatdir. Bu oila a'zolarining his-tuyg‘ulari darajasi va bir-birlariga ta'sir etishlari, oila a’zolarining dam olishni qanday o‘tkazishlari bilan bog‘liq. Psixologik muhit past darajadagi oilalarda nikohning buzilishi, yuqori sinf o’quvchilarining oiladan bezishi, oilada ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
3) Oilaning ijtimoiy madaniyati darajasi. Bu jihat oila a'zolarining bilimi va oila turmush hamda tarbiyaviy tomonlariga ta'siri bilan belgilanadi. Bunday oiladagi ota-onalar oilaning eng yaxshi an'analarini davom ettiradilar, yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy, mehnat, huquqiy, estetik tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanib boradilar, oilada sog‘lom turmush tarzi yaratiladi.
4) Oilada bolaga munosabat darajasi. Bu uning qiziqishlariga bo‘lgan hurmat, e’tibor bilan qarashda namoyon bo‘ladi.
Oilalar yuqoridagi jihatlari bilan sog‘lom va nosog‘lom guruhlarga bo‘linadi. Hozirgi rivojlanayotgan sharoitda ba’zi yoshlar to‘g‘ri yo‘l topa olmay, yot ta’sirlarga berilib ketmoqdalar. Natijada oilada nosog‘lom muhit vujudga kelib, bu, avvolo, uning a’zolariga, ayniqsa, balog‘at yoshidagilarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shuning uchun ham bunday sharoitda oliy o‘quv yurtlarida ham yoshlarning ijtimoiy harakatiga ko‘proq e’tibor berish kerak. Chunki bugungi talaba ertaga oila rahbari yoki uning a’zosi bo‘ladi.
Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala yo’zasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgacha o’z ahamiyatini yuqotmagan. Ular «Nasixatnoma», «Pandnoma», «Xikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbaalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo’lishi, oila muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bog’liq ekanligi xaqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan xodisalar xikoya qilinadi. «Kaykovus Unsurulmaoni – 63 yoshida o’g’liga atab «Qobusnoma» yozib, unda o’zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Vasila Karimova “Oila ma’rifati” ushbu risola muallifining “Oila ma’rifati” ruknida chop etilayotgan risolalarining dastlabkisi bo’lib, bu bevosita oilaviy hayot bo’sag’asida turgan yoshlar hamda endigina nikox qurib, yaxshi niyatlar bilan turmush qurgan kuyov va kelinchaklarga mo’ljallangan. Unda asosiy e’tibor oila ilmining mazmun mohiyati, oila ma’rifatini tashkil etuvchi omillar va baxtli hayot kechirishni aslida hammaga ma’lum bo’lgan, lekin amalda har doim ham egallash oson bo’lmagan jihatlarga qaratilgan. Muallif “Oila ma’rifati”ga erishish, ya’ni kelin-kuyovlar, yoshlar hamda ularning ota-onalar savodxonligini oshirish orqali, oilaviy muhitda ma’naviy qadriyatlarni barqarorlashtirishga erishishni ko’zda tutgan. A.Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo xalkat, yo saodat- yo falokat” masalasidir degan fikri o’zbekning kun tartibidan tushmasligi lozim. Chunki avvalgiga o’xshab qariyalar keksalar yoshlarni odob axloqqa chaqirib yoshlar esa ularni xurmatlab, ularning o’gitiga amal qilish udumi yo’qolib bormoqda. Har kim o’zi bilan ovora birovning gapi birovga yoqmaydi. Kovolyov S.V. o’smir va qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi taasavvurlarga ega bo’lishlari juda muhimdir deydi. Nikoh va sevgi tushunchalari 13-15 yoshli bolalarda qarama-qarshi tushunchalar ekanligi bilan ko’zatiladi, ya’ni ular sevgi va nikoh bir-biriga teskari tushunchalar ekan deb tushunadilar. Talabalarda umr yo’ldosh tanlashda sevgi tushunchasi faqat 4 o’rinda, ya’ni xurmat qilish, ishonch, bir-birini tushunish kabi xislatlardan keyin turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar. Natijada juda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik tan oladilar. Bizning asosiy vazifamiz shuki, o’smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikoh oiladagi sevgini ro’li muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini o’qtirishdir. Zapepin V.I. ning ta’kidlashicha talabalar bilan bo’lgan natijalarda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ularning tasavvurlaridagi umr yo’ldoshi real hayotdagi insonlarda katta farq qiladi va ularning talablariga umuman javob bera olmaydi. Sisenko V.Aning oilaviy hayotga tayyorlashni asosiy yo’llanmalari. 1.Psixologik “Oilaviy hayotga kerak bo’ladigan bilimlar” 2. Pedagogik bolalarni tarbiyalashdagi qo’llanmalar. 3. Sanitar gigiyenik tarbiya “Oila hayot gigiyenasi” 4.Ekonomik va maishiy xizmat. 1.2. Ijtimoiy psixologiyada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosining yoritilishi. Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo’g’ini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o’zida namoyon etadi. Oilalarning mustahkaml bo’lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy, ma’naviy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, olib borilayotgan davlat siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O’z navbatida jamiyat ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog’liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo’lga qo’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish hamda sulola an’analarini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o’rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli xususida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o’tadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik an’analari va ruxiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan baxramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar”. Darxaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan omillar, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi xuquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va xokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida mustahkaml oilalarni shakllantirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. Sharq xalqlarida qiz bolalarning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan, moddiy ta’minoti yuqori bo’lgan oilalar pokiza, oqila, dono, katta hayotiy tajribaga ega ayollarni o’z qizlari uchun enaga etib tayinlagan va ularga qizlarining tarbiyasini ishonib topshirganlar. Oila boshliqlari bo’lgan erkaklar oilaning moddiy ta’minotini yaratish ishi bilan band bo’lganliklari bois, ona doimo farzandlari yonida bo’lib, ularning tarbiyasi bilan shug’ullangan. Shu sababdan ona farzandlarning kamoloti uchun javobgar, mas’ul shaxs hisoblangan. Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etishda qizlarda ana shu mas’uliyatli vazifani bajarish, shuningdek, ro’zg’or hamda oila xo’jaligini yuritish, oilaning boshqa a’zolariga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatish borasidagi muayyan ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Xalqimiz oilada yoshlar tarbiyasini tashkil etish borasida asriy tajribaga ega. Mazkur tajriba mazmuni sharqona odob - axloq, xayo - ibo, pokizalik xissi bilan yo’g’rilgan pand - nasixatlar, mutafakkirlarning qarashlari, ilmiy - nazariy va amaliy g’oyalardan tashkil topgan. Uzoq yillar davomida oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ana shu tajribaga tayanib ish ko’rildi. Ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish ishi mazmuniga nisbatan yangidan-yangi talablarni qo’ymoqda. Zero, yoshlarning ijtimoiy mavqieni oshirish, ularning ijtimoiy faolligini ta’minlash, tafakkur doirasi va dunyoqarashini kengaytirish muammolari ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi va murakkablashuvi sharoitida har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega. Manfaatlar to’qnashuvi, bashariyatning ma’naviy-axloqiy me’yorlarga nisbatan ziddiyatli yondoshuvi, axborotlarning tezkor almashuvi sharoitida oila tarbiyasini yo’lga qo’yishda samaradorlikka erishish, yoshlarda erkin, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish milliy o’zlikni saqlab qolish, barkamol avlod tarbiyasini yo’lga qo’yish, oila mustahkamlligini ta’minlash, uning farovonligini oshirish, oilada sog’lom ma’naviy muhitni qaror toptirishning eng muhim omillaridan biridir.Mustahkam oilalarni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri bu yoshlar, xususan, qizlarni oila qurish, mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish, oilada sog’lom ruxiy muhitni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasini samarali tashkil etish jarayoniga muvaffaqiyatli tayyorlashdir. Mazkur jarayonning moxiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: birinchidan, yoshlarda nikox hamda oilaviy hayot, shuningdek, ikki jins o’rtasidagi munosabatlar moxiyati borasida to’g’ri tushunchalar hosil bo’ladi; ikkinchidan, ularni nikox hamda oilaviy hayotni tashkil etish jarayoniga ruxiy jihatdan tayyorlaydi; uchinchidan, yoshlarda nikoxga kirishish hamda oilaviy hayotni tashkil etish (oila a’zolari o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, oila a’zolari (qaynota, qaynona, qaynsingil va qaynog’alar) bilan muloqotni yo’lga qo’yish, oila xo’jaligini boshqarish, pazandalik hamda bichish - tikish ishlarini yuritish, biologik qovushish, farzandlar tarbiyasini olib borish va xokazo jarayonlarni tashkil etish borasida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantiradi. Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab pedagogik jarayon sanalib, mazkur jarayonning samarali tashkil etilishi bu boradagi muayyan kamchilik va muammolarning bartaraf etilishi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda esa oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida bir qator muammolar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir: 1. Ota-onalarning oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining moxiyati xususida to’la ma’lumotga ega emasliklari. Milliy etnopsixologik xususiyat (Ota-onalarning o’z farzandlari bilan ma’lum masalalarda ochiq oydin muloqotda bo’la olmasliklari, ichki kechinmalarini atrofdagilarga oshkor qilavermaslik lozimligi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash erkak kishining burchlaridan biri ekanligi, farzandlar tarbiyasi uchun mas’ullik keksa avlod zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan biri ekanligi borasidagi qarashlar, shuningdek, kelin va kuyov munosabatlarining mazmunini ularga anglatish vazifasini qizning yanga (kelin oyi) lari, yigitning oshnalari zimmasiga yuklash an’analarining mavjudligi ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, chunonchi, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining moxiyatini to’la tushunmasliklariga sabab bo’lmoqda. 2. Ota-onalar tomonidan yoshlar, shu jumladan, qizlarni oilada mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish imkonini beruvchi manbalarning yetarli darajada mavjud emasligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, o’tmish meros va unda ilgari surilgan g’oyalarni o’rganish, yosh avlodda milliy ma’naviy qadriyatlar hamda milliy madaniy merosni o’rganishga nisbatan qiziqish va extiyojni qaror toptirish, ularga nisbatan xurmat uyg’otish, ularni asrash hamda boyitish borasida muayyan mas’ullikni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy harakatning yo’lga qo’yilishi natijasida necha ming yillar davomida yaratilgan va oila, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar moxiyati, farzandlar tarbiyasini olib borish masalalari to’g’risida fikr yurituvchi asarlarning fors, arab, shuningdek, qadimiy turkiy tillardan tarjima qilinishi, zamondosh pedagog, psixolog va fiziolog olim (mutaxassis)lar tomonidan so’z yuritilayotgan muammo doirasida tadqiqot ishlarining olib borilishi tufayli ayni vaqtda muayyan manbalar majmuasiga ega bo’ldik. Biroq ushbu manbalar majmuasi mustaqil oilaviy hayot bo’sag’asida turgan yoki o’smirlik hamda o’spirinlik yosh davrini o’z boshlaridan kechirayotgan qizlar xissasiga nisbat bo’la olmayapti. Bizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi axoli sonining qariyib 50 foizdan ortig’i (demak, ushbu ko’rsatkich umumiy raqamlarda ifoda etilsa, taxminan 12,5 mln. nafar kishiga to’g’ri keladi) ni yoshlar tashkil etadi. Respublikaning yetakchi kutubxonalarining fondi bilan tanishish oila, uning vujudga kelishi, oilaviy munosabatlar mazmuni, oila xo’jaligini yuritish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, oilaviy muammolar, oilaviy ajrimlar hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ularni bartaraf etish, shuningdek, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash masalalarini yorituvchi adabiyotlar soni taxminan 500 ta (o’zbek va rus tillarida chop etilgan adabiyotlar) dan oshmasligini ko’rsatdi. Oddiy matematik xisob-kitob asosida mazkur ko’rsatkichlar nisbatini topishga harakat qilaylik, ya’ni, 12.500.000-500. Ushbu xolatda nisbat 25.000 ga teng bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, Respublika kutubxonalarida mavjud bo’lgan, oila mavzusida yaratilgan adabiyotlarning har biri 25.000 nafar yosh (yigit qiz) ga bittadan to’g’ri keladi. Ota-onalarning ijtimoiy mehnat bilan bandligi, oilaviy munosabatlarning ayrim jihatlari xususida ota-onalar hamda farzandlar o’rtasida erkin muloqotning tashkil etilish imkoniyatining chegaralanganligi, ta’lim muassasalarida oilaviy hayotning barcha qirralari to’g’risida ma’lumotlar berish mumkinligi xaqiqatdan yiroq ekanligini xisobga olsak, 25.000 nafar yosh yigit - qizlarning 0,2 foizigina maxsus adabiyotlar orqali oilaviy hayot, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlarning tub moxiyati, ularni samarali yo’lga qo’yish, ota - ona hamda farzandlar o’rtasida samimiy, o’zaro ishonchga asoslangan munosabatni o’rnatish, oilaviy muammolarni ortiqcha xissiyotlarsiz, janjallarsiz xal etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish shartlari to’g’risida ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’lar ekanlar. 3. Oila, shuningdek, ota-onalarga ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda muayyan mutaxassislik yo’nalishlarida faoliyat yurituvchi idoralar tomonidan ko’rsatilayotgan nazariy va amaliy yordamning ijtimoiy extiyojlarga nisbatan proporsional emasligi. Bizga yaxshi ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi axolisining qariyib 70 foizdan ortig’i qishloq va ovullarda istiqomat qiladilar. Mustaqillik sharoitida olib borilayotgan ijtimoiy o’zgarishlarning sezilarli samaralar berayotganligiga qaramay, qishloq axolisining turmush darajasini yaxshilash, ularga maishiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirish borasidagi jiddiy muammolarni to’la to’kis bartaraf etishga muvaffaq bo’linmadi. Ushbu xolat bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan muammolar tufayli o’z kuchini saqlab qolmoqda. Ya’ni, axolining ish o’rni bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, oylik maoshlarni ishchi xizmatchilarga doimiy ravishda va muddatida yetkazib berishdagi o’zilishlar, ayrim jamoa xo’jaliklaridagi iqtisodiy tanglik, muayyan ishlab chiqarish korxonalarining sanasiyaga tushirilishi (bankrot deb e’lon qilinishi) va xokazo xolatlar mazkur joylarda faoliyat olib borayotgan xizmatchilarni ijtimoiy axvolining yomonlashuvini ta’minlovchi obyektiv omillar bo’lib qolmoqda. Ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda muayyan mutaxassislik idoralari oldida turgan ichki muammolar ham axoli, xususan, qishloq axolisi o’rtasida o’zluksiz, izchil va tizimli ravishda maishiy, tibbiy va ijtimoiy yordamlarni ko’rsatish imkonini bermayapti. Eng achinarlisi, oila va ta’lim muasssasalari o’rtasida bir necha o’n yillar davomida shakllangan hamda yoshlar ta’limi va tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish borasida muayyan an’ana va tajribaga ega bo’lgan “Oila va ta’lim muassasasi” hamkorligi barham topmoqda. Bugungi kunda ular o’rtasida olib borilayotgan hamkorlik turli bosqichdagi ta’lim muassasalarining ichki muammolari (ta’lim muassasasi binolarini ta’mirlash, ularda sanitariya xolatini saqlash, o’quvchilarni muayyan darajada rag’batlantirish va xokazo kabi extiyojlarni qondirish) ni ijobiy xal etish maqsadida pul mablag’larini yig’ishdangina iborat bo’lib qolmoqda. Oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash muammosi doirasida qishloq axolisi o’rtasida olib borilayotgan tadbirlarning o’zluksiz, tizimli hamda izchilligi ta’minlanmayapti. Ma’lum vaqtda bu boradagi tadbirlarning o’tkazilishiga katta miqdordagi kuch va mablag’ sarflangani xolda ayrim vaqtlarda mazkur mavzuning mutlaqo unutilishiga yo’l qo’yilmoqda. 4. Ommaviy axborot vositalari orqali oila moxiyati, oilaviy hayotni tashkil etish, farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli olib borish, oilaviy munosabatlar mazmuni, shuningdek, oilaviy nizo va ajrimlarni keltirib chiqarayotgan sabablar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari xususida namoyish (yoki chop) etilayotgan ko’rsatuv, eshittirish yoki chiqishlar saviyasining yuqori emasligi. Oila muammosiga doir mavzularda vaziyat yoki xolatlarni chuqur taxlil etishga asoslanib tayyorlanayotgan ko’rsatuv, eshittirish yoki chiqishlarning yo’qligi, mavjud ko’rsatuv, eshittirish yoki chiqishlar mazmunining bir yoqlamalik kasb etayotganligi ota-onalarning yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida ma’lum ma’lumotlarga ega bo’la olmayotganligiga ham sabab bo’lmoqda. 5. Respublikada yo’z berayotgan ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlar axoli ma’naviy axloqiy qarashlarining yangicha mazmun kasb etishiga olib keldi. Ayni vaqtda axoli ruxiyatida ro’y berayotgan kechinmalarning aksariyat qismini moddiy extiyojlarni qondirish ishtiyoqi egallagan bo’lib, bu xolat o’z-o’zidan ma’naviy extiyojlarni qondirish istagidan ustun mavqye egallashiga sabab bo’lmoqda.To’g’ri organizmning yashovchanlik qobiliyatini ta’minlash, tiklash va qayta tiklash manbai bo’lgan moddiy manbalarga ega bo’lmasdan turib, muayyan ishlab chiqarish yoki yaratuvchanlik faoliyatni olib borish mumkin emas. Biroq ana shu faoliyat mazmunini ezgu g’oyalar bilan boyitmay turib, ko’zlangan maqsadga ham erishib bo’lmaydi. Insonni ijtimoiy jamiyat, atrofdagi kishilar yoki o’zi uchun foydali bo’lgan xatti harakatni tashkil etishga yo’llovchi omillardan biri bu uning oilasi muhitidagi tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro hamjihatlilik va hamkorlik xisoblanadi. Oilaviy tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o’rtasida o’zaro hamjihatlilik va hamkorlikni qaror toptirishning kafolati esa yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga puxta tayyorlash, ularda ma’lum oilaviy qiyinchilik va muammolarni bartaraf eta olish layoqatini shakllantirish sanaladi. Bizning nazarimizda, yuqorida qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimini quyidagi faoliyatlarni yo’lga qo’yish orqali ta’minlash mumkin bo’ladi: 1. Ota-onalar o’rtasida oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash muammosining nazariy va amaliy jihatlarini to’laqonli yoritib berishga xizmat qiluvchi targ’ibot va tashviqot ishlarini samarali, tizimli va o’zluksiz tarzda yo’lga qo’yish lozim. Ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash ularning porloq kelajagi va baxtli hayotlarini kafolatlovchi omil ekanligi to’g’risidagi tushunchani xosil qilish, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashga bo’lgan ichki extiyoj va rag’batni shakllantirish tadqiqot muammosining ijobiy yechimini ta’minlashga yordam beradi. 2. Respublika “Oila” ilmiy - amaliy Markazi raxbarligida oila muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi olimlar, pedagog, psixolog, fiziolog, shuningdek, turli yo’nalishdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, katta hayotiy tajriba va pedagogik maxoratga ega o’qituvchilarning ijodiy kuchidan samarali foydalanish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, zarur vaziyatlarda ular tomonidan bildirilayotgan tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, shuningdek, ular mehnatining ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib borishiga erishish maqsadga muvofiqdir. 3. Oila sharoitida yoshlarlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida oila, ta’lim muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar o’rtasida mustahkaml aloqani yuzaga keltirish ular o’rtasida doimiy ravishda axborot almashuvining yo’lga qo’yilishi, xususiy muammolarni xal etishda ularning bir birlarini qo’llab quvvatlashlariga erishish, shuningdek, bir-birlariga nisbatan ishonch xissini qaror toptirish oilaviy ajrimlar sonining ortib borishini oldini olishga yordam beradi. 4. Ommaviy axborot vositalari orqali chuqur ilmiy taxlil hamda metodik tavsiyalarni berishga asoslangan oila moxiyati, oilani shakllantirish, oila a’zolarining o’rtasida o’zaro ishonch, ularning xis tuyg’u, kechinma va o’y fikrlarning xurmat qilinishiga asoslangan munosabatni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish, oila xo’jaligini samarali boshqarish va xokazo mavzulardagi ko’rsatish, eshittirish hamda chiqishlarning berib borilishi birinchidan, oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga zamin xozirlasa. ikkinchidan, oila hamda ijtimoiy tashkilotlar o’rtasida axborot almashuvining yo’lga qo’yilishiga imkon beradi. 5. Ota-onalarda moddiy extiyojlarnigina emas, balki ma’naviy extiyojlarning ham birdek qondirilishi ro’y berilishi mumkin bo’lgan ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga yordam berajagi borasidagi qarashni shakllantirish lozim. Insoniyat tomonidan to’plangan asriy hayotiy tajriba moxiyatiga ko’ra qayerda insonlar ma’naviy extiyojlarning qondirilishini asosiy o’ringa qo’ygan bo’lsalar, o’sha yerda moddiy ishlab chiqarish ham tez sur’atlar bilan rivojlangan. Bu esa insonlarning farovon turmushini yaratilishiga asos bo’lib xizmat qilgan. 1.3. Oilada yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash muammolari Hozirgi zamon o’zbek oilalaridagi bolalarni tarbiyalashning xususiyatlari A.S. Makarenko ta’kidlashicha «bir oiladagi tarbiyaviy ish ammo boshqa oiladagi xudi shunday ishning aniq kopiyasi bo’lmasligi lozim» Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to’g’ri tushunishni, tahlil qilishni, xulosa chiqarishni, axloqiy poklikni va hissiy asabiychi damlilmkni hamda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida faol bo’lishni talab qilmoqda. Ma’lumki yuqoridagi sifatlarni shaxsga oila asos soladi, shakllantiradi. Inson hayotining porloq bo’lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog’liq. Bunday ulkan vazifani amalga oshiruvchi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi asosi oiladir.Oila jamiyatning boshlang’ich ijtimoiy bo’g’ini sifatida murakkab tarkibga, mazmunga ega bo’lib, u o’z faoliyatida oila a’zolari faoliyatining maqsad va vazifalarinigina emas, balki tarbiyaviy faoliyatini ham o’zida aks ettiradi. Oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyatining hayotiyligi ikki tomonlamadir: - birinchidan, oila jamiyatning kichik bir qismi bo’lib, undagi o’zgarishlarni o’ta sezgirlik bilan o’zida aks ettiradi. Shunga asoslanib oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiyaning bir tarkibi deb hisoblash lozim. - ikkinchidan, oilaning murakkab, ko’p qirrali faoliyati uning vazifalari, tuzilishiga, umumiy turmush tarziga, oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, munosabatlariga va ijtimoiy faoliyatlariga bog’liqligini hisobga olish kerak. Oila tarbiyasining o’ziga xosligi shundan iboratki, u bolalarga otaonalarning ota- onalik, qon- qarindoshlik singari ko’plab kerak xislatlarni o’zatib oilada tarbiyalanayotgan shaxsning ko’plab insoniy sifatlarini rivojlantirib, axloqiy kamolotini ham o’stiradi. Shu sababli oila tarbiyasi doimo mavjud, ko’rsatmali va serqirraligi bilan ajralib turadi. Ota – onalar ma’naviy boy, e’tiqodli va yuqori ma’lumotga ega va ma’naviy boy bo’lsalar, shu darajada takomillashgan uslub orqali o’z farzandlarini tarbiyalaydilar. Yoki aksincha, bularning barchasi oila tarbiyasining o’ziga xosligini ko’rsatadi. Ular faqat tarbiyalashning turli usullari ya’ni tushuntirish, maslahat berish, ma’qullash, jazolash, rag’batlantirish bilangina emas, balki shaxsiy namuna, birga ishlash orqali ham tarbiyalaydilar. Ota - onalarning bolalar faoliyatida ishtirok etishi, ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning samarali usulidir. Masalan: Har tomonlama moddiy ta’minlangan oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi, qashshoq, bechora hol oilada tarbiyalanayotgan bolalar tarbiyasi o’z mazmuniga ega. Birinchi oilada bolalar moddiy ne’matlarning Qadriga yetmagan bo’lsalar, ikkinchisida esa oila ta’minotini hisob- kitob, aql bilan tashkil qilishni bilishmaydi. Bu singari xususiyatlar oila tarbiyasining murakkabligini ko’rsatadi. Ota - onalarning umumiy, madaniy, ma’lumot saviyalarining o’sib borishi va faolligining qaror topishi oila tarbiyasining mazmuniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Agar maktab oilaviy tarbiyashunosligiga ijobiy munosabat bilan yondashsa, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini yaxshi o’rgansa, ya’ni: ota – onalar obro’si, shaxsiy namunasi, bolalar hayotini tashkil qilish, o’z - o’zini tarbiyalashni nazorat qilish, o’zaro yordam, hamkorlik, ittifoqlik, hamjihatlik hamda oila tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlaridan maqsadli foydalana olsa, oila tarbiyasining takomillashuviga erishadi. Hozirgi zamon oilalari mavjud jamiyat bilan o’zviy bog’langandir. Shahar, qishloqlarning o’sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning madaniy va turmush saviyasining oshishi bolalarni barkamol hamda oila tarbiyasi mazmuniga o’zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Tarbiya masalasiga yondashadigan bo’lsak, kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi ancha yengil kechadi. Chunki ko’p bolali oilalardagi bolalar, ota –onalarning xatti- harakatlarini, aka va opalarining ular to’g’risidagi g’amxo’rliklarini, ayniqsa bir-birlariga bo’lgan do’stona munasabatlarini, uydagi har xil vazifalarni sitqidildan bajarishlarini, kichiklarning kattalarga odob bilan munosabatda bo’lishlarini tabiiy holda ko’radilar, ko’zatadilar. Ota-onalarning bolalarga g’amhurligi teng taqsimlanadi. Kam bolali oilalarda esa buning aksi bo’ladi. Katta oilada bola yoshligidan jamoaga moslashadi, o’zaro aloqalar tufayli ijobiy, zaruriy ko’nikmalar to’playdi. Kam bolali oilalarga nisbatan ko’p bolali oilalarda bolalar o’zaro narsalarni teng bo’lishda adolat tarozisi asosida taqsimlashga odatlanadilar. Konstitusiyaning 64-moddasida «Ota - onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar» va 66- moddasida «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota- onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar» deb ta’kidlanadiKattalarga hurmat va bo’ysinish o’zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslublaridan biridir. Oilada bolalarni to’g’ri tarbiyalash, ota- onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq- atvoriga, jamoa orasida o’zini tuta bilishga o’rgatuvchi omildir. Aynan oila bolani qadam qo’ydiradi, uning o’ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi. Oilaviy tarbiyaning tub maqsadi, mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir. Bulardan tashqari ularning g’oyaviy-siyosiy, madaniy oqartuv soHadagi qiziqishlariga e’tibor beriladi. Bu sohada turli oilalarda berilayotgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik kerak. Bizningcha, o’zbek oilalarida mehnat tarbiyasi berish va kasbga yo’naltirish quyidagi to’zilish va mazmunda olib boriladi deyish mumkin: (Buning ham o’ziga xos milliy xususiyatlari mavjud) 1. Bolalarga mehnatga iloji boricha ertaroq jalb qilish. 2. Bolalarni mehnat ko’nikmalariga o’rgatish, qurollantirish 3. Kasbga yo’naltirish (Ustoz- shogirdlik) 4. Bolalarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash 5. Murabbiylik qilish: a) oilada, b) mehnat jamoalarida. Buyuk mutafakkir A.R.Beruniy «Har bir kishining qadr – qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishidir»- degan. «Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishidadir, chunki istalgan narsaga mehnat tufayli erishadi». Yozuvchi G.Nikolayeva «Bola qalbi – oilaning fotosuratidir. Fotosuratgina emas, balki rengen ko’chirmasidir. U hamma vaqt oilaning ichki mohiyatini aks ettiradi. aga rota-onalar mansabparast, meshchan, ichi qora kishilar bo’lsalar, o’zlaridagi bu xususitlarni hammadan yashirishlari mumkin, lekin o’z farzandlaridan yashira olmaydilar», - degan edi. Axloq-odobga oid hadislarning birida «Har bir ota o’z farzandlariga hulquodobidan buyukroq meros berolmaydi», - deb ta’kidlagan Hech narsa bolalarga namuna kuchidek ta’sir ko’rsata olmaydi. Namuna, taqlid uchun asosli manba rolini o’ynaydi. Shaxsiy namuna esa tarbiya olib sifatida o’sib kelayotgan yosh avlodning ongi va xulqiga ta’sir ko’rsatuvchi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlari yig’indisidir. Atrofimizni o’rab turgan barcha narsalar bilan tanishishda bola kattalarning yordamiga ehtiyod sezadi. Yetarli darajala bilim, tajriba yo’qligi sababli ular kattalarning muomala va xatti-harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Namuna sifatida katta yoshdagi kishilarning obro’si va kishilar bilan muomalalari bolalar xulqi hamda harakterlarining shakllanishiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiyasida otalarning roli nihoyatda ulkan. chunki oilada er hamma vaqt bolalarining, turmush o’rtog’ining tayanchi bo’lib kelgan. Shu sababli oilada o’g’il doimo otasiga o’xshashga intilgan, uning xatti-harakatiga taqlid qilgan. Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning onaning, ona mehnatiga jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo’lgan munosabati bola qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul va noma’qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Oila muhiti – bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a’zolarining o’zaro yuksak axloqiy munosabatlarning yig’indisi va niHoyat kattalarning bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish namunasidir. Maqsadga muvofiq muhit ota-onalari bilan noto’g’ri munosabatda bo’lmaydigan, bir-birlarini tushunmaydigan, hurmat qilmaydigan, bolalarning to’g’ri tarbiyalanishini doimo nazorat qiladigan hamda bolalariga shaxsiy namuna bo’la oladigan oilalarda tashkil topadi. Bolalarga ota-onalarning xatti-xarakatlarigina emas, balki gapirilayotgan gaplar, o’zaro savol-javoblari uyga kelgan kishilar va qo’shnilar bilan bo’ladigan muomala hamda bevosita ta’sir ko’rsatadi. Masalan, amaldor kishi yoki oddiy kishi bilan ota-onaning muomalasi va o’zini ular oldida qanday tutishi, xarakatlari va hokazolar. So’z qudrati kuchga ega. Bizningcha ota-onalar o’zlarida quyidagi sifatlar bilan o’z farzandlariga namuna bo’lishlari lozim:
1. Ota-onalarning axloqiy jihatdan shaxsan namuna bo’lishlari.
2. O’zlariga topshirgan ishni mas’uliyat bilan bajarishlariga.
3. Bolalar tarbiyasidagi burchlarini mas’uliyat bilan his qilishlariga va bajarishlariga.
4. Mehnatda shaxsan namuna ko’rsatishlariga.
5. Barcha farzandlarini teng ko’rishga.
6. Farzandlarining harakter xususiyatlarini yaxshi bilishga.
7. Bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning turli xil metod, usul va vositalarini yaxshi bilish hamda ulardan oqilona foydalana olishga.
8. O’z obro’sini oilada doimo saqlashga.
9. Farzandlarini doimo mehnat topshiriqlari bilan band qilishlariga va talabchanliklariga.
10. Oila xo’jaligini mohirlik bilan boshqara olishlariga.
11. Oila tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan bog’lab olib borishiga.
12. Ota- va ona talablarida birlikning bo’lishiga.
13. Ota-onalarning oilani iqtisodiy ta’minlashga va hokazo.
Mamlakatimiz milliy tarkibining o‘zga xosligi uning farqlanuvchi xususiyatlaridir. Etnik tarkibida tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Mamlakatimizda istiqomat qiladigan aholisining 80%ini o‘zbeklar tashkil etadi. Bu esa O‘zbekistonning milliy-madaniy rang-barangligi milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi va ma’naviy jihatdan qayta uyg‘onish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ko‘p millatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo va diniy bag‘rikenglikni takomillashtirish bo‘lishi zarurdir. Birinchi Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “O‘zbekistonimizda tinchlik - osoyishtalik va xavfsizlikni, fuqarolar va millatlararo yaqinlik va hamjihatlikni ko‘z qorachig‘idek saqlash va mustahkamlash bundan buyon ham eng muhim, hal qiluvchi vazifamiz bo‘lib qolishi darkor” deb ta’kidladilar. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi milliy (etnik) siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat deb tushunamiz: millatlar va etnik guruhlar o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlik siyosiy barqarorlik omili sifatida rivojlanishi; sifat va jarayonlarda milliy, etnik guruh manfaatlarining aks etishi; milliy o‘zlikni anglash jamiyatni demokratlashtirishga undovchi kuch ekanligi; siyosatda milliy xususiyatlarni inkor etishga yo‘l qo‘ymaslik; “millatchilik”ni siyosiy tusga kirishining oldini olish imkoniyati; milliy totuvlik va fuqarolik jamiyatning rivojlanish ravnaqidir; davlat etnik siyosatida shaxs huquqlarining ustuvorligini ta’minlash; siyosiy hokimiyat va jarayonlarda millatlar, etnik guruhlar ishtiroki hamda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash; millatlar va etnik guruhlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch, totuvlikni qaror toptirish, demokratik, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish va siyosiy barqarorlik omilini saqlash; O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, shu Vatanda yashayotgan millatlar O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Shu kunga qadar mamlakatimizda 130 dan ortiq milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Respublika baynalminal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugungi kunda Respublika baynalminal madaniy markazining ma’naviy-ma’rifiy muloqot maskaniga, o‘ziga xos do‘stlik uyiga aylangan. Albatta bu muntazam ravishda xalq bayramlari, festivallar, barcha millat ardog‘idagi ijodkorlar bilan uchrashuvlar, seminar va konferensiyalar o‘tkazilib kelmoqda.
Shu kunga qadar, yillar mobaynida mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik, istiqlol yillaridagi yutuqlarimizdan aks ettiruvchi “O‘zbekiston - umumiy uyimiz” nomli barcha madaniyat markazlari tomonidan albom kitobi, “O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor”, “O‘zbekiston konstitutsiyasi - buyuk kelajagimiz kafolati”, “Mustaqil O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar rivoji” kabi ilmiy maqolalar va to‘plamlar chop etildi.
Bugungi kunda respublikamiz o’quv yurtlarida turli millatga mansub o’quvchilar tahsil oladi. Dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida kuzatiladigan yana bir holat shuki, O‘zbekistonda ta’lim 7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o‘zbek, va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, qozoq, turkman, tojik va qirg‘iz tillarini kiritish mumkin. Bundan tashqari Surxondaryo viloyatida Afg‘on yuqori sinf o’quvchilari uchun, maxsus litsey o‘z tilida o‘qiladi va Termiz davlat universitetida mingga yaqin afg‘on o’quvchilari, turli fakultetlarda tahsil olmoqdalar. Yana bir diqqatga molik jihat - respublikamizdagi ommaviy axborot nashrlari ham turfa tillarda chop etiladi, qardosh xalqlar tilida radio va tele ko‘rsatuvlar tayyorlanib efirga berilayotgani yurtimizda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xorijiy tillarni o‘rganish masalasi - zamon talabi. O‘qish - o‘rganishning erta kechi bo‘lmaydi. Zero, xorijiy tillarini mukammal bilish dunyo eshiklarini ochadi. Bugun dunyo hamjihatida tarixi boy, buguni shukuhli kelajagi buyuk O‘zbekiston o‘z o‘rni va nufuziga ega. E’tirof etish kerakki, mamlakatimiz tarixi qisqa davr - 32 yil mobaynida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston bugun dunyo tanidi, tan oldi. Yurtimizda kechayotgan buyodkorlik ishlari, yoshlarning bilim olishlari, o‘z salohiyatlarini namoyish etishlariga berilgan imkoniyatlar, sportchilarimizning xalqaro musobaqa-larda qo‘lga kiritilayotgan g‘alabalari, intellektual salohiyatli yoshlarimizning xalqaro olimpiadalardagi muvaffaqiyatlari -bularning barchasi mamlakatimizda mustaqillik sabab qo‘lga kiritilgan yutuqlar muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor. Bu iborani hamisha iftihor bilan tilga olamiz. Bunga to‘la asosimiz bor. Tarixdan ma’lumki, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir qatag‘on va ikkinchi jahon urushi yillari ko‘p sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni Vatan tutdilar. Ularning hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona - Vatanga aylandi. Chunki ular shu yerda tug‘ilib, kamolga yetdi, hayotda o‘z o‘rnini topdi.
Bugun yurtimizda barcha millat va elat vakillari tinch-totuv farovon hayot kechirmoqda, kelajagi buyuk O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, ertangi istiqboliga munosib hissa qo‘shmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim olishlari o‘z qiziqish va layoqatlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, urf-odatlari, an’analarini saqlash hamda rivojlantirishlari, marosimlarini tiklash, ularni O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat vakillariga yaqindan tanishtirish, qolaversa, o‘zbek xalqining madaniyati, san’ati, tili, urf-odatlarini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratib kelishmoqda. Bu sa’y-harakatlar, tabiiyki, mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizning har birimiz buyuk tariximiz, buyuk ma’naviy merosimiz, ayni chog‘da jahon ma’naviy tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan bir-biridan ulug‘ mutafakkir olimu-fuzalolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz va ularga munosib bo‘lishni o‘zimizning muqaddas burchimiz deb bilamiz. Tabiiyki, har qanday daraxtning qanday gullashi va qanday meva berishi uning ildizlari tutashgan tuproqqa bog‘liq. Bo‘sh joyda hech narsa unmaydi. Zero, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotda ham ulkan g‘alabalarga erishmoq uchun katta madaniy an’ana va madaniy meros kerak. Shukrlar bo‘lsinki, madaniy merosimiz va ma’naviy boyligimiz tarixi eng qadimgi davrga borib tutashadi. Bu bebaho boyliklarimiz, jumladan, muqaddas an’analarimiz va qadriyatlarimiz ana shunday katta hayot sinovlaridan omon-eson o‘tib, tobora sayqallanib, takomillashib kelmoqda.
Keyingi paytlarda yurtboshimiz tashabbusi bilan Respublikada, viloyatlarda, tumanlarda hamda hududlarda millatlararo an’ana, udumlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy - madaniy salohiyatini ko‘tarish, ulardan bevosita foydalanish uchun ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarning, mazmuni va mohiyati to‘g‘risida o‘tkazilayotgan test-so‘rovnomalari orqali, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik va afg‘on millatlari orasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishimizning natijalari ijobiy bo‘lib, ular o‘rtasida o‘tkazilgan suhbatlar qilingan. Ularning o‘zbek xalqiga bo‘lgan, munosabatlari a’lo darajada bo‘lib, o‘zbek oilalarini urf-odatlari, an’analari, udumlari bizlarnikiga o‘xshaydi, lekin o‘zaro munosabatlar orqali juda katta imkoniyatga ega bo‘ldik.
«Oila – mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila – jamiyat negizi bo‘lib, ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sog‘lom muhit – milliy mafkurani takomillashtirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o‘zaro hurmat va ahillikni ta’minlash – milliy mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi» (20).
Shunday ekan yosh avlodni ota-bobolar va onalar o‘gitlari, turmush tarzi asosida oilaviy hayotga tayyorlash maktab oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifadir. O’quvchilik davri 17-18 yoshni o‘z ichiga oladi. «O’quvchilar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan holda va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi» .
Mazkur davr-fuqarolik va psixologik yetuklikka erisha borish jarayonidir. Chunki bu davrda yetuk shaxsga doir ijtimoiy huquq va burchning butun tizimi egallab olinadi. O‘z-o‘zini anglab olishning rivojlanishi asosida yoshlarning kasb tanlash va uni egallashga oid shaxsiy hayot tarzi shakllana boradi.
Ijtimoiy yetuklikning boshlanishida, ayniqsa qonunlarni bilish va unga bo‘ysunishni taqozo etadi. Agar shu davrda yoshlarga ijtimoiy ta’sir susayib ketsa, ular bu davrda turmush me’yorlari, ota-onaga zid hatti-harakatlar qilishi mumkin. Chunki turli yovuz kuchlar va qabih niyatli markazlarning hatti-harakatlari natijasida noto‘g‘ri g‘oyalar yoshlarimiz ongi va qalbiga ta’sir etib, ularni har qanday usullar bilan o‘z tomonlariga og‘dirishga harakat qiladi va ba’zi yoshlar e’tiqodi sustligi, qonun va uning talablarini bilmasligi tufayli yot ta’sirlarga berilib ham ketadilar. Shuning uchun ham ijtimoiy- psixologik yetuklik yoshlarda mas’uliyat va burch hissini anglab olishda muhim hisoblanadi.
Bu borada psixologlar B.G.Ananev, N.F.Talыzina, I.S.Kon, A.V.Petrovskiy, M.G.Davletshin, V.A.Tokareva va boshqalarning tadqiqotlarida muhim fikrlar bildirilgan(46,106,77,179).
Masalan, 17-19 yoshda O’quvchi hali o‘z xulqi hatti-harakatini boshqara olmaganligi tufayli hayotida ehtiyotsizlik holatlari yuz berishi mumkin. Shunga ko‘ra ayrim o’quvchilarda hayotiy tajriba yetishmasligi tufayli ko‘p masalalarda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi kuzatiladi. Ularda o‘z faoliyatini tahlil, nazorat qilish, baholash, tanqid qilish kabi holatlar yetishmaydi. Shuning uchun ham ular faoliyatida ziddiyatlar mavjud bo‘ladi. Lekin asta-sekin yuqori kurslarga o‘tgan sayin ularning ijodiy tafakkuri, his-tuyg‘ulari, axloqiy xislatlari, o‘z-o‘zini baholash asosida e’tiqodi ham shakllana boradi. Bu psixologlarning fikriga ko‘ra, yetuklik davri 18-20 yoshda fiziologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojlanadi [140]. Inson a’zolarining tashqi ta’sirga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, qon kislorod bilan to‘yinadi. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyatlari paydo bo‘ladi. O‘quv-axborotni qabul qilib, eslash va xotirada saqlab qolish qobiliyati shakllanadi. Ana shu davrdan boshlab, insonda psixologik funksiyalarning o‘sishi boshlanib, uquvlilik imkoniyatlari pasaymaydi.
Psixologlarning fikriga ko‘ra insonning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi:
1. Turli funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi. Masalan, xotira bir bosqichda, boshqa bosqichda esa tafakkur amalga oshadi, tez sur’atlar bilan o‘sadi.
2. Yoshiga qarab turli funksiyalar o‘zaro bog‘liq holda muvofiqlashgan xususiyat kasb etadi.
3. Yetuk inson aqlining funksional o‘sish darajasi yosh evolyusiyasining har xil bosqichida yetarli darajada yuqori bo‘ladi.
4. Mazkur funksiyalar dinamikasida hech qanday pasayish bo‘lmaydi.
5. Yetuklik davrida uquvlilik kamaymaydi (252).
Demak, yoshlik davrida o‘spirinlikda tarkib topgan eng yaxshi xislatlar to‘liq shakllanadi. Bu ayniqsa kasb tanlashda namoyon bo‘ladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida va oilada to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirilgan yoshlar institutda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishi uchun harakat qiladi, o‘qib-o‘rganadi. To‘g‘ri kasb tanlash oilaviy hayotni ham moddiy, ham ma’naviy tomondan ta’minlashga yordam beradi. Bu insonning kelajagini belgilashda katta ahamiyatga ega.
Har bir kasb, albatta, insonning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, O’quvchi malakali mutaxassis bo‘lib yetishadi. Agar unga yoshlar ota-onaning xohish-istagi bilan o‘zi befarq qaragan holda yondashsa, bunda kelgusi hayotida qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Shuning uchun kasb tanlashda yoshlar o‘zining qobiliyati, kasbga layoqatliligi, moddiy va ma’naviy jihatlarini hisobga olish muhim. Aks holda noto‘g‘ri tanlangan kasb natijasida uni o‘zgartirishga yoki yillab o‘zi sevmagan kasb bilan majburan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Ana shunday sharoitda eng avvalo oila moddiy va ma’naviy qiyinchiliklarga duch keladi. Bu jamiyatga ham ta’sir etadi. Chunki har bir mutaxassisni tayyorlash uchun davlat tomonidan katta mablag‘ sarflanadi. Shuning uchun ham kasb tanlash, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish yosh oilalarda barqarorlikning ta’minlanishida eng muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Yoshlar hayotida tanlangan kasbga moslik muhim ahamiyatga ega. Kasbga moslik mehnat faoliyati jarayonida shakllanib, uning xulqi ham tarkib topa boradi. Ba’zi hollarda to‘g‘ri kasb tanlanadi va u yoshlarning qiziqishi, qobiliyatiga muvofiq keladi. Ammo hududiy muammolar bilan bog‘lih holda yoshlarning mazkur kasbda ishlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday holda mazkur kasb egasi o‘z irodasi va qobiliyatini ishga solib, qiyinchiliklarni yengib o‘tishi zarur.
O’quvchi-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning salomatligini muhofaza qilishdir. Yoshlarni salomatligi ularning kelajakda turmush tarzini yaratish mezoni hisoblanadi.
O’quvchilarning salomatligini o‘rganish, eng avvalo, bu haqdagi ma’lumotlarni aniqlash natijasida kasallik diagnostikasi va profilaktikasi imkoniyatlarini yaxshilash, O’quvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishdan iboratdir.
Yoshlik davrida har bir sog‘lom yigit-qiz sevgi-muhabbat tuyg‘usini boshidan kechiradi. Bu davr, ayniqsa, balog‘at yoshidagi ikki jins o‘qib, bilim olayotgan bir davrda ehtirosli kechadi. Zero, bu davrda ular hayotda butun qalbi, vujudi bilan kimgadir yaqin bo‘lishni istaydi. Sevishganlar nazdida dunyo yanada go‘zal bo‘lib tuyuladi. Ular faqat yaxshilikka intilishadi. Haqiqiy muhabbatda shaxsiy, hissiy va jismoniy ehtiyoj bilan birga axloqiy ehtiyoj ham uzviy bog‘langan bo‘ladi. Yigit yoki qiz o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun sevgilisi or-nomusini toptamaydi, balki uni yanada yuksaklikka ko‘taradi, asrab-avaylaydi. Bunda yoshlarning o‘z oilasi, maktabda olgan tarbiyasi katta rol o‘ynaydi. Sevgining yorqin ehtiroslarini mardona yengib, avval o‘qishini muvaffaqiyatli tugatishdek oliy maqsadini amalga oshiradi.
Oilaviy hayotning o‘ziga xos oqimi oldida ko‘p yoshlar dovdirab qoladi, uning tashvishlariga bardosh bera olmaydi. Qizning ham, yigitning ham o‘ziga xos xislatlari namoyon bo‘ladi. Bu xislatlar oiladagi iqtisodiy qiyinchiliklar, qiz va yigit tug‘ilib o‘sgan oilalarning o‘zaro muvofiq kelmasligi natijasida salbiy xatti-harakatlar asabbuzar janjallarga olib keladi. O‘z oilasida, ilm dargohida bularning barchasiga yoshlar tayyor bo‘lsagina bu asosli janjallarning oldi olinadi. Uning ortidan kelinning homiladorligi, oila yumushlarini eplay olmayotgani bilan bog‘liq injiqliklar, kuyov bolaning bu jarayonni tushuna olmasligi asosida paydo bo‘lgan qo‘rs muomala ular muhabbatiga rahna sola boshlaydi.
Ana shunday kezlarda yoshlarning oilaviy hayotga oid to‘g‘ri tasavvurlari yordam berishi muqarrar. Agar har bir yosh hayotga ochiq ko‘z, sof qalb, yetuk aql bilan qarasa, bu qiyinchiliklarni yengib o‘tishi muqarrar.
Yoshlik davrida har bir yigit–qizda o‘z shaxsiy hayot tarzi shakllanadi. Bunga maishiy turmush tarzi: kun tartibi, qiziqishlariga asoslangan holda bo‘sh vaqtini taqsimlashi, tengdoshlari va boshqalar bilan muloqot me’yorlariga rioya etishi kabilar kiradi. Bu borada ularning hayot tarziga ota-onalarning ehtiyotkorlik bilan aralashuvi o‘ta muhimdir. Chunki har bir yigit -qizning hayot tarzidagi salbiy illatlar – bu ota-ona tomonidan yoshlarning bolalik va o‘smirlik davridagi tarbiyada sodir etilgan xatolardir. Lekin yoshlarning hayot tarzini katta yoshlilar hamma vaqt ham oqlamaydi. Yoshlar esa doimo izlanishda bo‘lib, hayotdan ilgarilab ketish kabi xatti-harakatlari bilan katta yoshlilardan farq qiladi va ular o‘rtasida doimo nomutanosiblik sodir bo‘ladi.
Ota-onalar ana shu nomutanosiblikning oldini olish uchun farzandlarda, ayniqsa o‘zidan uzoqda yashayotgan o‘g‘il-qizlarida ularning mustaqil hayot boshlashidan oldinroq hayot tarzini rejalashtirishga yordam berishi zarur. Bunda yoshlar quyidagilarga e’tibor berishlari muhimdir:
hayot tarzida ota-onasi oilasining qaysi an’analarini davom ettirishi mumkinligi; turar joy va iqtisodiy–maishiy imkoniyatlari; kirim–chiqimni to‘g‘ri yurita olish va oila daromadi manbalari, uni to‘g‘ri tashkil etish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishi;
oilada ma’naviy–psixologik muhitni yarata olish asoslarini bilishi;
oila mas’uliyati va vazifalarini jamiyat talablari bilan uyg‘unlashtirib olib borishni anglab olishi va boshqalar (73;.65).
Yuqoridagilarning har birini bilib olish va unga rioya qilishda yoshlar nimalarga e’tibor berishlarini qarab chiqamiz:
Oilaviy hayot tarzi oila a’zolarining turli faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. Ularning o‘zaro munosabatlari ishonchga asoslanganligi, ularga shaxs sifatida e’tiborning kuchliligi, har bir oila a’zosining his-tuyg‘ulari, qiziqishlarini hurmat qilish bilan yuzaga chiqadi. Chunki oilaviy hayot tarzi mazmuni oila–nikoh masalalarida o‘zaro aloqa, ijtimoiy–iqtisodiy shart-sharoitlarning bir butunligi, madaniyat darajasi, millati va hududidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ovqatlanish tartibi, mehnat qilish, dam olishida barcha oila a’zolarining qiziqishlari hisobga olinadi. Uyda bajariladigan xo‘jalik ishlari oqilona taqsimlanadi. Bunda, albatta har bir oila a’zosining qobiliyati va imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Natijada har bir bolada maxsus malaka va ko‘nikma hosil bo‘lib, yoshlikda mustaqil hayotga qadam qo‘yganda o‘ziga bemalol yo‘l topa oladi. Sotsiologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, oddiy hayotiy ko‘nikma va malakalar tarkib topmagan oilaning farzandlarida o‘zaro shaxsiy munosabatlar buzilib, yosh oilalarga rahna tushadi. Aksinsa, hayot tarzi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan oilalarning farzandlari ularga qaraganda tartibli, turmush tarzi ham sog‘lom bo‘ladi.
O’quvchilar kun tartibi esa oilada o‘smir va o‘spirinlarning kun tartibidan farq qiladi. O’quvchilarning asosiy vaqti o‘quv mashg‘ulotlariga sarf bo‘ladi. Lekin asosiy maqsad, ana shu o‘quv mashg‘ulotlarida o’quvchining faolligini oshirish, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishdir. Buning uchun o’quvchi jismoniy tarbiya mashqlari, nonushta, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, sog‘lomlashtirish–sport ishlariga e’tiborini qaratmog‘i lozim.
Agar o’quvchi bolaligidan oilada, o‘z ota-onasi bag‘rida kun tartibiga qat’iy rioya etsa, u o’quvchilik yillarida ham kun tartibini to‘g‘ri tuza oladi. Bunda, asosan, o‘qish mashg‘ulotlaridan so‘ng dam olish va mustaqil holda topshiriqlarni bajarish, mutolaa qilishga e’tibor beriladi. Lekin qolgan bo‘sh vaqtini taqsimlashda san’at, sport, kitobxonlik bilan shug‘ullanish, madaniy xordiq chiqarish (kinoteatrlarga borish, radio, televidenie eshitish va ko‘rish) bularning barchasi o’quvchi kun tartibidan aniq o‘rin olishi muhimdir.
Avvalo, oila va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga bag‘ishlab asrimiz boshida Abdurauf Fitrat xalqimizning oilaviy an’ana va urf-odatlarini, shuningdek, Sharq mutafakkirlarining ta’limotlarini o‘rganish asosida «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» risolasini yaratdiki, bu asar hozirgi davrda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fitrat shunday yozadi: «Bu xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asr bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liq» (194;55).
Shuning uchun ham «Oila» asarida Fitrat oila qurishning maqsad va vazifalari, uning moddiy-ma’naviy va huquqiy asoslari, er va xotin hamda uning turmush tarzi, ayol va erkakning oiladagi o‘rni, burchi masalalarini bayon etadi. Asarning ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan.
Farzand tarbiyasida yuqori sinf o’quvchilariga go‘daklik davridan badan tarbiyasi, aqliy va axloqiy tarbiya berish lozimligi haqida fikr yuritar ekan, pedagogik, psixologik va tibbiy jihatdan ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi. Uning tavsiyalari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Oila mavzusi mustaqillik yillarida ilmiy-tadqiqot ishlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Uning turli qirralari yoritilib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash bosh muammolardan biriga aylandi. A.Q.Munavvarov, .B.Shoumarov, V.M.Karimova, O.Musurmonova, M.Inomova, M.Xolmatova, M.R.Bo‘rievalar ilmiy-tadqiqot ishlarida bu muhim muammoni tadqiqot ob’ekti qilib olgan bo‘lsalar, ular mazkur yirik muammolar tarkibida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yangi mazmun, yangi uslublar kashf etdilar.
Masalan, A.Q.Munavvarovning «Oila pedagogikasi» monografiyasida (116) oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishda xalq pedagogikasi va an’analarining ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati, o‘zbek oilalarining yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash uslubi va ta’sir ko‘rsatish vositalari, ayniqsa yuqori sinf o’quvchilariga hunar o‘rgatishda o‘zbek xalqining o‘ziga xos tajribalari yoritiladi. Shuningdek, hozirgi davrda o‘zbek oilalaridagi tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari (bitta yoki kam bolali, ko‘p bolali oilalarda bola tarbiyasi) va oilaviy tarbiyani takomillashtirish omillari hamda vazifalarini belgilab beradi. Bu borada ota-onalarga tarbiyaga oid bilim berish, oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishda maktab va jamoatchilikning hamkorligini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, jamiyatimizda har bir oilaning farovonligini oshirish-oila muammosining davlat ahamiyati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat berishi yoritiladi.
A.Q.Munavvarovning mazkur ishi hozirgi davr talabi nuqtai nazaridan oila pedagogikasini yaratish va uni takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilab berganligi bilan diqqatga sazovordir (115).
M.R.Bo‘riyeva tadqiqotlarida O‘zbekistonda oila demografiyasi, oilaning ijtimoiy-demografik tarkibi, turlari va vazifalari, oila demografiyasi tarixi, O‘zbekistonda oilaning miqdoriy, milliy va ijtimoiy-demografik tarkibi, oila shakllanishining ijtimoiy-demografik omillari, ya’ni aholining yosh va jinsiy tarkibi, nikoh va ajralish ijtimoiy-demografik tadqiqotlar asosida kelajakdagi yo‘nalishlari belgilangan [64].
M.Inomova tadqiqotlarida esa oila va oilaviy tarbiya, yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy–axloqiy tarbiyalash va unda milliy qadriyatlardan foydalanish masalasini milliy istiqlol sharoitida hal etishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati va uning asosiy mezonlari tadqiq etilgan [91].
Olima oilada yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatni takomillashtirish masalasida asosiy mezon sifatida quyidagilarni belgilaydi:
pedagogika fanida oila va oilaviy tarbiyaning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqish;
yangi ijtimoiy sharoitda mustaqil fikrlaydigan shaxslarni oilada takomillashtirish yo‘llarini belgilash;
oilada yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda tarixiylik nuqtai nazaridan yondashib, ma’naviy-axloqiy tizim yaratish;
yangi tarixiy sharoitda oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning mezonlari: vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g‘urur, milliy ong, milliy tarbiyani o‘z-o‘zini anglash tarzida ifodalash.
Ma’lumki, milliy axloq milliy tarbiya natijasida tarkib topadi. O‘zbek oilasida yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tarbiyalashga tarixan tarkib topgan an’analar, urf-odatlar, maishiy turmush tarzi, millat psixologiyasidan kelib chiqqan holda yondashiladi, - deydi olima va oilada yuqori sinf o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi xususiyatlarini belgilaydi:
1. Oilada yuqori sinf o’quvchilari tarbiyasi bilan otalar va onalarning baravar shug‘ullanishi;
2. Ota va ona yuqori sinf o’quvchilariga birdek munosabatda bo‘lishi;
3. Oilada ota-onaning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi zaruriyati;
4. Oilada sog‘lom axloqiy muhit yaratishning zaruriyati;
5. Ota-onaning oilada bo‘lajak fuqaroni tarbiyalayotganini his etishi;
6. Oila a’zolarining sog‘lom munosabatlarini barpo etish;
7. Oilada yuqori sinf o’quvchilari shaxsiyatini hurmat etish, talabchanlikning g‘amxo‘rlik bilan uyg‘unligi;
8. Oila an’analarini hurmat qilish, kelgusi avlodlarga yetkazish;
9. Bola tarbiyasida ota-onalarning obro‘sini saqlash.
M.Inomovaning oilada yuqori sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash borasidagi tadqiqot ishlari oilada yuqori sinf o’quvchilari tarbiyasining bir butun tizimini yaratishga yo‘nalishlar beradi.