O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/22
tarix08.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
dissertasiya ishim

Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya ishi Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining OT-F1-002 “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy.) fundamental loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
oilaviy tarbiya jarayonlarini takomillashtirishning mavjud holatini tahlil etish;
ko‘ptillilik muhitining oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish;
oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning ko‘ptillilik muhitiga asoslangan ijtimoiy-pedagogik modelini ishlab chiqish;
ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishning didaktik shart-sharoitlarini aniqlashtirish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlarida Toshkent viloyati Zangiota tumani “O‘rta-Ovul” mahallasi, Buxoro shahridagi “Nodirabegim” mahallasi va Surxondaryo viloyati Termiz shahar “Bog‘ishamol” mahallasi va Oltinsoy tumani “Xalqobod” mahallalaridan 506 nafar respondentlar ishtirok etdi.
Tadqiqotning predmetini ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda muammoga doir adabiyotlarni qiyosiy-tanqidiy o‘rganish va tahlil etish; sotsiometrik metodlar (suhbat, anketa, so‘rovnoma, intervyu, test); pedagogik-psixologik metodlar, modellashtirish, pedagogik eksperiment; natijalarni matematik va statistik tahlil etish kabi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanildi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
-Ko‘ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish umumta’lim maktabida yuqori sinf o’quvchilarining hayotiy ideal diagnostikasi hamda tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi mezonlar (mustaqil hayotning mohiyati, oila va jamiyatda erkakning burch va vazifalari, yigitlik g‘ururi, mardlik, jasorat, qahramonlik, kasb-hunarga qiziqishi) o‘zaro optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
-oila va umumta’lim maktabida yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlashga ustuvorlik berish asosida sifat va samaradorligini ta’minlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar takomillashtirilgan;
-umumta’lim maktabida yuqori sinf o’quvchilarining bo‘sh vaqtlarini geografik-demografik imkoniyatlar doirasida tashkil etishga qaratilgan “Yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlash” fakultativ kursi mazmuni o‘smirlar motivatsion faoliyati komponentlari vositasida takomillashtirilgan;
-yuqori sinf o’quvchilarini mustaqil hayotga tayyorlashda oila – maktab – ta’lim muassasasining pedagogik hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin