O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Hikoya va tushuntirishga quyidagi talablar qo’yiladi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə36/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Hikoya va tushuntirishga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Mazmunning to’g’riligi – o’quvchilarga aytiladigan faktlar o’quv dasturining mazmuniga mos kelishi va ilmiy asoslangan bo’lishi kerak.

  2. Materialni o’zini oqlagan izchillikda bayon qilish - o’quvchilarni obekt yoki jarayon bilan umuman tanishtirish, so’ngra uni tarkibiy qismlarga bo’lib o’rgatish.

  3. Aniqlik va isbotlilik – ta’limning mazmuni, odatda, o’quvchilar tanishadigan nazariy qoidalarni va mehnat usullarini bajarish qoidalirini qisqa, ammo aniq va ishonchli asoslash imkonini beradi.

  4. Bayonning emotsionalligi – o’qituvchi mavzuni o’quvchilarga ta’sirchan qilib bayon qilishi kerak.

  5. O’qituvuchining nutq madaniyati, uning o’quvchilar tushuna oladigan bo’lishi – o’qituvchi suhbatga tayyorlanadi, ya’ni o’quvchilarga tushunarli, ishning mohiyatini aks ettiradigan savollarni tanlaydi va ularni maqsadga muvofiq tarzda joylashtiradi.

Bu metodni qo’llashda audio va videotexnika, televizion yozuvlarni qo’llash yoki tarqatma material sifatida konspekt, qo’llanma yoki kompyuterda foydalanish paketini tavsiya qilish mumkin.
Suhbat metodi o’qituvchining ta’lim oluvchilar bilan so’zlashuvi, fikr almashinuvini ifodalaydi. Suhbat ta’lim oluvchilarni dalillar tizimi, yangi tushuncha yoki qonuniyatni o’zlashtirishga turtki beruvchi, puxta o’ylangan savollar ketma-ketligi asosida tashkil etiladi.
Mashg’ulotni suhbat metodi asosida tashkillashtirishda savolni qo’yilishi (asosiy, qo’shimcha, yo’naltiruvchi), ta’lim oluvchilar fikrlarini javoblari va fikrlarini tahlil qilish, tuzatish, suhbat xulosasini shakllantirish usullari qo’llaniladi.
Suhbat uchun tanlangan savollar dars tushunchasini to’laqonli tasavvur qilish uchun etarli darajada keng qamrovli bo’lmog’i lozim. Mavzuni juda kichik savollarga bo’lib yuborilishi uning mantiqiy yaxlitligini buzadi, juda murakkab savollar esa tinglovchilar uchun tushunarsiz bo’lib qoladi. Savollar ta’lim oluvchilardan bir mazmundagi javobni talab qilmasligi lozim. O’qituvchi dars mazmunining o’zlashtirilishi uchun yo’naltiruvchi savollardan o’rinli foydalanib, uni bosqichma-bosqich o’zlashtirilishiga erishishi kerak.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin