O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə129/270
tarix23.06.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#134573
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Ta`limning ko’rgazmali metodlari


Ta`limning ko’rgazmali metodlari o’zida muhim didaktik talabni aks ettiruvchi usullar majmuasini ifodalaydi. Hozirgi davrda zamonaviy didaktika ko’rgazmali vositalarni qo’llashning eng yuqori ta`limiy, tarbiyaviy hamda shaxs sifatlarini rivojlantiruvchi variantlarini qo’llashni talab qilmoqda. U pedagoglarni ko’rgazmali vositalarni qo’llash barobarida ta`lim oluvchilarning asbtrakt tafakkurini ham rivojlantirishga yo’naltiradi.

  • Ko’rgazmali ta`lim metodining xususiyati uning hamma vaqt ma`lum darajadagi og’zaki metodlar bilan birgalikda berilishidir. Og’zaki bayon va ko’rgazmalilikning birgalikda olib borilishiga bo’lgan ehtiyoj ob`ektiv borliqni bilishning dialektik yo’li ijodiy mushohada, abstrakt tafakkur hamda amaliyotning birligini taqozo etishidan kelib chiqadi.

Demak, og’zaki nutq va ko’rgazmalilikni o’zaro bog’liq holda amalga oshirishning turli shakllari mavjud ekan. Ularning qaysidir bittasini afzalroq deb baholash mumkin emas, zarur shaklni esa har bir mashg’ulot uchun belgilangan vazifalar, mavzu mazmuni, mavjud ko’rgazmali vositalar xususiyatlari, shuningdek ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib belgilash lozim.
Ta`limning amaliy metodlari
Amaliy ta`lim metodlari ta`lim oluvchilar faoliyatining juda keng jabhalarini qamrab oladi. Amaliy ta`lim metodlaridan foydalanishda quyidagi usullar keng qo’llaniladi: masalaning qoyilishi, uning bajarilishini rejalashtirish, tezkor rag’batlantirish, yo’llanma berish va nazorat qilish, yo’l qoyilgan kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta`lim maqsadiga to’la erishishni ta`minlash uchun tegishli tuzatishlar kiritib borish.
Bunday metodlar qatoriga tinglovchi o’zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llashlari talab qilinadigan yozma mashqlarni kiritish mumkin.
Amaliy metodlarga shuningdek ta`lim oluvchilarning tovush yozuvchi, ijro etuvchi uskunalar, jumladan kompyuterlar yordamida bajariladigan mashqlar ham kiradi.
Amaliy ta`lim metodlari og’zaki hamda ko’rgazmali metodlar bilan birgalikda qo’llaniladi, chunki har qanday mashg’ulotlar avvalida albatta yo’riqnoma berilishi shart. Og’zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan ish tahlili butun mashg’ulot davomida ham davom ettiriladi.


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin