O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Texnologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim DTS va o‘quv dasturining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə120/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Texnologiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim DTS va o‘quv dasturining maqsad va vazifalari
Texnologiya fanining maqsadi o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o‘rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga o‘tishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.
Texnologiya fanining vazifalari:
Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‘nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:
Ta’limiy vazifa – o‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasb asoslarini (texnologiyasini) o‘rgatish va kasb tanlash bilan uygg‘unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, xududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish; texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy vazifa – o‘quvchilarning umummehnat ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida ma’naviy ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin