O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə27/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Nazariy mashg’ulotlar davomida dastur mavzularining mazmuni yoritiladi, kasbiy ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifasi amalga oshiriladi. Nazariy mashg’ulotlar deganda mashg’ulotning ham jamoa, ham individual(yakka tartibda) turini o’z ichiga olgan, kasb ta’limi o’qituvchisining rahbarligida o’quv materialini faol,to’g’ri va ongli o’zlashtirilishini ko’zda tutgan o’quv-mehnat faoliyatining aniq tashkil kilinishi tushuniladi.
Kasbga oid nazariy mashg’ulotlar turli tipda, ya’ni mashg’ulotlar yangi texnika-texnologiya ma’lumotlari va mehnat operatsiyalarini o’zlashtirishga, bilimlar, mehnat ko’nikma va malakalarini mustahkamlashga, nazorat-tekshiruv ishlari, korxonalarga ekskursiyalar bo’lishi mumkin.
Amaliy mashg’ulotlar. Kasbga oid amaliy mashg’ulotlarning tiplari xilma-xil bo’lishiga qaramay, ulardagi umumiy didaktik tamoyillar bir, ya’ni o’quvchilar oldida turgan o’quv materiallarini o’zlashtirish, o’quvchilar tomonidan oldingi mashg’ulotlarda o’zlashtirilgan bilimlar, mehnat ko’nikma va malakalar darajasini tekshirish; mehnat opreatsiyalari hamda amaliy ishlarni bajarishda yangi materialni tushuntirish va mehnat usullarini ko’rsatish; yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning operatsiyalar va ishlarni bajarishlarida bilim va mehnat usullari darajasini aniqlash; kasb ta’limi o’qituvchisi tomonidan atroflicha nazorat o’rnatilishi va o’quvchilarning o’z-o’zlarini nazorat qilishlari, o’rganuvchi mashqlar yo’li bilan mehnat usullarini mustahkamlash hamda ularni mehnat ko’nikmalarining dastlabki darajasiga yetkazish; amaliy mashg’ulotlarni mustaqil bajarish hamda o’tgan mashg’ulotning natijalarini yaxshilash uchun safarbar qilishga qaratilgandir.
Amaliy laboratoriya ishlarida o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar har xil tadqiqotlar, tajribalar, kuzatishlar olib boradilar, maxsus asboblar, uskunalar, apparatlar yordamida o’lchash ishlari o’tkazadilar.
Amaliy laboratoriya ishlari o’quvchilarga faqat turli xil uskunalar, asboblar, moslamalar bilan ishlashni o’rgatmay, balki o’lchovlar, kuzatishlar natijalarini ishlab chiqishni o’rganish hamda to’g’ri ilmiy xulosalar va umumlashmalar chiqarish imkonini beradi.
Amaliy laboratoriya ishlari laboratoriya asbob-uskunalari, tadqiqot obektlari, topshiriq kartochkalari va o’quvchilar uchun hisobot shakllarini puxta tayyorlashni talab kiladi.
Amaliy laboratoriya ishlari, o’quvchilarga individual (yakka tartib) yo’llanma berishdan tashari, ham frontal usulida, ham zveno(guruh) usulida o’tkazilishi mumkin.
Amaliy laboratoriya ishlarining natijalari jamoa muhokamasidan o’tkaziladi, so’ngra o’qituvchi baho qo’yadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin