O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə35/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Tayanch iboralar: Metod,An’anaviy (og'zaki, ko'rgazmali, amaliy, muammoli) metodlar. No'ananaviy o'qitish metodlari. (grafik organayzerlar).

Ta’lim metodi deganda o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyat yo’llari tushuniladi. Bularning yordamida o’quvchilar bilim, malaka ko’nikma, kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy qobiliyat rivojlanadi.
Pedagogikada ta’lim metodlarini sinfga va belgilashga bir xil yondashish mavjud emas. “Ta’lim metodi” tushunchasining mazmunini ochish to’g’risida bahslar davom etmoqda. Ba’zi olimlar metodni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar, boshqalari o’quvchilarning tafakkuridagi ijodiy faollik va mustaqillik, ayrim olimlar esa o’quvchilar faoliyatida ta’limning turli bosqichlaridagi xarakteristikani muhim deb hisoblaydilar.Lekin, ko’pchilik hollarda ta’lim metodlari axborot manbalariga qarab klassifikatsiya qilinadi. Chunki ular asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi. Shuning bilan birga o’qituvchi va o’quvchilarning bu manbalardan foydalanishdagi faoliyati va xarakteri yoki munosabatlariga bog’liqdir(so’z, xissiy obraz va amaliy faoliyat). Shuning uchun ham kasb ta’limining umumiy metodlarini shartli ravishda uch guruhga: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy kabilarga bo’lish mumkin.
Metod tushunchasi (maqsadga eltuvchi yo’l ma’nosida) maqsadga erishish usulini, muayyan tartibda tashkil etilgan faoliyatni anglatadi.
Ta’lim metodi deyilganda, ta’lim oluvchilar va o’qituvchining ta’lim, tarbiya va o’qitish jarayonida shaxsni rivojlantirish masalalarini hal qilishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Ta’lim metodlari o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mos ravishda tanlab olinadigan metodlarsiz o’qitish jarayoni maqsad va vazifalarini hal etishga yoki o’quvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirilishiga erishib bo’lmaydi.

Metodlarning asosiy guruhlari


Metodlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin: 1) ta’lim jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari; 2) bilim olish jarayonlarini rag’batlantirish va motivatsiyalashga yo’naltirilgan metodlar; 3) ta’lim samaradorligini nazorat qilish metodlari.
Ta’limning og’zaki metodlari. Og’zaki metodlarga o’quv materialining o’qituvchi tomonidan og’zaki bayon qilinishiga, hikoya, tushuntirish, suhbat o’quvchilarning texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlashi yozma tushuncha berish, ovoz yozuvchi televidenie kabilar kiradi.
Materialni og’zaki bayon qilish - kasb ta’limida hikoya qilish, tushuntirish, ma’ruza, suhbat, o’quv materialini og’zaki bayon qilishning asosiy metodlari hisoblanadi.
Hikoya - o’kituvchi tomonidan o’quv materialini tartibli, mantiqiy, izchil, nisbatan kengroq bayon qilishda foydalaniladi. U puxta reja asosida tuzilishi, materialni bayon qilishda noaniqlikka yo’l qo’ymaslik uchun barcha detallari bilan tayyorlanishi lozim.
Tushuntirish - hikoyaga yaqin bo’lgan ta’lim metodi hisoblanadi. Kasb ta’limida hikoya va tushuntirishdan alohida holda kam foydalaniladi. Masalalarni bayon qilishda, masalan: mashinalar, mexanizmlar tuzilishi yoki texnologik jarayonlarning borishini bayon qilishda ko’pincha hikoya va tushuntirish birga qo’shib olib boriladi. Hikoya tushuntirish muvaffaqiyatli o’tkazilishi uchun o’qituvchi o’quvchilarning amaliy tayyorgarligini hisobga olgan holda yetkaziladigan materialni qabul qila olishlarini tasavvur qilish kerak. Buning uchun o’quvchilar maxsus texnologiya, materialshunosning mavzulari bo’yicha qaysi o’quv materialini o’tganliklarini bilish muhimdir. Bundan tashqari, o’qituvchi o’quvchilarni yo’llanma vaqtida savollar yordamida nimalarni yeslashlarini tekshiradi va zarur bilimlarni ular xotirasida qayta tiklaydi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin