O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə11/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
dissertasiya ishim

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini aniqlashda, zaruriy me’yoriy huquqiy hujjatlarga, tadqiqot usullarining o‘zaro bog‘liqligi va to‘ldirganligi, uning maqsad va vazifalari, xulosalarning dalillarga moslanganligi, tadqiqot metodlari o‘z o‘rnida qo‘llanilganligi, tajriba-sinov ishlarining natijalari tahlili, miqdor va sifat jihatdan ta’minlanganligi, olingan natijalarning tegishli vakolatli tuzilmalar tomonidan oilaviy tarbiya munosabatlarini maqsadga muvofiq tasdiqlanganligi bilan ifodalandi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini shakllantirishda oila rasmiy tus oladi va bu erkakning ayol, ayolning er oldidagi, har ikkovining farzandlari, farzandlarning ota-onalari oldidagi huquqlari, mas’uliyatlari va burchlarini belgilab beradi. Albatta bularning barchasining asosida, avvalo, o‘zaro mehr-muhabbat, mehr-shafqat, mehr-oqibat, odob, tarbiya kabi qadriyatlar yotadi. Ana shunday masalalar bo‘yicha olib borilgan tarbiya munosabatlariga, muljaldagi suhbatdoshimiz, o‘zlarida bo‘ladigan er-xotin va farzandlari o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarini, o‘zbeklarnikiga o‘xshash fikrlarni bildirdilar. Ma’lum-ki oilada mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila - butun dunyo bo‘yicha jamiyat negizi bo‘lib, ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega.millatlararo milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Barcha millatlardagi kabi oiladagi sog‘lom muhit - sog‘lom mafkurani takomillashtirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, o‘zaro hurmat va ahillikni ta’minlash - milliy mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi.
Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyalarini ilmiy-uslubiy asoslashni millatlararo munosabatlarni yaxshilashga har tomonlama ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin