O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t
Darsning tashkiliy aniqligi. Har qanday dars o’zining tashkil kilinishi va o’tkazlishi nuqtai nazaridan aniq bo’lishi kerak. Kasb-hunar ta’limida o’tkaziladigan darslarning muhim xususiyati ko’pincha o’quvchilarning unumli mehnatiga bag’ishlanishidir. Tashkiliy aniqlikka o’quv ustaxonalarni hamma zarur material va asboblar bilan uzluksiz ta’minlash bilan ham erishiladi. Darsning tashkiliy aniqligi uchun o’qituvchining o’quv jarayoniga rahbarlik qilish ishlarini rejalashtirishi ham katta ahamiyatga ega.
o’quvchilar ishida xavfsizlikni ta’minlash. Kasb-hunar ta’limi o’tkaziladigan xonalar xavfsiz ishlash usullari bo’yicha ko’rsatmali qo’llanmalar bilan jihozlanadi. O’quv ustaxonalarda aptechka va yong’inga qarshi xavfsizlik burchagi bo’ladi. Dars boshlanishi oldidan o’qituvchi jihoz va asboblarning buzuq emasligini, maxsus kiyimlarning yaroqliligi va boshqalarni tekshiradi. Yangi materialni bayon qilishda mehnat xavfsizligiga katta e’tibor beriladi. O’qituvchi ustaxonalarda xavfsiz ishlashni ta’minlovchi qoidalarni tushuntiradi, ularni bartaraf etish usullarini namoyish kiladi, shundan keyin bularni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganini tekshiradi.
O’quv ustaxonalaridagi metallarga ishlov berish mashg’ulotlari amaliy xarakterda bo’ladi. Bu mashg’ulotlarning amaliy yo’nalishi dastur ketma-ketligida bajarilishi, o’quvchilarga bilim, mehnat ko’nikmasi va malakasi berishga qaratilishi, o’quvchilarning boshlang’ich sinflarda olgan mehnat ko’nikmasini mustahkamlashga va uni yanada takomillashtirib borishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Ustaxona darslarida texnik ma’lumotlar amaliy ishning asosini tashkil etadi. Ko’pchilik hollarda texnik ma’lumotlar amaliy ishning (asosini tashkil etadi.) bajarilishida, o’quvchilarning ijodkorligini oshirishda, o’quvchilarning mehnatini muhofaza qilish, uni tashkil etish, planlashtirishg, hozirgi zamon texnologiyasini o’rganish uchun beriladi. Dasturda ko’rsatilgan temalarga oid texnik ma’lumotlar berish uchun har temaga ajratilgan vaqtning chorak qismi ketadi.
O’quvchilarga bilim malaka va ko’nikmalar berish va shakllantirishda amaliy ishlar, praktikumlar ularni ishlab chiqarish mehnatiga yo’naltiriladi. Praktik yo’nalish dastursida (ko’pchilik) mehnat ko’nikmalari shunday berilganiki, unda unda o’quvchilar tayyorlaydigan buyumlar ularning yosh xususiyatlarini hisobga olishni tanlangan.
Maktab o’quv ustaxonalarida ta’lim va tarbiya sohasida qo’lga kiritiladigan yutuqlar, o’quvchilarning texnik bilimlar, malaka va ko’nikmalar olishlari va shakllantirishda albatta mehnat ta’limi o’qituvchilarning roli nihoyatda kattadir.